Yelena Romanovskaya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Yelena Yevgenyevna Romanovskaya (1890.24.5. hozirgi Leningrad viloyati Pushkin shahri — 1947.22.11, Toshkent) — musiqiy folklorshunos. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1944). 1917 yildan Oʻzbekistonda yashagan. Leningrad konservatoriyasini tugatgach (1929), Toshkent musiqa bilim yurtida (1929—36), Toshkent konservatoriyasida (1936 yildan) pedagog, "Oʻzbek musiqasi" kursini yaratgan. Oʻzbek ayollar qoʻshiqlari, Xorazm maqomlari, dutor kuylarini notaga yozib olib, nashr ettirgan ("Xorazm klassik musiqasi", T., 1939; "Oʻzbek laparlari" T., 1941; "Oʻzbek cholgʻu musiqasi", T., 1948 va boshqalar). Bular orasida 2 jildli "Oʻzbek xalq qoʻshiqlari" (T., 1939, I. Akbarov bilan hamkorlikda) toʻplamining ahamiyati katta.

Manbalar[tahrir]

  • Romanovskaya Ye. Ye., Stati i dokladi. Zapisi muzikalnogo folklora, T., 1957.