Lorraine McNamara
| Lorraine McNamara | |
|---|---|
|
| |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Davlat |
|
| Tavalludi |
1999-yil 18-fevral Washington |
| Boʻyi | 1.68 m (5 ft 6 in) |
| Sherigi | Anton Spiridonov |
| Oldingi sheriklari | Quinn Carpenter |
| Jamoasi | Peninsula SC |
| Oldingi jamoalari | Washington FSC |
| Uchishni boshlagan | 2001 |
| Shaxsiy rekordlari | |
| Raqs (umumiy natija) |
179.03 2022 CS U. S. Classic |
| Qisqa raqs | 73.17 |
| Erkin raqs | 105.86 |
Lorraine McNamara (talaffuzi: Lorreyn Maknamara; 1999-yil 18-fevralda tugʻilgan) — Amerika vakili sifatida muz ustida raqs musobaqalarida qatnashuvchi muz raqqosasi. Sobiq sherigi Quinn Carpenter bilan birga 2018-yilgi Xelsinkida boʻlib oʻtgan Gran-pri musobaqasining bronza medali sovrindori, Xalqaro konkida uchish ittifoqi tomonidan oʻtkazilgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqalarining uch karra kumush medali sohibi va 2019-yilgi AQSh milliy chempionatining qalay medali sovrindori boʻlgan. Juftlik oʻz faoliyatining boshida 2016-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempioni, 2015-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri final chempioni va ikki karra oʻsmirlar oʻrtasidagi AQSh milliy chempioni boʻlgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]McNamara 2005-yilda Quinn Carpenter bilan juftlikda konkida uchishni boshlagan. Juftlik 2012-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi AQSh chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan[1].
2012 — 2013-yilgi mavsum
[tahrir | manbasini tahrirlash]McNamara / Carpenter juftligi oʻsmirlar toifasidagi xalqaro musobaqalar uchun mos tushgan. 2012-yil avgust oyida ular Fransiyaning Kurchevel shahrida oʻtkazilgan oʻzlarining ilk Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri (JGP) musobaqasida oltinchi oʻrinni egallagan. Juftlik keyingi oyda Turkiyaning Istanbul shahrida oʻtkazilgan ikkinchi JGP bosqichida toʻrtinchi oʻrinni egallagan. AQSh chempionatida oʻsmirlar oʻrtasida bronza medalini qoʻlga kiritgandan soʻng, MakNamara / Carpenter juftligi Milanda boʻlib oʻtgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etish uchun tayinlangan[2].
2013 — 2014-yilgi mavsum
[tahrir | manbasini tahrirlash]McNamara / Carpenter 2013 — 2014-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasida birinchi xalqaro medallarini qoʻlga kiritgan (Riga (Latviya)da kumush, Minskda (Belarus) oltin medal)[3]. Ushbu natijala juftlikka Yaponiyaning Fukuoka shahrida boʻlib oʻtadigan finalga yoʻllanmani bergan va ular finalda ishtriok etib, bronza medalini qoʻlga kiritgan. Juftlik 2014-yilda AQSh chempionatida ishtirok etib, o‘smirlar o‘rtasida kumush medalni qo‘lga kiritgan va 2014-yilda Bolgariyaning Sofiya shahrida bo‘lib o‘tgan O‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida qisqa raqsda uchinchi, erkin raqsda beshinchi o‘rinni egallagan holda umumiy natija bilan chempionatda to‘rtinchi o‘rindan joy olgan[4].
Dasturlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Carpenter bilan
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Mavsum | Qisqa raqs | Erkin raqs |
|---|---|---|
| 2019 — 2020 |
|
|
| 2018 — 2019 |
|
|
| 2017 — 2018 |
|
|
Natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri
Carpenter bilan
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Xalqaro | ||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Musobaqa | 12 — 13 | 13 — 14 | 14 — 15 | 15 — 16 | 16 — 17 | 17 — 18 | 18 — 19 | 19 — 20 |
| GP Cup of China | 5 | |||||||
| GP Finlandiya | 3 | |||||||
| GP Fransiya | WD | |||||||
| GP NHK Trophy | 9 | |||||||
| GP Skate America | 4 | |||||||
| CS Alpen Trophy | 2 | |||||||
| CS Autumn Classic | 5 | |||||||
| CS Finlandia Trophy | 8 | |||||||
| CS Golden Spin | 4 | |||||||
| CS Ondrej Nepela | 2 | 3 | ||||||
| CS Warsaw Cup | 2 | |||||||
| Lake Placid IDI | 1 | 1 | 3 | |||||
| Xalqaro: Oʻsmirlar | ||||||||
| Jahon chempionati | 9 | 4 | 2 | 1 | 7 | |||
| JGP Final | 3 | 1 | 3 | |||||
| JGP Belarusiya | 1 | |||||||
| Toruń Cup | 1 J | |||||||
| Milliy | ||||||||
| AQSh chempionati | 3 J | 2 J | 1 J | 1 J | 3 J | 6 | 4 | 6 |
| Eastern Sect. | 1 J | 1 J | ||||||
| WD = musobaqani tark etgan Daraja: J = oʻsmirlar | ||||||||
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „2020 Skate America“. International Figure Skating (2020-yil 20-oktyabr). 2020-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-dekabr.
- ↑ McNamara, Lorraine „Anton Spiridonov and I are excited to announce the beginning of our partnership!“ (2020-yil 3-iyul). 2021-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „2021 Toyota U.S. Figure Skating Championships“. U.S. Figure Skating.
- ↑ Slater, Paula. „Hubbell and Donohue defend Skate America title for third consecutive win“. Golden Skate (2020-yil 26-oktyabr).