Sergey Mozgov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sergey Mozgov

Betina Popova va Sergey Mozgov, 2018
Shaxsiy maʼlumotlari
Asl ismi Серге́й Александрович Мозгов
Toʻliq ismi Sergey Aleksandrovich Mozgov
Ikkinchi ismi Sergey Mozgov
Davlat Russia
Tavalludi 10-mart 1995-yil (1995-03-10) (29 yosh)
Moskva, Rossiya
Ona shahri Moskva, Rossiya
Boʻyi 1.88 m (6 ft 2 in)
Sherigi Betina Popova
Oldingi sheriklari Anna Yanovskaya, Tatyana Baturintseva, Yevgenya Kosigina, Sabina Adigamova
Murabbiyi Anjelika Krilova, Oleg Volkov
Jamoasi Sport School No. 2
Mashgʻulot oʻtkazadigan joyi Moskva
Uchishni boshlagan 1999
Yakunlagan 14-fevral, 2020
Shaxsiy rekordlari
Raqs (umumiy natija) 175.24
2019 CS Finlandia Trophy
Qisqa raqs 73.30
2019 CS Ondrej Nepela Memorial
Erkin raqs 103.13
2019 CS Finlandia Trophy

Sergey Aleksandrovich Mozgov (ruscha: Серге́й Александрович Мозгов; 1995-yil 10-martda tugʻilgan) — figurali uchish boʻyicha musobaqalarda qatnashgan rossiyalik sobiq figurali uchuvchi. Sobiq sherigi Betina Popova bilan birga 2017-yilda Warsaw Cup chempioni. Sobiq sherigi Anna Yanovskaya bilan birga esa 2015-yilda oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempioni, ikki karra (2013, 2014) oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran pri finali chempioni, 2012-yilgi oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan Olimpiada chempioni, 2014-yilda oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatining kumush medali sovrindori va 2015-yilda oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempioni boʻlgan[1].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mozgov konkida uchishni 1999-yilda boshlagan. Faoliyatining boshida u Sabina Adigamova bilan raqobatlashgan.

Yanovskaya bilan juftlikda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mozgov 2011-yilda Anna Yanovskaya bilan juftlik hosil qilgan. Ularga asosan Moskvada Svetlana Alekseyeva murabbiylik qilgan.

Yanovskaya va Mozgov juftligi Polshaning Gdansk shahrida o‘tkazilgan o‘smirlar o‘rtasidagi birinchi Gran-pri musobaqasida bronza medalini, keyin esa Estoniyaning Tallin shahrida oʻtkazilgan turnirda oltin medalni qo‘lga kiritgan. Juftlikning bu natijasi ularga oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finaliga yoʻllanma bergan. Juftlik finalning qisqa dasturida ikkinchi, erkin dastur boʻyicha esa uchinchi oʻrinni egallagan va Aleksandra Stepanova / Ivan Bukinjuftligini ortda qoldirib, kumush medalni qoʻlga kiritgan[2]. Juftlik 2012-yilgi oʻsmirlar ortasidagi qishki Olimpiya oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritgach, 2012-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida toʻrtinchi oʻrinni egallagan. 2012-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida qatnashib, qisqa dastur boʻyicha uchinchi oʻrinni egallagan. Erkin dastur namoyishi paytida Mozgovning chap oyoq kiyimi boʻshashib qolgani sababli hakam musiqani toʻxtattirib qoʻygan. Yanovskaya / Mozgov juftligi erkin dasturda amerikalik Aleksandra Oldrij / Daniel Eatondan keyin to‘rtinchi o‘rinni egallagan, ammo umumiy natija bilan ulardan oʻzib ketib bronza medalini qo‘lga kiritgan.

Dasturlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yanovskaya bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Qisqa dastur Erkin dastur
2015-2016

  • March: Ribellione

    by Ennio Morricone
  • Waltz: My Sweet and Tender Beast

    Eugen Doga
2013-2014

  • Puttinʼ On the Ritz

    Irving Berlin
  • Fever
  • Il Mirto E La Rosa

    Alessandro Safina
2012-2013

Natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

GP: Gran pri; CS: Challanger seriyasi ; JGP: oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Yanovskaya bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro
Tadbir 11-12 12-13 13-14 14-15 15-16
GP Bompard 6
GP Skate America 6
Xalqaro: oʻsmirlar
Jahon chemp. 4 2 1ㅤ
Olimpiada 1ㅤ
JGP finali 2 4 1ㅤ 1ㅤ
JGP Avstriya 2
JGP Xorvatiya 1ㅤ
JGP Estoniya 1ㅤ 1ㅤ 1ㅤ
JGP Polsha 3
JGP Slovakiya 1ㅤ
JGP Sloveniya 2
Volvo Open Cup 1-J 1-J
Milliy
Rossiya chemp. 6
Oʻsmirlar oʻrtasidagi

Rossiya chemp.

4 3 2 1ㅤ
Jamoa tadbirlari
J = Oʻsmirlar darajasi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „ISU World Standings“ (en). Международный союз конькобежцев (2019-yil 26-oktyabr). 2012-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-noyabr.
  2. „Юнорская серия Гран При ИСУ. 3-й Этап. Гданьск (Польша)“. 2014-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 15-aprel.