Denis Petrov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Denis Petrov
Shaxsiy maʼlumotlari
Davlat Birlashgan jamoa
Sovet Ittifoqi
Tavalludi 3-mart 1968-yil (1968-03-03) (56 yosh)
Leningrad
Oldingi sheriklari Yelena Bechke
Oldingi murabbiylari Tamara Moskvina
Oldingi jamoalari Profsoyuz Leningrad
Yakunlagan 1992

Denis Alekseyevich Petrov (ruscha: Денис Алексеевич Петров; 1968-yil 3-martda tugʻilgan) — SSR va Rossiya vakili sifatida musobaqalarda qatnashgan figurali uchuvchi. Rafiqasi va sportdagi sherigi Yelena Bechke bilan bilan juftlikda 1992-yilda Albertvilleda oʻtkazilgan Olimpiadaning kumush medali sovrindori boʻlgan[1].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Denis Petrov 1987-yilda Yelena Bechke bilan juftlikda afsonaviy murabbiy Tamara Moskvina qoʻl ostida mashq qila boshladilar. Ularning birinchi yirik muvaffaqiyati Trophée Lalique turnirida oltin medalni qoʻlga kiritganida yuz bergan. Juftlik 1989-yilgi Jahon chempionatida bronza, 1991 va 1992-yilgi Yevropa chempionatlarida va 1992-yilgi Olimpiada oʻyinlarida kumush medalni qoʻlga kiritgan[2].

Olimpiadadan soʻng juftlik havaskor sifatidagi sport faoliyatini tark etib, professional sportga oʻtgan. Ular toʻrt marta professionallar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ikkinchi oʻrinni egalladi va faqat 1996-yilda gʻalaba qozondi. Bundan tashqari, Bechke va Petrov juftligi „Stars on Ice“ shousi tufayli Amerika Qoʻshma Shtatlarida (1994-yildan 2000-yilgacha) gastrol safarlarida boʻlishgan[3].

Bechke va Petrov ajrashgandan soʻng sport juftligi sifatidagi faoliyatini davom ettirdilar va birgalikda Virjiniyada figurali uchuvchilarni mashq qildirdilar.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Petrov 1968-yil 3-martda Leningradda, (Rossiya SFSR, Sovet Ittifoqi) tugʻilgan. U 1988-yilda Yelena Bechke bilan uchrashishni boshlagan va ikkalasi 1990-yilda turmush qurgan, ammo keyinchalik ajrashishgan.

Petrov 2005-yil 8-iyulda xitoylik figurali uchuvchi Chen Luga uylangan, u bilan 1998 — 1999-yillarda „Stars on Ice“ shousida tanishgan[3]. Ular Xitoyning Shenchjen shahriga koʻchib oʻtishdan oldin Gonkongda yashagan[1]. Oilaning oʻgʻli Nikita 2006-yil 27-iyunda va qizi Anastasiya 2009-yil 8-iyulda Shenchjenda dunyoga kelgan.

Dasturlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

(Bechke bilan)

Mavsum Qisqa dastur Erkin dastur
1991-1992
1990-1991
1989-1990
1988-1989


  • Nino Rota

Natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

(Bechke bilan)

Musobaqa 1988 1989 1990 1991 1992 1993 1994 1995 1996 1997 1998 1999
Qishki Olimpiya oʻyinlari 2
Figurali uchish boʻyicha jahon chempionati 3 4 4
Yevropa chempionati 2 2
SSSR chempionati 4 1
Trophee Lalique 1 1 3
NHK Trophy 2 1
Yaxshi niyat oʻyinlari 3
Professional jahon chempionati 2 2 2 2 1 2

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]