Mohigul Hamdamova
Mohigul Hamdamova | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | ayol |
Tavallud paytidagi ismi | Mohigul Kabayor qizi Hamdamova |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Tavallud sanasi |
2-oktyabr 1995-yil Fargʻona, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston |
Sport | |
Qaysi sport | Paralimpiya yengil atletika |
Mohigul Kabayor qizi Hamdamova (tugʻ. 1995-yil 2-oktyabr, Fargʻona, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik para yengil atletikachi, nayza, disk va yadro uloqtirish boʻyicha ixtisoslashgan, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 2020-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari oltin medal sohibi va 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari bronza medali sovrindori, Yozgi Para-Osiyo o'yinlari kumush medali sohibi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2016-yilda u professional sport bilan shugʻullana boshladi. 2017-yildan buyon Oʻzbekiston terma jamoasi safida xalqaro musobaqalarda ishtirok etib kelmoqda. 2018-yilda Jakartada (Indoneziya) oʻtkazilgan Yozgi Para-Osiyo oʻyinlarida nayza uloqtirish boʻyicha F57 toifasida u 24,19 m natija bilan kumush medalni qoʻlga kiritdi. Xuddi shu oʻyinlarda u yadro uloqtirishda sakkizinchi, disk uloqtirishda esa oʻninchi oʻrinni egalladi.
2019-yilda Tunisda Paralimpiya yengil atletika boʻyicha Gran-pri bosqichida disk va nayza uloqtirish boʻyicha oltin, yadro uloqtirishda kumush medalni qoʻlga kiritdi. Ushbu Gran-pridagi gʻalaba Jahon chempionatida qatnashish huquqini berdi[1]. Dubayda (BAA) boʻlib oʻtgan Yengil atletika boʻyicha jahon chempionatida (HPK) disk uloqtirish boʻyicha F57 toifasida u 27,92 ball bilan beshinchi, yadro uloqtirishda 8,39 m natija bilan toʻqqizinchi oʻrinni egalladi[2].
2021-yilda Dubayda (BAA) Paralimpiya atletika boʻyicha Gran-pri bosqichida u disk uloqtirish boʻyicha F57 toifasida oltin medal va nayza uloqtirish musobaqasida kumush medalni qoʻlga kiritdi[3]. Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida disk uloqtirish boʻyicha F57 toifasida 31,46 m natija bilan u oʻyinlarning oltin medalini qoʻlga kiritdi[4]. Oʻsha yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan Mohigulga Oʻzbekiston iftixori faxriy unvonini berdi[5].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Jasorat“ medali (2024-yil)[6]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „10 медалей гран-при завоевали параатлеты Узбекистана в Тунисе“ (ru). xs.uz. 2021-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-noyabr.
- ↑ „Athletics KHAMDAMOVA Mokhigul - Tokyo 2020 Paralympics“ (en-us). ... 2021-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-sentyabr.
- ↑ „Ўзбекистонлик паралимпиячилар Дубайдаги Гран-придан 24 та медални кўлга киритишди“ (uz). Teznews. Qaraldi: 2021-yil 5-sentyabr.
- ↑ „Паралимпийские игры: Мохигул Хамдамова завоевала золотую медаль в метании диска“ (ru). UzReport.news. Qaraldi: 2021-yil 5-sentyabr.
- ↑ uza.uz. „О награждении группы спортсменов и тренеров, добившихся высоких результатов на ХVI летних Паралимпийских играх в городе Токио“ (uz). Uza.uz (2021-yil 10-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 10-sentyabr.
- ↑ „Париж шаҳрида бўлиб ўтган ХVII ёзги Паралимпия ўйинларида юксак натижаларга эришган спортчи ва мураббийлардан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони“. president.uz. Qaraldi: 12-sentabr 2024-yil.
- 2-oktyabrda tugʻilganlar
- 1995-yilda tugʻilganlar
- „Oʻzbekiston iftixori“ unvoni bilan taqdirlanganlar
- Fargʻonada tugʻilganlar
- Kishilar
- Yashayotgan insonlar
- Oʻzbekiston para-yengil atletikachilari
- Paralimpiya oʻyinlaridagi oʻzbekistonlik oltin medal sohiblari
- Paralimpiada oʻyinlaridagi oʻzbekistonlik bronza medal sohiblari
- Oʻzbekistonda tugʻilganlar
- Oʻzbekiston kishilari