Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekiston 2020-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻzbekiston Paralimpiya oʻyinlarida
Oʻyinlarda foydalanilgan bayroq
XOQ kodi:UZB
MPQ:
Paralimpiya oʻyinlari Tokiyoda
Sportsmenlar 44 8 sport turlarida
Bayroqdor Muhammad Rixsimov va Shahnoza Mirzayeva
Medallar
Oʻrin: 16
Oltin
8
Kumush
5
Bronza
6
Hammasi
19
Yozgi Paralimpiya oʻyinlaridagi ishtiroki
2004  • 2008  • 2012  • 2016  • 2020  • 2024
Qishki Paralimpiya oʻyinlarida ishtiroki
2014  • 2018  • 2022
Shuningdek qarang

O‘zbekiston 2020-yilgi yozgi Paralimpiya o‘yinlarida sakkizta sport turi bo‘yicha ishtirok etdi. Paralimpiyada O‘zbekiston terma jamoasi 44 nafar sportchilar bilan ishtirok etdi. O‘zbekiston paralimpiyachilari sportning 8 turi bo‘yicha 55 ta yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi va bu mamlakat uchun rekord ko‘rsatkich bo‘ldi.

Xuddi Olimpiya o‘yinlarida bo‘lgani singari, Tokioda bo‘lib o‘tgan Paralimpiyada ham  ochilish va yopilish marosimlari bayonnomasiga o‘zgartirishlar kiritildi, unga ko‘ra Milliy olimpiya qo‘mitalari bir erkak va bir ayolni bayroqdor deb e’lon qilishi mumkin edi. Shunga ko‘ra, ochilish marosimida para-yengil atletikachilari Muhammad Rixsimov va Nurxon Qurbonovalar O‘zbekiston terma jamoasi bayroqdorlari deb e’lon qilindi[1]. Biroq, keyinroq, 21 avgust kuni Tokioga yetib kelgan O‘zbekiston delegasiyasi a’zolarida koronavirus testi o‘tkazilganda paradzyudochi va murabbiyda ijobiy natija ko‘rsatdi. Samolyotda ular bilan birga bayroqdor Nurxon Qurbonova ham bo‘lgani bois, Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi va Yaponiya hukumati talabiga binoan u ham ehtiyot chorasi sifatida karantinga olindi. Shundan keyin uning o‘rnini parakanoeda eshkak eshuvchi Shahnoza Mirzayeva egalladi[2] .

  1. „Объявлены знаменосцы Узбекистана на открытии Паралимпиады“ (ru). Газета.uz (2021-yil 21-avgust). 2021-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-avgust.
  2. „Паралимпиада-2020. Сменился знаменосец Узбекистана“ (ru). Газета.uz (2021-yil 24-avgust). 2021-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-avgust.