Kseniya Stolbova
| Ksenia Stolbova | |
|---|---|
|
| |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Davlat | Rossiya |
| Tavalludi |
1992-yil 7-fevral Sankt-peterburg |
| Boʻyi | 1.57 m (5 ft 2 in) |
| Oldingi sheriklari | Andrey Novoselov, Fyodor Klimov |
| Murabbiyi | Nina Mozer |
| Oldingi murabbiylari | Ludmila Velikova |
| Uchishni boshlagan | 1997 |
| Shaxsiy rekordlari | |
| Qisqa dastur | 76.15 |
| Erkin dastur | 154.60 |
Kseniya Andreyevna Stolbova (ruscha: Ксе́ния Андре́евна Столбо́ва; 1992-yil 7-fevralda tugʻilgan) — juftlikda konkida uchish musobaqalarida qatnashgan rossiyalik sobiq figurali uchuvchi. Fyodor Klimov bilan juftlikda Olimpiya chempioni (jamoaviy turnir, 2014-yil), Olimpiya kumush medali sovrindori (juftlikda konkida uchish, 2014-yil), uch karra Rossiya chempioni (2014, 2015, 2017), Jahon (2014) va Yevropa (2014, 2015, 2018) chempionatining kumush medali sovrindori boʻgan. Stolbova 2020-yil 12-fevralda sportdagi faoliyatini tark etishini eʼlon qildi[1].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kseniya Andreyevna Stolbova 1992-yil 7-fevralda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida tug‘ilgan. U Sankt-Peterburgdagi Lesgaft jismoniy tarbiya akademiyasida tahsil olgan[2].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kseniya Stolbova birinchi mavsumida Fyodor bilan birgalikda oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finaliga yoʻllanma oldi va 7-oʻrinni egalladi. Keyin ular oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida gʻolib chiqdilar va oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatining bronza medallarini qoʻlga kiritdilar.
2010 — 2011-yilgi mavsumda juftlik oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-prining ikkala bosqichida ham gʻalaba qozonishdi hamda finalga chiqishdi va finalda ikkinchi oʻrinni egallashdi. Skate America 2010 Kattalar oʻrtasidagi oʻzlarining Gran-pri debyut bosqichida juftlik 5-oʻrinni egalladi. Oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida ikkinchi marta gʻalaba qozonib, oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati uchun milliy terma jamoaga kiritildi va chempionatda kumush medallarni qoʻlga kiritdilar.
2011—2012-yilgi mavsumda juftlik Parij (7-oʻrin) va Moskvada (4-oʻrin) boʻlib oʻtgan Gran-pri bosqichlarida chiqish qilishdi. 2012-yilgi Rossiya chempionatida ular kumush medallarni qoʻlga kiritishdi.
Kseniya va Fyodor 2014-yilda Qishki Olimpiya oʻyinlarida jamoaviy musobaqalarda chempion boʻlishdi; xususan, erkin dasturda 135,09 ochko yigʻdi va birinchi oʻrinni olib, terma jamoaga 10 ochko keltirdi. 2014-yil 12-fevralda juftlik Olimpiya musobaqasida kumush medalini qoʻlga kiritdi.
Natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Musobaqa | 09/10 | 10/11 | 11/12 | 12/13 | 13/14 | 14/15 | 15/16 | 16/17 | 17/18 |
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Xalqaro | |||||||||
| Olimpiada juftlik | 2 | ||||||||
| Olimpiada juftlik | 1 | ||||||||
| Jahon chempionati | 2 | 4 | 5 | ||||||
| Yevropa chempionati | 3 | 6 | 2 | 2 | 4 | 2 | |||
| Gran-pri finali | 2 | 1 | 4 | ||||||
| Yaponiya Gran-pri | 2 | ||||||||
| Xitoy Gran-pri | 3 | ||||||||
| Fransiya Gran-pri | 7 | 5 | 1 | ||||||
| Rossiya Gran-pri | 4 | 4 | 1 | 1 | 2 | ||||
| AQSh Gran-pri | 5 | 3 | 4 | ||||||
| Finlandia Trophy | 3 | ||||||||
| Memorial Nepala | 1 | ||||||||
| Universiada | 1 | ||||||||
| Bavarian Open | 1 | ||||||||
| Xalqaro (Oʻsmirlar oʻrtasida) | |||||||||
| Jahon chempionati | 3 | 2 | |||||||
| Gran-pri finali | 7 | 2 | |||||||
| Avstriya Gran-pri | 1 | ||||||||
| AQSh Gran-pri | 2 | ||||||||
| Milliy | |||||||||
| Rossiya chempionati | 6 | 2 | 3 | 1 | 1 | 1 | 2 | ||
| Milliy (Oʻsmirlar oʻrtasida) | |||||||||
| Rossiya chempionati | 1 | 1 | |||||||
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Olimpiyskaya chempionka Kseniya Stolbova obʼyavila o zavershenii kareri. tass.ru. 12 February 2020
- ↑ „World Standings“ (inglizcha). isuresults.com. 1-iyul 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-iyun 2021-yil.