Dmitriy Solovyov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dmitriy Solovyov

Solovyov 2018-yilda
Shaxsiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Dmitriy Solovyov
Davlat Rossiya bayrogʻi Rossiya
Boʻyi 183
Sherigi Yekaterina Bobrova
Shaxsiy rekordlari
Umumiy natija 187,13
Qisqa dastur 76,33
Erkin dastur 112,70

Dmitriy Vladimirovich Solovyov (ruscha: Дми́трий Влади́мирович Соловьёв; 1989-yil 18-iyul, Moskva) — Yekaterina Bobrova bilan juftlikda muz ustida raqs musobaqalarida qatnashgan rossiyalik figurali uchuvchi. Dmitriy Solovyov Olimpiya chempioni (2014-yil, jamoaviy turnir), Olimpiya kumush medali sovrindori (2018-yil, jamoaviy turnir), Jahon chempionati bronza medali sohibi (2013-yil), Yevropa chempioni (2013-yil) va yetti karra Rossiya chempioni (2011 — 2014, 2016 — 2018) boʻlgan.

Dmitriy Solovyov Rossiyada xizmat koʻrsatgan sport ustasi. 2017-yil 4-noyabr holatiga koʻra Solovyov va Bobrova juftligi Xalqaro konkida uchish ittifoqi reytingida birinchi oʻrinni egallagan[1].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bobrova va Solovyov 2008-yil

Dmitriy Bobrova bilan birgalikda 2000-yildan sport juftligi boʻlgan. 2012-yilgacha ular Yelena Kustarova va murabbiy Svetlana Alekseyeva qoʻl ostida mashq qilishgan.

2008-yilgi Rossiya chempionatida ular bronza medaliga sazovor boʻlishdi.

Keyingi mamlakatlar chempionatida toʻrtinchi oʻrinni egallashib, yirik xalqaro startlarga chiqa olishmadi. 2009-yil fevral oyida ular Universiadada musobaqasida ishtirok etib, 5-oʻrinni egalladilar.

2012—2013-yilgi mavsumda juftlik Skate America da ikkinchi oʻrinni egalladi. Keyin esa Xitoy kubogida qatnashib, bu musobaqada ham ikkinchi oʻrinni egalladi. Ikkita ikkinchi oʻrin ularga Gran-pri finaliga yoʻllanma berdi. Juftlik finalda beshinchi oʻrinni egalladi. Soʻng, Rossiya chempionatida gʻolib chiqishdi.

Jahon chempionatida juftlik qisqa raqsdan soʻng jahon yetakchilaridan: Devis/Wight va Virtue/Moir dan keyin uchinchi oʻrinni egalladi. Erkin raqsda juftlik Anna Kappellini/Luka Lanottaga yutqazib, toʻrtinchi oʻrinni egalladi. Biroq, bronza medalini qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlishdi.

Juftlik 2013—2014-yilgi Cup of China mavsumida ikkinchi oʻrinni egalladi. Rossiya kubogida ular oltin medalni qoʻlga kiritib, Gran-pri finaliga yoʻl olishdi. Juftlik Rossiya chempionatida gʻolib chiqdi[2].

Natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

(E. Bobrova bilan)

2015-yildan keyin[tahrir | manbasini tahrirlash]

Musobaqa/mavsum 2015 — 2016 ㅤ 2016 — 2017 ㅤ 2017 — 2018 ㅤ
Qishki Olimpiya oʻyinlari.
Yakkaxon
5
Qishki Olimpiya oʻyinlari.
Jamoaviy
2
Jahon chempionatlari 5
Yevropa chempionati 3 3 2
Gran-pri finali 5 4
Gran-pri bosqichlari: Skate Canada 3
Gran-pri bosqichlari: NHK Trophy 2
Gran-pri bosqichlari: Rostelecom kubogi 1 2
Gran-pri bosqichlari: Skate America 3
Gran-pri bosqichlari: Xitoy-Audi kubogi 3
Jamoalar oʻrtasidagi jahon chempionati 2
Mordoviya naqshlari WD
Memorial O. Nepely 1 1
Varshava kubogi 1
Zagrebning Oltin Skate 1
Rossiya chempionati 1 1 1

2015-yilgacha[tahrir | manbasini tahrirlash]

Musobaqa 2005 — 2006 ㅤ 2006 — 2007 ㅤ 2007 — 2008 ㅤ 2008 — 2009 ㅤ 2009 — 2010 ㅤ 2010 — 2011 ㅤ 2011 — 2012 ㅤ 2012 — 2013 ㅤ 2013 — 2014 ㅤ
Qishki Olimpiya oʻyinlari.
Yakka
15 5
Qishki Olimpiya oʻyinlari.
Jamoaviy
1
Jahon chempionatlar 13 8 6 7 3 WD
Yevropa chempionati 9 2 2 1
Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati 1
Rossiya chempionati 8J 1J 3 4 2 1 1 1 1
Gran-pri finali 4 6 5 4
Gran-pri bosqichlari: Cup of Chinma 2 1 2 2
Gran-pri bosqichlari: Skate America 2
Gran-pri bosqichlari: Cup of Russia 4 1 3 1
Gran-pri bosqichlari: Skate Canada 5 6 4
Gran-pri bosqichlari: NHK Trophy 4 4
Finlandia Trophy 1
Qishki Universiada 5

WD = musobaqadan chiqib ketgan. J = oʻsmirlar darajasi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „ISU World Standings“ (inglizcha). Международный союз конькобежцев (4-noyabr 2017-yil). 2017-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Боброва заявила, что положительная допинг-проба стала для неё шоком | RIA Novosti“. 10-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-oktabr 2016-yil.