Anastasiya Mishina

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Anastasiya Mishina
Shaxsiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Anastasiya Mishina
Tavalludi Sankt-Peterburg
Sherigi Aleksandr Galliamov
Oldingi sheriklari Vladislav Mirzoyev
Maksim Kudryavtsev
Murabbiyi Tamara Moskvina
Shaxsiy rekordlari
Umumiy natija 239.82
Qisqa dastur 82.76
Erkin dastur 157.46

Anastasiya Viktorovna Mishina (ruscha: Анастасия Викторовна Мишина; 2001-yil 24-aprelda tugʻilgan) — juftlikda konkida uchish boʻyicha musobaqalarda qatnashuvchi rossiyalik figurali uchuvchi. Sherigi Aleksandr Galliamov bilan birga jamoalar oʻrtasida boʻlib oʻtgan 2022-yilgi Olimpiya chempioni va 2022-yilgi Olimpiadaning bronza medali sovrindori, 2021-yilgi jahon chempioni, 2022-yilgi Yevropa chempioni, 2019—2020-yilgi Gran-pri finali bronza medali sovrindori, uch karra Gran-pri musobaqasining gʻolibi va 2022-yilgi Rossiya milliy chempionatining oltin medal sohibi. Anastasiya oʻsmirlar darajasida 2019-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempioni, 2019-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatining bronza medali sovrindori, 2018—2019-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finali chempioni boʻlgan[1].

Mishina / Galliamov juftligi oʻzlarining ilk 2021-yilgi jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan va Yekaterina Gordeyeva / Sergey Grinkovdan keyin jahon chempionligini qoʻlga kiritgan ikkinchi eng yosh juftlikka aylangan.

Mishina 2001-yil 24-aprelda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida tugʻilgan[2].

2017—2018-yilgi mavsum[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mishina 2017-yilning fevral oyida Aleksandr Galliamov bilan juftlik hosil qilgan. Nikolay Velikov va Lyudmila Velikova murabbiyligidagi bu juftlik 2017-yilgi „Zagrebning oltin konkisi“ turnirida oʻsmirlar oʻrtasidagi oʻzlarining ilk xalqaro musobaqada gʻolib chiqqan.

Mishina/Galliamov juftligi 2018-yilgi Rossiya chempionatida yettinchi oʻrinni egallagan va oʻsmirlar oʻrtasida kumush medalni qoʻlga kiritgan. 2018-yil mart oyida Bolgariyaning Sofiya shahrida oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan[3].

2018—2019-yilgi mavsum[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mishina/Galliamov juftligi oʻz mavsumini 2018-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran pri seriyasida ishtirok etish bilan boshlagan. Ular Slovakiyaning Bratislava shahrida boʻlib oʻtgan birinchi musobaqada oltin medalni qoʻlga kiritganlar. Juftlik ushbu musobaqada qisqa dastur boʻyicha ham, erkin dastur boʻyicha ham birinchi oʻrinni egallagan va kumush medal sohiblari Panfilova / Rilovdan 11 ochkodan ortiq farq bilan oltin medalni qoʻlga kiritgan. Vankuverda (Kanada) boʻlib oʻtgan ikkinchi musobaqada juftlik yana bir oltin medalni qoʻlga kiritgan, bu gal ular qisqa dasturda ham, erkin dasturda ham birinchi oʻrinni egallab yana oʻsha kumush medal sohiblari Panfilova / Rilovni juftligini magʻlub etishgan. Shuningdek, Mishina/Galliamov juftligi oldingi qisqa va erkin dastur ochkolari va umumiy rekord ballarini yangiladi. Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran pri musobaqalarida ikkita oltin medali bilan juftlik 2018—2019-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finaliga yoʻllanma olgan.

2019—2020-yilgi mavsum[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mishina/Galliamov 2019 Internationaux de France turnirida.

Mishina/Galliamov juftligi mavsumni oʻzining ilk kattalar toifasidagi Challenger seriyasida boshlagan va 2019 CS Finlandia Trophy musobaqasida gʻolib chiqqan.

Juftlik kattalar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasining 2019 Internationaux de France bosqichida debyut qilgan va qisqa dasturda Pavliuchenko / Xodikindan keyin ikkinchi oʻrinni egallagan. Mishina rejalashtirilgan uch sakrash elementini muvaffaqiyatsiz bajarganiga qaramay, juftlik erkin dasturda gʻalaba qozonib, oltin medalni qoʻlga kiritishgan. Ikkinchi Gran-pri musobaqasining 2019 NHK Trophy bosqichida Galliamovning xato bajargan elementi tufayli juftlik qisqa dasturda uchinchi oʻrinni egallagan. Ular erkin dasturda bexato chiqish qilib, umumiy natija bilan bronza medalini qoʻlga kiritgan va Gran-pri finaliga yoʻllanma olgan. Finalda qatnashgan Mishina/Galliamov juftligi qisqa dasturda toʻrtinchi oʻrindan joy olgan. Erkin dasturda esa uchinchi oʻrinni egallab, umumiy hisob bilan bronza medalini qoʻlga kiritgan holda, musobaqada eng yuqori oʻrinni egallagan Rossiya jamoasi boʻlgan.

Dasturlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Galliamov bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Qisqa dastur Erkin dastur
2022 — 2023
2021 — 2022

2020 — 2021

  • Bohemian Rhapsody
  • We Are the Champions

    Queen

Natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Galliamov bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro
Musobaqa 17/18 18/19 19/20 20/21 21/22
Olimpiada 3
Jahon chempionati 1ㅤ B
Yevropa chempionati 1ㅤ
GP finali 3 C
GP Internationaux de France 1ㅤ
GP NHK trophy 3 1ㅤ
GP Rostelecom 2 1ㅤ
CS Alpen Cup 1ㅤ
CS Finlandia Trophy 1ㅤ 1ㅤ
Bavarian Open 1ㅤ
Xalqaro: (Oʻsmirlar)
Jahon chempionati 3 1ㅤ
JGP finali 1ㅤ
JGP Kanada 1ㅤ
JGP Slovakiya 1ㅤ
Zagrebning oltin konkisi 1ㅤ
Milliy
Rossiya chempionati 7 5 4 4 1ㅤ
Oʻsmirlar oʻrtasidagi

Rossiya chemp.

2 1ㅤ
Rossiya kubogi finali 1ㅤ 1ㅤ
Jamoaviy musobaqalar
Olimpiada 1-T
Jamoalar oʻrtasida

jahon chempionati

1-T

1-P

Birinchi kanal kubogi 2-T
1-P
2-T
1-P
WD = Musobaqani tark etgan; C = Tadbir bekor qilingan;
T = Jamoaviy natija; P = Shaxsiy natija. Medallar faqat jamoaviy natija uchun beriladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]