Nuh Ibn Asad

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nuh Ibn Asad (? — 841) — somoniylardan boʻlgan Samarqand hokimi (820—841). Tohiriylars&n Abdulla ibn Tohir bilan birga xalifalikpsh musta-qil siyosat yurgazishga intilgan, Is-shaxriy va Ibn Havqallarnnng yozishicha, xalifa Muʼtasim (833—842) bundan norozi boʻlib Abdulla ibn Tohirga noma yuborib, uni koyigan. Abdulla bu xatni Samarqandga joʻnatgan. N. ibn A. oʻzining javobida Movarounnahrda 300 ming qishloq borligini, har bir qishloq bitta sarboz va bitta navkar berishga qodir ekanligini koʻrsatib oʻtadi. Bu bilan u xalifadan qoʻrqish kerak emasligi, chunki faqat Movarounnaqrning oʻzigina 600 ming sarboz va navkardan iborat qoʻshin toʻplay olishini bildirgan. Bu davrda koʻchmanchi turkiy qabilalar Shoshga koʻp hujum qilib turardi. Shosh Yahʼyo ibn Asad ix-tiyorida edi. Uning iltimosiga koʻra, N. ibn A. 840 yil Isfijobning turkiy qabilalaridan boʻlgan hokimiga qarshi qoʻshin tortgan. Bu urush N. ibn A. ning gʻalabasi bilan tugagan. Balozuriyning yozishicha, bu vaqtda N. ibn A. ekinzorlar, tokzorlar, bogʻlar, qishloklar va shaharlarni koʻchmanchilarning hujumidan saqlaydigan katta mustahkam devor qurishni buyurgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil