Kontent qismiga oʻtish

Nukuz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Nekusdan yoʻnaltirildi)

Nukuz, nekuz, nekus — qoʻngʻirotlar hamda qoraqalpoklarning kena-gas kabilalari tarkibidagi uruglaridan biri. N. aslida moʻgʻul qabilalaridan birining nomi. Moʻgʻullar istilosi davrida (13-asr) N.larning bir qismi Dashti Kipchoqqa, keyinchalik boshqa oʻzbek qabilalari bilan birga Mo-varounnahrga kelib oʻrnashgan boʻlishlari mumkin. Bularning koʻpchilik qismi vaqt oʻtishi bilan mahalliy xalqlar — oʻzbeklar, qoraqalpoqlarga aralashib ketgan. Rashiduddinning "Jome at-tavorix", Abulgʻoziy Bahodirxonning "Shajarai turk" (nuguzlar, noʻguzlar, nukuzlar), rus tadqiqotchisi N. Xanikovning "Buxoro xonligining tavsifi" (nukuz), Vamberining "Oʻrta Osiyo boʻylab sayohat" (noʻkis, nukus, nukuz) asarida N.lar qayd etilgan. N.larning juda oz qismi yaqin vaqtlargacha (asosan, quyi Qashqadaryoda) yirik qabilalar tarkibida urugʻ boʻlib, oʻz nomlarini saqlab kelganlar.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil