Oʻngut

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(O'ngutdan yoʻnaltirildi)

Oʻngut, oʻnqut — qadimiy turkiy qabilalardan biri. Xitoy manbalarida ularni oq tatarlar deb atashgan. Ular qadimiy turklarning shato urugʻidan kelib chiqqan. 12—13-asr boshlarida Oʻ.lar Shimoliy Mongoliya va Xitoyda koʻchib yurishgan. Ular nasroniylik dinining nestorian mazhabiga eʼtiqod qilishgan. 15— 16-asrlarda Oʻ.lar Dashti Qipchoq oʻzbek qabilalari tarkibida qayd etilgan. Ularning bir qismi hozirgi Oʻzbekiston hududiga (koʻpchiligi Zarafshon vodiysiga) kelib joylashganlar. Oʻ.larning oʻtmishda asosiy mashgʻuloti chorvachilik boʻlgan, keyinchalik 16—17-asrlarda asta-sekin oʻtroqlashib, dehqonchilik bilan shugʻullangan va oʻzbek xalqi tarkibiga singib ketgan.

Sh. qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]