Kontent qismiga oʻtish

Aleksandra Stepanova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aleksandra Stepanova
Shaxsiy maʼlumotlari
Davlat Rossiya bayrogʻi Rossiya
Sherigi Ivan Bukin'
Shaxsiy rekordlari
Qisqa dastur 86.45
Erkin dastur 127.64

Aleksandra Nikolayevna Stepanova (ruscha: Александра Николаевна Степанова; 1995-yil 19-avgustda tugʻilgan) — muz ustida konkida uchish boʻyicha muosbaqalarda qatnashgan rossiyalik sobiq muz raqqosasi. Konkida uchish bo‘yicha sherigi Ivan Bukin bilan birga to‘rt karra Yevropa chempionatining medal sovrindori (2019-yilda kumush, 2015-yil, 2018-yil va 2020 -yilgi bronza), 2018-yilgi Xelsinki Gran-pri musobaqasining chempioni, 2018 Rostelecom Cup turniri chempioni va ikki karra Rossiya chempionidir[1].

Faoliyatining boshida Stepanova / Bukin 2013-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida, 2012 — 2013 yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatining finalida va 2014-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya Chempionatida gʻolib chiqqan.

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aleksandra Stepanova 1995-yil 19-avgustda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida tugʻilgan[2]. Uning onasi voleybolchi, otasi esa konkida uchuvchi boʻlgan[3].

Dastlabki yillari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Stepanova konkida uchishni 1999-yilda oʻrgana boshladi. Sankt-Peterburgda raqs maktabi yoʻqligi sababli u Moskvaga koʻchib oʻtgan. Stepanova 2006-yilda murabbiylar Irina Juk va Aleksandr Svinin tomonidan Bukin bilan juftlashtirilgan[4].

2010 — 2011-yildan 2011 — 2012-yilgacha

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Stepanova / Bukin juftligi 2010 — 2011-yilgi mavsumda oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasida debyut qilgan. Ular ikkala musobaqada ham gʻalaba qozonishgan va 2010-yilgi finalga yoʻllanma olganlar. Finalda juftlik bronza medalini qoʻlga kiritgan.

Stepanova / Bukin juftligi Ruminiya va Italiyada boʻlib oʻtgan 2011 — 2012-osmirlar oʻrtasidagi musobaqalarining ikkalasida ham gʻolib chiqdilar. Ularning gʻalabasi finalga yoʻlllanmani berdi. Ular 2012-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdilar. Keyin Stepanova / Bukin juftligi 2012-yilgi o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida qatnashib, kumush medalni qo‘lga kiritgan.

2012 — 2013-yilgi mavsum: Oʻsmirlar oʻrtasida Jahon Chempionligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Stepanova / Bukin Turkiya va Germaniyadagi oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqalarida oltin medalni qoʻlga kiritib, Rossiyaning Sochi shahrida boʻlib oʻtadigan oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finaliga yoʻllanma olgan. Ular finalda oltin medalni qo‘lga kiritgan. Stepanova / Bukin juftligi Bukinning shamollashi tufayli 2013-yilgi Rossiya Oʻsmirlar Chempionatini tark etgan.

GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Bukin bilan
Xalqaro
Musobaqa 09 — 10 10 — 11 11 — 12 12 — 13 13 — 14 14 — 15 15 — 16 16 — 17 17 — 18 18 — 19 19 — 20 20 — 21 21 — 22
Olimpiya 6
Jahon chemp. 9 11 10 7 4 C 5
Yevropa chemp. 3 5 5 3 2 3 2
GP Final 4 4
GP Cup of China 3 C
GP NHK Trophy 4 2
GP Rostelecom 5 3 1 WD
GP Skate America 3 2
GP Skate Canada 8 5
Universiada 5
Xalqaro: Oʻsmirlar
Jahon chemp. 2 1 WD
Pavel Roman 1
NRW Trophy 2
Milliy
Rossiya chemp. 6 3 3 2 2 2 2 1 1
WD = musobaqani tark etgan
  1. „Alexandra STEPANOVA / Ivan BUKIN: 2018/2019“. International Skating Union. 2019-yil 1-martda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Alexandra STEPANOVA / Ivan BUKIN: 2020/2021“. International Skating Union. 2021-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „Alexandra STEPANOVA / Ivan BUKIN: 2019/2020“. International Skating Union. 2019-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „Alexandra STEPANOVA / Ivan BUKIN: 2021/2022“. International Skating Union. 2021-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan.