Safiya Burxonova
Safiya Burxonova | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | ayol |
Tavallud paytidagi ismi | Safiya Kaimovna Burxonova |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Tavallud sanasi |
1-dekabr 1989-yil Oʻzbekiston SSR |
Vazni | F12 |
Sport | |
Qaysi sport | Paralimpiya yengil atletika |
Safiya Kaimovna Burxonova (tugʻ. 1989-yil 1-dekabr, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik para yengil atletikachi, yadro uloqtirishda bellashadi. 2024-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlari kumush medali sohibasi. 2020-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarini chempioni, 2016-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarining kumush medali sovrindori, Osiyo chempioni.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Safiya Burxonova 2008-yilgi yengil atletika boʻyicha Osiyo chempionatida uchinchi oʻrinni egalladi[1]. U oʻzining birinchi oʻn yetti metrlik zarbasini 2009-yilda urib, Oʻzbekiston milliy chempionligini qoʻlga kiritdi. Bu muvaffaqiyat unga 2010-yilgi Osiyo oʻyinlarida qatnashish imkonini berdi va finalda yettinchi oʻrinni egalladi[2]. 2011-yilgi Safiya yengil atletika boʻyicha Osiyo chempionatida toʻrtinchi oʻrinni egalladi. 2012-yilgi Osiyo Gran-prisida u ketma-ket uchta gʻalabani qoʻlga kiritdi[3]. Oʻsha yili Olmaotada (Qozog'iston) musobaqada u oʻzining shaxsiy eng yaxshi koʻrsatkichini — 17,44 metrni qayd etdi[4]. 2013-yilgi yengil atletika boʻyicha Osiyo chempionatida yadro uloqtirish boʻyicha beshinchi oʻrinni egalladi[2].
2014-yilgi yopiq inshootlardagi yengil atletika boʻyicha Osiyo chempionatida ilk qitʼa chempionligini qoʻlga kiritdi, bunda uning 16,80 metrga zarbasi gʻalaba qozonish uchun yetarli boʻldi[5].
2016-yilda Rio-de-Janeyroda (Braziliya) boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Safiya yadro uloqtirishda (F12 toifasi) kumush medalni qoʻlga kiritdi. Toʻrt yildan soʻng Safiya Burxonova Tokioda Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritdi. Oʻsha yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan Safiyaga Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni berildi[6].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Mehnat shuhrati ordeni (2024-yil)[7]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Asian Junior Championships 2008 (Wayback Machine saytida 2018-09-23 sanasida arxivlangan). World Junior Athletics History. Retrieved on 2014-02-18.
- ↑ 2,0 2,1 Sofiya Burkhanova. Tilastopaja. Retrieved on 2014-02-18.
- ↑ Strong winds hinder Asian Grand Prix finale in Chonburi. IAAF (2012-05-15). Retrieved on 2014-02-18.
- ↑ Sofiya Burkhanova. IAAF. Retrieved on 2014-02-18.
- ↑ 6th Asian Indoor Championships (Archive.is saytida 2014-02-16 sanasida arxivlangan). Tilastopaja. Retrieved on 2014-02-17.
- ↑ uza.uz. „О награждении группы спортсменов и тренеров, добившихся высоких результатов на ХVI летних Паралимпийских играх в городе Токио“ (uz). Uza.uz (2021-yil 10-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 10-sentyabr.
- ↑ „Париж шаҳрида бўлиб ўтган ХVII ёзги Паралимпия ўйинларида юксак натижаларга эришган спортчи ва мураббийлардан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони“. president.uz. Qaraldi: 12-sentabr 2024-yil.
- 1-dekabrda tugʻilganlar
- 1989-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Oʻzbekiston SSRda tugʻilganlar
- Oʻzbekiston para-yengil atletikachilari
- Paralimpiya oʻyinlaridagi oʻzbekistonlik oltin medal sohiblari
- Paralimpiada oʻyinlaridagi oʻzbekistonlik kumush medal sohiblari
- „Oʻzbekiston iftixori“ unvoni bilan taqdirlanganlar