Marjorie Lajoie

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Marjorie Lajoie
Shaxsiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Marjorie Lajoie
Davlat Kanada bayrogʻi Kanada
Boʻyi 152
Sherigi Zachary Lagha
Shaxsiy rekordlari
Umumiy natija 192,11
Qisqa dastur 76,43
Erkin dastur 115,68

Marjorie Lajoie (Talaffuzi: Marjori Lajua) — kanadalik figurali uchuvchi. Lajoie Zachary Lagha bilan juftlikda muz ustida raqs musobqalarida qatnashadi. Zachary bilan birgalikda Kanada chempionatining kumush medali sovrindori (2020) boʻlgan.

Oʻsmirlar darajasida juftlik jahon chempioni (2019), Olimpiya bronza medali sovrindori (jamoaviy turnir, 2016) va uch karra Kanada chempioni (2017—2019) boʻlishgan.

Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Marjorie Lajoie 2000-yil 6-noyabrda Quenbec provinsiyasining Buchervil shahrida tugʻilgan[1]. Uning otasi xokkeychi boʻlgan, onasi esa zamonaviy raqqosa edi[2]. Ukasi Charles Etenga autizm spektrining buzilishi tashxisi qoʻyilgan. Marjorie 2019-yilda, Autizm haqida xabardorlikni oshirish kunida Autizmga yordam berish fondi[3] uchun mablagʻ toʻplash maqsadida „Atipik konkida uchish“ xayriya tadbirini oʻtkazdi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Marjorie uch yoshida konkida uchishni boshlagan. 2011-yilda Lagha va Marjoriening yangi raqs juftligi tashkil qilindi. Ular murabbiylar Julien Lalonde, Mylène Jirard va Valeri Allard rahbarligida Longueuil shahrida mashgʻulotlar oʻtkazar edi[4]. 2015-yilgi Kanada chempionatida juftlik yangi konkida uchuvchilar toifasida oltin medallarni qoʻlga kiritishdi[2].

Kanadalik chempionlari unvonini qoʻlga kiritgandan soʻng, juftlik kelishmovchilik tufayli sheriklikni tugatishini eʼlon qilishdi. Lagha murabbiy Marie-France Dubreuil qoʻl ostida figurali uchish bilan shugʻullana boshladi va uning maslahati bilan Zakari va Marjorie yana birga konkida uchishni boshladilar. Juftlikning xalqaro debyuti 2015-yil oktyabr oyida Ispaniyada oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichida boʻlib oʻtdi va u yerda juftlik yettinchi oʻrinni egalladi.

2016-yil yanvar oyida Lajoie va Lagha juftligi Kanadada boʻlib oʻtgan oʻsmirlar chempionatining kumush medali sovrindorlari boʻlishdi. Keyingi oyda ular oʻsmirlar oʻrtasidagi Olimpiya oʻyinlarida toʻrtinchi oʻrinni egalladilar, shu bilan birga jamoabilan bronza medalini qoʻlga kiritdilar[5].

Juftlik 2016—2017-yilgi mavsumda Yaponiya va Germaniyada oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri turmirining ikkala bosqichida toʻrtinchi oʻrinni egalladi. 2017-yilgi Skate Canada Challenge musobaqasida ular 2005-yilda Tessa Virtue va Skott Moir tomonidan oʻrnatilgan rekordni yangilab, Kanada oʻsmirlar rekordini oʻrnatdilar. Oʻsmirlar oʻrtasidagi Kanada chempionatida oltin medallar sohibiga aylangan juftlik oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi va u yerda oʻtgan yilgi natijasini yaxshilagan holda oltinchi oʻrindan joy olishdi[6].

2019—2020-yilgi mavsumda juftlik kattalar toifasida raqobatlasha boshladi. Ular ushbu darajadagi musobaqalarda Challenger Lombardia Trophy turnirida qatnashish orqali debyut qilishdi. Oʻn 4 juft raqobatchilardan kanadaliklar yettinchi oʻrinni egalladilar. Keyingi Finlandia Trophy musobaqasida qatnashgan juftlik Van Shiyue va Lyu Xinyu juftligidan keyin toʻrtinchi oʻrinni egalladi.

Natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Musobaqalar 14/15 15/16 16/17 17/18 18/19 20/21
Xalqaro
Toʻrt qitʼa chempionati 5
Gran-pri bosqichlari: Rostelecom Cup 7
Gran-pri bosqichlari: Skate Canada 6
Challenger.Finlandia Trophy 4
Challenger. Lombardia Trophy 7
Xalqaro oʻsmirlar
Yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati 13 6 4 1
Yoshlar Olimpiadasi : individual turnir 4
Yoshlar Olimpiadasi : jamoa 3
Yoshlar oʻrtasidagi Gran-pri finali 6 4
Junior Gran-pri bosqichlari: Kanada 1
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari: Avstriya 2
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari: Xorvatiya 1
Yoshlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari: Avstraliya 2
Yoshlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari: Germaniya 4
Yoshlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari: Yaponiya 4
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari: Ispaniya 7
Bavarian Open 2 1
Milliy
Kanada chempionati 2
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Kanada chempionati 2 1 1 1
Yangi boshlanuvchilar uchun Kanada chempionati 1

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Lajoie and Lagha - 2019/2020“ (inglizcha). isuresults.com. 2020-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-avgust 2020-yil.
  2. 2,0 2,1 „Meet Marjorie Lajoie“ (inglizcha). edgesofglory.com. 2020-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-avgust 2020-yil.
  3. „Q & A with Patinage Atypique organizer Marjorie Lajoie“ (inglizcha). ice-dance.com. 2020-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-avgust 2020-yil.
  4. „Novice ice dancers keeping it close going into tomorrow’s free dance“ (inglizcha). skatecanada.ca. 2017-yil 30-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-avgust 2020-yil.
  5. „Lajoie and Lagha - Competition Results“ (inglizcha). isuresults.com. 2020-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-avgust 2020-yil.
  6. „Marjorie Lajoie et Zachary Lagha battent un record canadien en danse sur glace“ (fransuzcha). csp.ca. 2017-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-avgust 2020-yil.