Qizilsuv (daryo)
Qiyofa
Qizilsuv — Qirgʻiziston va Tojikiston Respublikalaridagi daryo. Uzunligi 235 km, havzasining maydoni 8380 km². Qirgʻizistonning Orqa Olay tizmasidan boshlanib, Olay vodiysi boʻylab oqadi. Aylama daryosi quyilgungacha Qorasuv deb ataladi. Tojikistonda Muksuv bilan qoʻshilib Vaxsh daryosining oʻng irmogʻi — Surxobni hosil qiladi. Quyilish joyidan 86 km da oʻrtacha suv sarfi 40,6 m³/sek.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑
„Qizilsuv (daryo)“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (Q-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.