Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi davlat aksiyadorlik jamiyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"TOSHKENT AVIATSIYA ISHLAB CHIQARISH BIRLASHMASI" DAVLAT AKSIYADORLIK JAMIYATI, V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi — aviatsiya sanoatining samolyotsozlik sohasidagi yirik korxonasi. 1972 yilda tashkil etilgan. Toshkent aviatsiya zdi (bosh korxona), Andijon mexanika zdi, Fargʻona mexanika zdi va Toshkent kislorod zdini oʻz ichiga oladi. Birlashmada samolyot yigʻiladi, uning turli detal va uzellari tayyorlanadi, shuningdek, xalq isteʼmol mollari ishlab chiqariladi.

2jahon urushi yillarida (1941 y. 14 okt.) Moskva viloyati Ximki shahridan koʻchirib keltirilgan zd asosida Toshkent aviatsiya zdi barpo etildi. Dastlab PS84 samolyotlari ishlab chikarilgan, keyinchalik bu samolyot LI2 (Lisunov2) nomi bilan chiqarila boshlagan. 1953 yildan IL14, 1958 yildan turli tipdagi transport samolyotlari chiqariddi. 1966 yildan AN22, 70-yillar boshlaridan IL76 samolyotlari ishlab chiqarila boshladi. 90-yillarda ham uning asosiy maxsuloti IL76 MF transport samolyotlari boʻldi. 1992 yildan mahalliy havo yoʻllarida qatnashga moʻljallangan va 64 oʻrinli Il114 samolyotlarini ishlab chiqarish. oʻzlashtirildi. 3dda AN70, "Mriya", "Ruslan" samolyotlari qanotlari va boshqa qismlari tayyorlangan. 1996 y. may oyidan ochiq turdagi davlat aksiyadorlik jamiyati. Korxonaning yigʻuvchi slesari E. H. Alimuhamedovga Oʻzbekiston Qahramoni unvoni berilgan (1995).