Bobirjon Omonov
Bobirjon Omonov | |
---|---|
![]() | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | erkak |
Tavallud paytidagi ismi | Bobirjon Zoirjon o'g'li Omonov |
Fuqaroligi |
![]() |
Tavallud sanasi |
11-oktyabr 2000-yil Andijon, Andijon viloyati, Oʻzbekiston |
Sport | |
Qaysi sport | Paralimpiya yengil atletika |
Bobirjon Zoirjon oʻgʻli Omonov (tugʻ. 2000-yil 11-oktyabr, Andijon, Andijon viloyati, Oʻzbekiston) — oʻzbek atletikachisi-paralimpiyachi, yadro uloqtirish boʻyicha F41 toifasida ixtisoslashgan. Para-Osiyo oʻyinlari gʻolibi, Jahon chempioni, Paralimpiya chempioni.
Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
2016-yildan murabbiy Mavlon Haydarov rahbarligida paralimpiya sporti bilan shugʻullana boshladi. 2017-yildan boshlab u xalqaro musobaqalarda qatnasha boshladi. 2018-yilda Jakartada (Indoneziya) boʻlib oʻtgan Yozgi Para-Osiyo oʻyinlarida gʻolib boʻldi. 2019-yilda Dubayda (BAA) oʻtkazilgan Yengil atletika boʻyicha Jahon chempionatida (HPK) yadro uloqtirishda 14,31 metr natija bilan oltin medal va Tokiodagi Paralimpiya oʻyinlariga litsenziyani qoʻlga kiritdi[1][2].
2021-yilda boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida F41 toifasida erkaklar oʻrtasida yadro uloqtirish boʻyicha oltin medalni qoʻlga kiritdi, Boburjon Omonov 14,06 metr natija bilan Paralimpiya rekordini yangiladi[3]. Oʻsha yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Omonovni Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan[4].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Дубайдан гапирамиз! Бобиржон Омонов Пара атлетика бўйича жаҳон чемпиони бўлди ва Паралимпия ўйинлари йўлланмасини қўлга киритди – O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi“ (uz-UZ). 28-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-noyabr 2021-yil.
- ↑ „Наши пара-атлеты начали Гран-При с мировым рекордом“. weightlifting.uz. 28-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-noyabr 2021-yil.
- ↑ UzDaily. „Бобуржон Омонов завоевал золотую медаль“ (ru). UzDaily.uz. Qaraldi: 28-noyabr 2021-yil.
- ↑ uza.uz. „О награждении группы спортсменов и тренеров, добившихся высоких результатов на ХVI летних Паралимпийских играх в городе Токио“ (uz). Uza.uz (10-sentyabr 2021-yil). Qaraldi: 10-sentyabr 2021-yil.