Anna Yanovskaya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Anna Yanovskaya

Yanovskaya/Lukács juftligi, 2018
Shaxsiy maʼlumotlari
Asl ismi Анна Святославовна Яновская
Toʻliq ismi Anna Svyatoslavovna Yanovskaya
Ikkinchi ismi Anna Yanovskaya
Davlat Hungary
Oldin vakil boʻlgan Russia
Tavalludi 23-noyabr 1996-yil (1996-11-23) (27 yosh)
Dubay
Ona shahri Moskva, Rossiya
Boʻyi 1.71 m (5 ft 7 12 in)
Sherigi Ádám Lukács
Oldingi sheriklari Ivan Guryanov, Sergey Mozgov
Murabbiyi Irina Juk
Jamoasi Blue Bird FSC
Mashgʻulot oʻtkazadigan joyi Moskva
Uchishni boshlagan 2000
Shaxsiy rekordlari
Raqs (umumiy natija) 161.40
Qisqa raqs 64.32
Erkin raqs 97.08

Anna Svyatoslavovna Yanovskaya (ruscha: Анна Святославовна Яновская; 1996-yil 23-noyabrda tugʻilgan) - muz ustida raqs boʻyicha musobaqalarda qatnashgan rossiyalik figurali uchuvchi. Hozirda Ádám Lukács bilan Vengriya vakili sifatida musobaqalarda qatnashayotgan Anna uch karra Vengriya milliy chempioni (2018—2019, 2021) boʻlgan[1].

Anna konkida uchish boʻyicha sobiq sherigi Sergey Mozgov bilan birga 2015-yilda oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempioni, ikki karra (2013, 2014) oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran pri finali chempioni, 2012-yilgi oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan Olimpiada chempioni, 2014-yilda oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatining kumush medali sovrindori va 2015-yilda oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempioni boʻlgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yanovskaya toʻrt yoshidan konkida uchishni boshlagan. Figurali uchuvchilarni televizorda koʻrib konkida uchishga qiziqib qolgan. Faoliyatining boshida Anna Filipp Doljanskiy bilan juftlikda musobaqalarda qatnashgan. Anna 2008-yilda Yegor Kosheyev bilan juftlik hosil qilgan va 2010 — 2011-yilgi mavsum oxirigacha u bilan birga konkida uchgan.

Mozgov bilan juftlikda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yanovskaya 2011-yilda Sergey Mozgov bilan juftlik hosil qilgan. Ularga asosan Svetlana Alekseyeva Moskvadagi „Medvedkovo“ muz maydonida murabbiylik qilgan.

Yanovskaya / Mozgov juftligi Polshaning Gdansk shahrida o‘tkazilgan o‘smirlar o‘rtasidagi birinchi Gran-pri musobaqasida bronza medalini, keyin esa Estoniyaning Tallin shahrida oʻtkazilgan turnirda oltin medalni qo‘lga kiritgan. Juftlikning bu natijasi ularga oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finaliga yoʻllanma bergan. Juftlik finalning qisqa dasturida ikkinchi, erkin dastur boʻyicha esa uchinchi oʻrinni egallagan va Aleksandra Stepanova / Ivan Bukinjuftligini ortda qoldirib, kumush medalni qoʻlga kiritgan[2]. Juftlik 2012-yilgi oʻsmirlar ortasidagi qishki Olimpiya oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritgach, 2012-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida toʻrtinchi oʻrinni egallagan. 2012-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida qatnashib, qisqa dastur boʻyicha uchinchi oʻrinni egallagan. Erkin dastur namoyishi paytida Mozgovning chap oyoq kiyimi boʻshashib qolgani sababli hakam musiqani toʻxtattirib qoʻygan. Yanovskaya / Mozgov juftligi erkin dasturda amerikalik Aleksandra Oldrij / Daniel Eatondan keyin to‘rtinchi o‘rinni egallagan, ammo umumiy natija bilan ulardan oʻzib ketib bronza medalini qo‘lga kiritgan.

Dasturlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mozgov bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Qisqa dastur Erkin dastur
2015-2016
  • March: Ribellione

by Ennio Morricone

  • Waltz: My Sweet and Tender Beast

Eugen Doga

Lana Del Rey

    • A Little Party Never Killed Nobody

Fergie, Q-Tip, GoonRock

2013-2014
  • Puttinʼ On the Ritz

Irving Berlin

  • Fever
  • Il Mirto E La Rosa

Alessandro Safina

2012-2013
  • Why Donʼt You Do Right?

Amy Irving

  • Land of a Thousand Dances

Wilson Pickett

  • Maktub
  • Inta Eih

Nancy Ajram

  • Ya habibi yalla

Ishtar va Gipsy Kings

Natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mozgov bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

GP: Gran pri; CS: Challanger seriyasi; JGP: oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Xalqaro
Tadbir 11-12 12-13 13-14 14-15 15-16
GP Bompard 6
GP Skate America 6
Xalqaro: oʻsmirlar
Jahon chemp. 4 2 1ㅤ
Olimpiada 1ㅤ
JGP finali 2 4 1ㅤ 1ㅤ
JGP Avstriya 2
JGP Xorvatiya 1ㅤ
JGP Estoniya 1ㅤ 1ㅤ 1ㅤ
JGP Polsha 3
JGP Slovakiya 1ㅤ
JGP Sloveniya 2
Volvo Open Cup 1-J 1-J
Milliy
Rossiya chemp. 6
Oʻsmirlar oʻrtasidagi

Rossiya chemp.

4 3 2 1ㅤ
Jamoa tadbirlari
J = Oʻsmirlar darajasi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „ISU World Standings“ (en). Международный союз конькобежцев (2019-yil 26-oktyabr). 2012-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-noyabr.
  2. „Юнорская серия Гран При ИСУ. 3-й Этап. Гданьск (Польша)“. 2014-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 15-aprel.