Bulandi (tuman)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bulandi tumani
Бұланды ауданы
tuman
Tarkibida Akmola viloyati
Maʼmuriy markazi Makinsk
Asos solingan sanasi 1930-yil
Akim Balpan Murat Sagʻatovich
Rasmiy tillar qozoq, rus
Aholi (2013) 34,768[1]
Zichligi 5,4 kishi./km²
Millatlar tarkibi Ruslar - 44,80%
Qozoqlar - 35,19%
Olmonlar - 6,24%
Ukrainlar - 4,82%
Ingushlar - 2,29%
Beloruslar - 1,78%
Tatarlar - 1,51%
boshqalar - 3,37%[2][3]
Dinlar tarkibi xristianlar, musulmonlar
Maydoni 6 400 km²
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 71646 [4]
Pochta indeksi 020500-020513[5]
Avtomobil raqami kodi C, 03
Rasmiy sayti http://astrahan.akmol.kz/a/42/open/index.html
Xaritada
Bulandi tumani xaritada
Koordinatalari: 52°37′45″N 70°25′1″E / 52.62917°N 70.41694°E / 52.62917; 70.41694 G O

Bulandi tumani — Akmola viloyatining markaziy qismida joylashgan. Tuman 1930-yili Makinskiy tumani nomi bilan tashkil topgan. Aholisi 34,768 kishi (2013). Maydoni 6 400 km². Tumanning maʼmuriy markazi — Makinsk shahri.

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tuman Akmola viloyatining markaziy qismida joylashgan. Shimoliy tomonidan Burabay, shimoli-sharqidan Yenbekshilder, sharqidan Oqkoʻl, janubida Astraxan, janubi-gʻarbida Otbosar, gʻarbida Sandiqtau tumanlari bilan chegaradosh. Tuman hududi orqali 343,7 km avtomobil yoʻli oʻtadi, uning 31 km respublika, 110 km viloyat, 202,7 km tuman ahamiyatiga egadir. Almati — Astana — Petropavlovsk temir yoʻli va Astana — Koʻkshetov avtomobil yoʻli oʻtadi.

Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tuman aholisining soni 36 638 kishi, ularning oʻrtacha zichligi 1 km²-ga 7,3 kishidan toʻgʻri keladi. Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2010-yil):[2][3]

  • ruslar — 16 426 kishi (44,80 %)
  • qozoqlar — 12 903 kishi (35,19 %)
  • olmonlar — 2 289 kishi (6,24 %)
  • ukrainlar — 1 767 kishi (4,82 %)
  • ingushlar — 839 kishi (2,29 %)
  • beloruslar — 653 kishi (1,78 %)
  • tatarlar — 554 kishi (1,51 %)
  • polyaklar — 192 kishi (0,52 %)
  • armanlar — 174 kishi (0,47 %)
  • boshqalari — 871 kishi (2,38 %)
  • Umumiy — 36 668 kishi (100,00 %)

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1936-yili 29-iyulda Shimoliy Qozogʻiston viloyatining, 1939-yili 14-oktyabrda Akmola viloyatining tarkibiga kirdi. 1957-yili tuman markazi Voznesenka qishlogʻidan Makinsk shahriga koʻchirildi. 1963-yili yanvar oyida tuman parchalinib, 1964-yili qaytadan tashkillashtirildi. 1997-yili 14-noyabrdan boshlab Bulandi tumani boʻlib nomlanmoqda. Tuman markazi — Makinsk shahri, 1914-yili qishloq mavqei bilan tashkil topib, 1945-yili tuman ahamiyatiga ega shahar maqomi berildi.

Katta qishloqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oynakoʻl qishlogʻi
  2. Amangeldi qishlogʻi
  3. Voznesen qishlogʻi
  4. Danilov qishlogʻi
  5. Yerkoʻl qishlogʻi
  6. Juravlev qishlogʻi

Ijtimoiy soha[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tumanda 14 ta klub, 30 ta kutubxona, 40 dan ziyod umumiy bilim beruvchi maktablar (ikkitasi maktab-bola bogʻcha), musiqa maktabi, bolabogʻchalar, kasbiy-texnik uchilish, 30 ta tarixiy obidalar, 5 ta monument bor. Tibbiyot mahkamalaridan tuman kasalxonasi, shifoxona, 8 qishloq shifokorlik ambulatoriyalar, tez yordam statsionarlar, 3 ta feldsher-akusherlik, 24 ta feldsherlik punktlar xalqqa xizmat qilmoqda. Qozoq tilida „Bulandi tani“ va rus tilida „Vesti Bulandi“ ijtimoiy-siyosiy gazetalari chiqariladi[6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]