Yekaterina Bobrova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yekaterina Bobrova
Shaxsiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Yekaterina Bobrova
Davlat Rossiya bayrogʻi Rossiya
Tavalludi Moskva SSSR
Boʻyi 166
Oldingi sheriklari Dmitriy Solovyov
Shaxsiy rekordlari
Umumiy natija 186.92
Qisqa dastur 76.33
Erkin dastur 111.76
Bobrova va Solovyov „Yablochko“ dasturida chiqish qilishmoqda, 2009-yil.

Yekaterina Aleksandrovna Bobrova (1990-yil 28-mart, Moskva) — Dmitriy Solovyov bilan juftlikda muz ustida raqs musobaqalarida qatnashgan rossiyalik figurali uchuvchi. Ular birgalikda 2014-yilgi Olimpiada chempionlari[1], jamoaviy musobaqalarda Koreyada boʻlib oʻtgan Olimpiada oʻyinlarining kumush medali sovrindorlari, Yevropa chempionlari (2013), 2011, 2012, 2018-yillardagi Yevropa chempionatining uch karra kumush medallari sohibi, ikki marta 2016 va 2017-yillardagi Yevropa chempionatining bronza medali sovrindorlari, yetti karra Rossiya chempioni; 2007-yil oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempioni boʻlgan. Yekaterina Rossiyada xizmat koʻrsatgan sport ustasi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Katya figurali uchishni toʻrt yoshida boshlagan. Dmitriy bilan birgalikda 2000-yildan sport juftligi boʻlgan. 2012-yilgacha ular Yelena Kustarova va murabbiy Svetlana Alekseyeva qoʻl ostida mashq qilishgan.

2008-yilgi Rossiya chempionatida ular bronza medaliga sazovor boʻlishdi.

Keyingi mamlakatlar chempionatida toʻrtinchi oʻrinni egallashib, yirik xalqaro startlarga chiqa olishmadi. 2009-yil fevral oyida ular Universiadada musobaqasida ishtirok etib, 5-oʻrinni egalladilar.

2012 — 2013-yilgi mavsumda juftlik Skate America da ikkinchi oʻrinni egalladi. Keyin esa Xitoy kubogida qatnashib, bu musobaqada ham ikkinchi oʻrinni egalladi. Ikkita ikkinchi oʻrin ularga Gran-pri finaliga yoʻllanma berdi. Juftlik finalda beshinchi o‘rinni egalladi. Soʻng, Rossiya chempionatida gʻolib chiqishdi.

Jahon chempionatida juftlik qisqa raqsdan soʻng jahon yetakchilaridan: Devis/Wight va Virtue/Moir dan keyin uchinchi oʻrinni egalladi. Erkin raqsda juftlik Anna Kappellini/Luka Lanottaga yutqazib, toʻrtinchi oʻrinni egalladi. Biroq, bronza medalini qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlishdi.

Juftlik 2013 — 2014-yilgi Cup of China mavsumida ikkinchi oʻrinni egalladi. Rossiya kubogida ular oltin medalni qoʻlga kiritib, Gran-pri finaliga yoʻl olishdi. Juftlik Rossiya chempionatida gʻolib chiqdi[2].

Sportdagi yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

D. Solovyov bilan

Musobaqa/mavsum 2015 — 2016 ㅤ 2016 — 2017 ㅤ 2017 — 2018 ㅤ
Qishki Olimpiya oʻyinlari .
Yakkaxon
5
Qishki Olimpiya oʻyinlari.
Jamoaviy
2
Jahon chempionatlari 5
Yevropa chempionati 3 3 2
Gran-pri finali 5 4
Gran-pri bosqichlari: Skate Canada 3
Gran-pri bosqichlari: NHK Trophy 2
Gran-pri bosqichlari: Rostelecom kubogi 1 2
Gran-pri bosqichlari: Skate America 3
Gran-pri bosqichlari: Xitoy-Audi kubogi 3
Jamoalar oʻrtasidagi jahon chempionati 2
Mordoviya naqshlari WD
Memorial O. Nepely 1 1
Varshava kubogi 1
Zagrebning Oltin Skate 1
Rossiya chempionati 1 1 1

2015-yilgacha[tahrir | manbasini tahrirlash]

Musobaqa 2005 — 2006 ㅤ 2006 — 2007 ㅤ 2007 — 2008 ㅤ 2008 — 2009 ㅤ 2009 — 2010 ㅤ 2010 — 2011 ㅤ 2011 — 2012 ㅤ 2012 — 2013 ㅤ 2013 — 2014 ㅤ
Qishki Olimpiya oʻyinlari .
Yakka
15 5
Qishki Olimpiya oʻyinlari .
Jamoaviy
1
Jahon chempionatlar 13 8 6 7 3 WD
Yevropa chempionati 9 2 2 1
Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati 1
Rossiya chempionati 8J 1J 3 4 2 1 1 1 1
Gran-pri finali 4 6 5 4
Gran-pri bosqichlari: Cup of Chinma 2 1 2 2
Gran-pri bosqichlari: Skate America 2
Gran-pri bosqichlari: Cup of Russia 4 1 3 1
Gran-pri bosqichlari: Skate Canada 5 6 4
Gran-pri bosqichlari: NHK Trophy 4 4
Finlandia Trophy 1
Qishki Universiada 5

WD = musobaqadan chiqib ketgan. J = oʻsmirlar darajasi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]