Robin Szolkowy (talaffuzi: Robin Sholkoviy;1979-yil14-iyulda tugʻilgan) — Germaniya vakili sifatida juftlikda konkida uchish musobaqalarida qatnashgan sobiq figurali uchuvchi. Sherigi Aliona Savchenko bilan birga 2010 va 2014-yilgi Olimpiada bronza medali sovrindori, besh karra jahon chempioni (2008, 2009, 2011, 2012, 2014), toʻrt karra Yevropa chempioni (2007—2019), toʻrt karra Gran-pri finalining chempioni (2007, 2010, 2011, 2013) va sakkiz karra Germaniya chempioni (2004—2009, 2011, 2014) boʻlgan.
Oʻzlarining birinchi mavsumida Savchenko / Szolkowy juftligi Germaniya milliy chempionligini qoʻlga kiritgan. Juftlik terma jamoa tarkibi sifatida 2004 — 2005-yilgi mavsum boshida debyut qilgan. Juftlik yana Germaniya milliy chempionligini qoʻlga kiritgan, 2005-yilgi Yevropa chempionatida toʻrtinchi va 2005-yilgi Jahon chempionatida oltinchi oʻrinni egallagan.
Savchenko / Szolkowy juftligi Skate Canada International musobaqasida ishtirok etgan, ikkala dasturda ham birinchi oʻrinni egallagab, oʻzlarining birinchi Gran-pri oltin medalini qoʻlga kiritgan va va Gran-pri finalidagi debyutida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Oʻzining uchinchi milliy chempionligini qoʻlga kiritgandan soʻng, Savchenko / Szolkowy juftligi Yevropa chempionatida ikkinchi marta kumush medalni qoʻlga kiritgan. Ular chempion Tatyana Totmianina / Maksim Marinind juftligidan 7,79 ochko ortda qolib ketgan.
Savchenko / Szolkowy juftligi 2006 Cup of China musobaqasida uchinchi oʻrinni egallagan va 2006-yilgi Rossiya kubogini qoʻlga kiritgan hamda 2006 — 2007-yillarda Sankt-Peterburgda boʻlib oʻtgan Gran-pri finaliga yoʻllanma olgan. Juftlik oltin medalni qoʻlga kiritgan Shen Xue / Chjao Xongbo juftligidan 22,52 ball ortda qolib, jami 180,67 ball bilan ikkinchi oʻrinni egallagan. 2007-yil yanvar oyida juftlik Germaniya milliy chempionligini toʻrtinchi marta qoʻlga kiritgan.