Isfijob

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Isfijob — oʻrta asrdagi Isfijob hokimligining markaziy shahri. Aris daryosi vodiysi (Qozogʻiston)da joylashgan. Koʻpgina tadqiqotchilar uni Chimkentdan 12 km sharqda, Sayram st-yasining oʻrnida boʻlgan deb hisoblaydilar. Shaharning qachon vujudga kelgani nomaʼlum. Sharq geograflarining maʼlumotlariga qaraganda, maydoni Binkatssh 3 marta kichik boʻlib, I.ning arki 10-asrdayoq vayrona holatda boʻlgan; faqat shahriston va rabod saqlangan. Rabod devorining aylanma uz. 1 farsax (6–7 km)ni tashkil qilgan. Shaxristonning 4 darvozasi: Nujkat, Farxon, Shakron va Buxoro boʻlgan. Unda, shuningdek, saroy, qamoqxona, jome masjidi va bozorlar joylashgan. 840 y.da I. viloyati somoniylarpyan Nuh ibn Asad qoʻl ostiga oʻtgan. Viloyatni koʻchmanchilar hujumidan muhofaza etish maqsadida Nuh ibn Asad I. atro-fini devor bilan oʻrattirgan. I. Buyuk ipak yoʻli ustida boʻlib, bu yerda boʻz, qurol, metall, qul savdosi olib borilgan. 1700 ga yaqin mustahkam qoʻrgʻon (rabot)i boʻlgan. 10-asr oxirlarida qoraxoniylarga, 13-asr boshida Muhammad Xorazmshohga, 1219 y.dan moʻgʻullarga boʻysungan; shaharning yangi nomi — Sayram dastlab shu davrdan (1221 y.) tilga olinadi.

Adabiyot[tahrir]

  • Bartold V. V., Turkestan v epoxu mongolskogo nashestviya, Soch., t. I, M., 1963; Betger Ye. K., Izvlecheniye iz knigi "Puti i strani Abul Kasima ibn Xaukalya, Trudi Sr. Az. gos. universiteti, vip. 3, T., 1957; Ivanov P. P., Sayram. Ist-arxeol. ocherk, "Al-iskan-dariya". Sb. v chest A. E. Shmidta, T., 1923.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil