Dovurxon Karomatov
Davurxon Karomatov | |
---|---|
Jinsi | erkak |
Tugʻilgan paytidagi ismi | Davurxon Fozil oʻgʻli Karomatov |
Fuqaroligi |
![]() |
Qaysi sport | dzyudo |
Tavallud sanasi | 25-oktabr 1998-yil (23 yosh) |
Tavallud yeri | Oʻzbekiston |
Vazni | 81 kg |
Davurxon Fozil oʻgʻli Karomatov (1998-yil 25-oktabrda tugʻilgan) — oʻzbek dzyudochisi-paralimpiyachi, 81 kg vazn toifasida ishtirok etadi. 2021-yilda XVI Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida kumush medalni qoʻlga kiritdi. Osiyo chempionati, Gran-pri va Jahon kubogi bosqichlari gʻolibi va sovrindori.
Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
2018-yilda Qarshi davlat universitetining jismoniy tarbiya fakultetiga oʻqishga kirgan[1]. 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Mard oʻgʻlon davlat mukofoti[2]. Oʻsha yili Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi[3].
Karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
2017-yili Toshkentda dzyudo boʻyicha koʻzi ojizlar va zaif koʻruvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan Osiyo chempionatida 73 kilogramm vazn toifasida finalda hamyurti Feruz Sayidov yutqazib, kumush medalni qoʻlga kiritgan edi[4].
2019-yilda Toshkentda boʻlib oʻtgan dzyudo boʻyicha koʻzi ojizlar va zaif koʻruvchilar oʻrtasidagi Gran-prida 81 kg vazn toifasida ukrainalik dzyudochi Dmitri Soloveyni[5]. Bokuda (Ozarbayjon) Gran-pri bosqichida u muvaffaqiyatini takrorladi va finalda ozarbayjonlik Husayn Rahimlini magʻlub etib, yana oltin medalni qoʻlga kiritdi. Atirauda (Qozogʻiston) dzyudo boʻyicha Koʻzi ojizlar va zaif koʻruvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan Osiyo chempionatida u oʻz vazn toifasida yaponiyalik dzyudochi Aramitsu Kitazonu magʻlubiyatga uchratib, oltin medalni qoʻlga kiritdi[6].
2020-yilda Tbilisida (Gruziya) dzyudo boʻyicha Jahon kubogi bosqichida u oʻz vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritdi[7]. 2021-yilda Bokuda dzyudo boʻyicha koʻzi ojizlar va zaif koʻruvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan Gran-prida u oʻz vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritdi[8][9]. Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida oʻz vazn toifasida finalda ozarbayjonlik dzyudochi Husayn Rahimliga yutqazib qoʻydi va shu tariqa oʻyinlarning kumush medalini qoʻlga kiritdi[10][11].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Факультет физической культуры“(rus.) . QarshiDU.Uz. Qaraldi: 2-sentabr 2021-yil.
- ↑ „Курсант и студент из Кашкадарьи – лауреаты Госпремии «Мард углон»“(rus.) . nkgz.uz. Qaraldi: 2-sentabr 2021-yil.
- ↑ uza.uz. „О награждении группы спортсменов и тренеров, добившихся высоких результатов на ХVI летних Паралимпийских играх в городе Токио“(rus.) . Uza.uz (10-sentabr 2021-yil). Qaraldi: 10-sentabr 2021-yil.
- ↑ „JudoInside - IBSA Asian Championships Tashkent Event“(ingl.) . www.judoinside.com. Qaraldi: 28-avgust 2021-yil.
- ↑ „JudoInside - IBSA Judo Grand Prix Tashkent Event“(ingl.) . www.judoinside.com. Qaraldi: 2-sentabr 2021-yil.
- ↑ „JudoInside - IBSA Asian and Oceania Championships Atyrau Event“(ingl.) . www.judoinside.com. Qaraldi: 28-avgust 2021-yil.
- ↑ „JudoInside - IBSA World Cup Tbilisi Event“(ingl.) . www.judoinside.com. Qaraldi: 2-sentabr 2021-yil.
- ↑ uza.uz. „Наши парадзюдоисты заняли второе место в командном зачете на Гран-при в Баку“(rus.) . Uza.uz (27-may 2021-yil). Qaraldi: 2-sentabr 2021-yil.
- ↑ „Сборная Узбекистана по парадзюдо заняла второе место в общекомандном зачете в Баку“(rus.) . Anhor (27-may 2021-yil). Qaraldi: 2-sentabr 2021-yil.
- ↑ „Давурхон Кароматов завоевал серебро Паралимпиады в Токио“(rus.) . Национальный олимпийский комитет Узбекистана. Qaraldi: 2-sentabr 2021-yil. [sayt ishlamaydi]
- ↑ „Judo KAROMATOV Davurkhon - Tokyo 2020 Paralympics“(ingl.) . ... Qaraldi: 2-sentabr 2021-yil. [sayt ishlamaydi]