Hulbuk
Hulbuk — Xuttalon viloyatining oʻrta asrlardagi markaziy shahri (6— XVI asrlar). Yunon-Baqtriya manbalarida Hulbissa, Xitoy manbalarida ("Tanshu") "Ko-lo-kyan" nomi bilan qayd etilgan. Qizilsuv daryosining soʻl sohili (Tojikiston)da joylashgan. Mir-zatepa oʻrnida boʻlgan degan taxminlar mavjud. X asrda H. gavjum shahar boʻlib, koʻplab rustoqlarga ega edi. H.da Xut-talon hokimi qarorgohi boʻlsada u Sagʻoniyon markazidan kichik edi. shahardagi turar joylar paxsadan qurilgan. Jome masjidi shahar oʻrtasida joylashgan. H.da IX—XII asrlarda kumush dirhamlar chiqaradigan zarbxona boʻlgan. XVI asrda Xuttalon Koʻlob deb atalgan, H. oʻrnida esa Qalʼai Zamm joylashgan.
LA.Kamaliddinov Sh.S., Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyaznchnnm istochnikam IX — nachala XIII vv., T., 1996.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |