Balozuriy Axmad ibn Yahyo ibn Jobir ibn Dovud

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Balozuriy Axmad ibn Yahyo ibn Jobir ibn Dovud (taxminan 820892) — arab tarixchisi. "Futuh ul-buddon" ("Mamlakatlarni fath etish") va "Ansob ul-ashrof" ("Iqtidorli kishilarning nasablari") kabi tarixiy asarlari bilan mashhur. Birinchi asarining qisqartirilgan nusxasi bizgacha yetib kelgan. Unda xijrat davridai boshlab to Suriya, Armaniston, Misr, Magʻrib, Ispaniya, Iroq va Eronning fath etilishigacha boʻlgan tarixiy voqealar bayon etilgan. Asarda mahalliy xalqlar va turli mashhur qurilishlarga doir juda koʻp muhim maʼlumotlar ham bor. Shuningdek, unda arab tilining fath qilingan mamlakatlarda devon ishlarida qabul etilishi, turli jarima va soliqlar, tanga va chaqa pullar, arab yozuvining tarixi xususida maʼlumotlar mavjud. Bu kitob Gollandiyada sharqshunos de Gus tomonidan 1866 y.da nashr etilgan. Ozarbayjon va Armaniston haqidagi boblari esa rus tiliga tarjima qilingan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil