Kontent qismiga oʻtish

Maraztepa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Maraztepa, Manzaratepa — oʻrta asr shahar harobasi (milodiy 813-asr boshi). Qizilsuv daryosi (Tojikiston)ning soʻl qirgʻogʻida joylashgan. Xuttalon viloyatining markazi Xulbuk shahri M. oʻrnida boʻlgan degan fikrlar mavjud. M.ning umumiy maydoni 120 ga boʻlib, oʻzaro keng koʻchalar bilan ajratilgan 3 qismdan tashkil topgan. Ark (50x50 m) shahar harobasining jan.-gʻarbiy qismida joylashgan. Shahar mahallalari, maydonlari, kanallar va ayrim yirik binolarning izlari saqlangan. Arablar kelishidan avval M.da budda ibodatxonasi boʻlgan. Xitoy manbalarida Kolo-kyan nomli shahar qayd etilgan; u 7-asrda Xuttalonga tegishli rustoklardan birining maʼmuriy markazi boʻlgan. Ushbu shahar M. oʻrnida boʻlgan deb taxmin etilmoqda.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil