Tatyana Volosojar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tatyana Volosojar
Shaxsiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Tatyana Volosojar
Davlat Rossiya bayrogʻi Rossiya
Oldin vakil boʻlgan Ukraina bayrogʻi Ukraina
Tavalludi Dnepr
Boʻyi 160
Sherigi Maksim Trankov, Stanislav Morozov, Pyotr Xarchenko
Shaxsiy rekordlari
Umumiy natija 237,71
Qisqa dastur 84,17
Erkin dastur 154,66

Tatyana Andreyevna Volosojar (Ruscha:Татьяна Андреевна Волосожар; 1986-yil 22-may, Dnepr) — ukrainalik va rossiyalik figurali uchuvchi boʻlib, juftlikda figurali uchish boʻyicha musobaqalarda qatnashgan. Maksim Trankov bilan birgalikda Tatyana ikki karra Olimpiya chempioni (2014-yil, yakka va jamoaviy turnir), jahon chempioni (2013), toʻrt karra Yevropa chempioni (2012 — 2014, 2016) va uch karra Rossiya chempioni (2011, 2013, 2016) boʻlgan.

Volosojar oʻn toʻrt yoshida konkida uchishni boshlagan. Uning birinchi sportdagi jufti Pyotr Xarchenko edi, ular birgalikda Ukraina chempioni boʻlishgan (2004). Keyin Tatyana Ukrainaning toʻrt karra chempioni, Gran-pri bosqichlari gʻolibi, Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi (2006, 2010) boʻlgan Stanislav Morozov bilan juftlik hosil qilgan.

Tatyana 2010-yilda Rossiyaga koʻchib oʻtib, u yerda Maksim Trankov bilan sheriklikda katta yutuqlarga erishdi. 2014-yil mart oyidan boshlab ular Xalqaro konkida uchish ittifoqi[1] reytingida 1-oʻrinni egalladi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlabki yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tatyana figurali uchishni besh yoshida Lyudmila Viktorovna Petrovskaya murabbiyligida boshladi[2]. Yetti yoshida yakka konkida uchish boʻyicha birinchi musobaqasida gʻolib chiqdi[3].

Tatyana oʻn toʻrt yoshida juftlikda konkida uchishni boshladi. Birinchi sherigi Pyotr Xarchenko bilan birga avval Vyacheslav Tkachenko[4], keyinroq Galina Kuxar boshchiligida musobaqalarga tayyorlandi. Tatyana va Pyotr 2004-yilda Ukraina chempioni boʻlishdi, ular Gran-prining oʻsmirlar bosqichida gʻolib boʻlishdi.

Morozov va Volosojar Gran-pri finalida (2008)

Ukraina vakili sifatida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tatyana 2004-yilda Stanislav Morozov bilan sport juftligini hosil qilddi. 2008-yilda juftlik murabbiy Ingo Shuer qoʻl ostida musobaqaga tayyorgarlik koʻrish uchun Germaniyaga borishdan oldin uch marta Ukraina chempioni, ikki marta Universiadaning kumush medali sovrindori boʻlgan va Turindagi Olimpiadada qatnashishib, 10 ikkinchi oʻrinni egallagan[5].

Juftlik 2008 — 2009-yilgi mavsumda Rossiya Gran-pri musobaqasida uchinchi va Xitoy Gran-pri turnirida ikkinchi oʻrinni egallab, oʻz faoliyatlarida birinchi marta finalga yoʻl olishib, finalda toʻrtinchi oʻrinni egalladi. Janubiy Koreyada boʻlib oʻtgan finaldan Germaniyaning Xemnits shahridagi oʻquv-mashgʻulot bazasiga qaytgach, juftlik milliy chempionatda ishtirok etish uchun Ukrainaga yana parvoz qilishni nooʻrin deb hisobladi[6], shuning uchun ular Germaniya chempionatida „tanlovdan tashqari“ chiqish qilishdi[7]. Juftlik 2009-yilgi Yevropa chempionatida yana toʻrtinchi, Jahon chempionatida esa oltinchi oʻrinni egalladi.

2009 — 2010-yilgi Olimpiya mavsumida juftlik toʻrtinchi marta Ukraina chempioni boʻlishdi va uchinchi marta Yevropa chempionatida toʻrtinchi oʻrinni egallashdi.

Rossiya vakili sifatida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sherigi sport faoliyatini tugatgandan soʻng, Tatyana Maksim Trankov bilan sport juftligini hosil qildi. Juftlik Rossiya bayrogʻi ostida chiqishga qaror qilishdi. Ularga Nina Mozer murabbiylik qildi[8], murabbiyning yordamchilari Volosojarning sobiq sherigi Stanislav Morozov va AQShdan qaytgan xoreograf Nikolay Morozov edi[9]. Tatyana va Maksim koʻplab elementlarni bajarish texnikasini qayta oʻrganib, bir-biriga moslashishlari kerak edi[10].

Bu juftlikning Rossiya musobaqalaridagi rasmiy debyuti 2010-yil oktyabr oyida Permdagi[11] Rossiya kubogining uchinchi bosqichida boʻlib oʻtdi va ular gʻalaba qozonishdi. Juftlik 2011-yilgi Rossiya chempionatida gʻolib chiqib, ikkala dasturda ham yetakchilik qildi.

Xalqaro konkida uchish ittifoqi qoidalariga koʻra, boshqa mamlakat terma jamoasiga qoʻshilgan sportchilar xalqaro musobaqalarda bir yillik „karantin“ ni oʻtashlari kerak. Tatyananing Ukraina uchun s10ggi chiqishi 2010-yilgi Olimpiada boʻlganligi sababli, yangi juftlik 2011-yil 16-fevralgacha[12][13] xalqaro maydonga chiqa olmadilar, shuning uchun ular 2011-yil 24 — 30-yanvar kunlari boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatini oʻtkazib yuborishdi[12].

2011-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etish uchun Tatyana va Maksim yangi juftlik sifatida qisqa dasturda 10 yetti ball va oʻsha mavsumda erkin dastur uchun oʻttiz ball boʻlgan minimal texnik natijani olishlari kerak edi. Ushbu natijaga erishish uchun juftlik „karantin“ tugaganidan soʻng darhol Mont Blanc Trophy turnirida ishtirok etib yetarli ball yigʻishdi va ular dastur turlarining ikkalasida ham gʻalaba qozonishdi[14].

Olimpiyada oltini[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011 — 2012-yilgi mavsum juftlik uchun ogʻir boshlandi. Mavsumga tayyorgarlik paytida baxtsiz yiqilishdan s10g, Trankov yelkasidan jarohat oldi[15][16]. Biroq, juftlik ikkita xalqaro turnirda (Nebelhorn Trophy 2011 va Nepela Memorial 2011) va Kanada hamda Fransiyadagi Gran-pri seriyasining ikkala bosqichida gʻolib chiqishga muvaffaq boʻldi[17].

Volosojar va Maksim Trankov Olimpiada gʻolibligidan keyin (2014)

2014-yilda Sochidagi Olimpiya oʻyinlarida Tatyana va Maksim jamoaviy musobaqalarda chempion boʻlishdi. Qisqa dastur boʻyicha ular 83,79 ball toʻplab, raqiblarini deyarli 10 ochkoga ortda qoldirdilar. Shaxsiy musobaqada ular qisqa dastur boʻyicha gʻoliblikni qoʻlga kiritib, ushbu segmentdagi oʻz rekordini 0,19 ballga yangiladi. Ikki koʻrsatkich yigʻindisiga koʻra, juftlik turnir jadvalidagi peshqadamlikni saqlab qolishdi va shu tariqa Sochi Olimpiadasida ikkinchi oltinni qoʻlga kiritishdi.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tatyana Volosojar Dnepropetrovskda tugʻilgan. Uning onasi Kaliningradlik, otasi esa Nijniy Tagildan[18]. Tatyananing otasi harbiy xizmatchi, u Ukrainada xizmat qilgan[3].

Tatyana Ukraina Milliy jismoniy tarbiya va sport universitetini va M. P. Drahomanov nomidagi Milliy pedagogika universitetini tamomlagan.[19]

Stanislav Morozov bir necha yillar davomida Tatyananing turmush oʻrtogʻi (u bilan 17 yoshida uchrashishni boshlagan)[20], sportdagi sobiq sherigi, Volosozhar-Trankov juftligining murabbiylaridan biri boʻlgan[21][22][23].

Morozov bilan ajrashgandan s10g, Volosojar sportdagi sherigi Maksim Trankov[20] bilan ishqiy munosabatda (2012-yildan). 2015-yil fevral oyida juftlik rasman unashtirilganliklarini eʼlon qilishdi. 18-avgust kuni Tatyana va Maksim turmush qurishdi. 2017-yil 16-fevralda ularning qizi Anjelika[24][25][26] dunyoga keldi. 2021-yil 27-mayda oʻgʻli Teodor[27] dunyoga keldi.

Natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

(Rossiya uchun Maksim Trankov bilan birga)

Musobaqa 2010-11 2011-12 2012-13 2013-14 2015-16
Xalqaro
Olimpiada - juftlik 1
Olimpiada - jamoa 1
Jahon chempionati 2 2 1 6
Yevropa chempionati 1 1 1 1
Gran-pri finali 2 1 2
Yaponiya Gran-pri 1
AQSh Gran-pri 1 1
Rossiya Gran-pri 1
Kanada Gran-pri 1
Fransiya Gran-pri 1 1
Nebelhorn Trophy 1 1 1 1
Nepela xotirasi 1
Mont Blanc Trophy 1
Milliy
Rossiya chempionati 1 1 1

(Ukraina uchun Stanislav Morozov bilan birga)

Musobaqa 2004-05 2005-06 2006-07 2007-08 2008-09 2009-10
Xalqaro
Olimpiya oʻyinlari 12 8
Jahon chempionati 10 10 4 9 6
Yevropa chempionati 5 5 4 4 4
Gran-pri finali 4
AQSh Gran-pri 2
Xitoy Gran-pri 2 3
Rossiya Gran-pri 5 3
Fransiya Gran-pri 5
Yaponiya Gran-pri 4
Nebelhorn Trophy 3 2
Universiada 2 2
Schaefer xotirasi 1
Milliy
Ukraina chempionati 1 1 1 1

(Ukraina uchun Pyotr Xarchenko bilan birga)

Musobaqa 2000-01 2001-02 2002-03 2003-04
Xalqaro
Jahon chempionati 17 14
Yevropa chempionati 7
Xitoy Gran-pri 7
Yaponiya Gran-pri 6
Rossiya Gran-pri 9
Xalqaro oʻsmirlar
Jahon chempionati 13 10 7 5
Gran-pri finali 7 4
Bolgariya Gran-pri 2
Chexiya Gran-pri 3 2
Polsha Gran-pri 2
Italiya Gran-pri 4
Germaniya Gran-pri 4
Milliy
Ukraina chempionati 4 2 1

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „World Standings“ (en). isuresults.com. 1-iyul 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-oktabr 2022-yil.
  2. „Четвертый уровень“. 15-mart 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 13-mart 2011-yil.
  3. 3,0 3,1 „Переселенка номер один“. 11-iyun 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-avgust 2011-yil.
  4. „Профили Петровской Л. В. и Ткаченко В. В. на сайте СК «Метеор»“. 25-fevral 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi.
  5. „Волосожар и Морозов переезжают в Германию.“. 17-iyun 2008-yilda asl nusxadan arxivlandi.
  6. Medali za svoy schyot
  7. „Результаты внеконкурсных выступлений на сайте Германской федерации ФК“. 3-mart 2009-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-dekabr 2008-yil.
  8. „Нина Мозер: если Таня с Максимом захотят, и пустые кресла заплачут | „Sochi 2014“. Zimnie Olimpiyskie igri na „R-Sporte““. 1-fevral 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-yanvar 2014-yil.
  9. „Российская пара Волосожар—Траньков существует официально“. 2-aprel 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-may 2010-yil.
  10. Trener sbornoy: figuristam Volosojar i Trankovu est nad chem rabotat
  11. „Волосожар и Траньков получили 68,34 балла за короткую программу на Кубке России“. 2-mart 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-dekabr 2010-yil.
  12. 12,0 12,1 „Татьяна Волосожар: «Смогу выступать за Россию с 15 февраля 2011 года»“. 22-fevral 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-dekabr 2010-yil.
  13. „Украинская фигуристка Волосожар будет выступать за Россию“. 19-may 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-dekabr 2010-yil.
  14. „Волосожар-Траньков выиграли Mont Blanc Trophy (Видео)“. 9-avgust 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-avgust 2011-yil.
  15. „Татьяна ВОЛОСОЖАР и Максим ТРАНЬКОВ: ХОТИМ БЫТЬ РОК-ЗВЁЗДАМИ“. 16-dekabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-yanvar 2012-yil.
  16. Travma prodoljaet bespokoit figurista Maksima Trankova — trener
  17. „Volosozhar and Trankov: A perfect match“. 2-mart 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-yanvar 2012-yil.
  18. „Пара с собачкой“. 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-dekabr 2010-yil.
  19. „О Волосожар Т. А.“. 16-dekabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-iyul 2010-yil.
  20. 20,0 20,1 „Первая пара. Больше чем любовь, 2014 — Документальное кино — Первый канал“. 31-yanvar 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-fevral 2014-yil.
  21. „Татьяна Волосожар и Максим Траньков: пять лет навстречу друг другу. СПОРТ-ЭКСПРЕСС — Собеседники Елены Вайцеховской“. 1-fevral 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi.
  22. „Максим Траньков и Татьяна Волосожар о «партнёрских» отношениях и дедовщине“. 3-iyul 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-iyul 2013-yil.
  23. „Волосожар Татьяна Андреевна — Tatiana VOLOSOZHAR“. 29-aprel 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 29-aprel 2020-yil.
  24. „Новорожденная дочь Волосожар и Транькова получила имя Анжелика и двойную фамилию“. Р-Спорт (20-fevral 2017-yil). 22-fevral 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-fevral 2017-yil.
  25. „У Волосожар и Транькова родилась дочь“. Матч ТВ (16-fevral 2017-yil). 17-fevral 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-fevral 2017-yil.
  26. „Фигуристы Татьяна Волосожар и Максим Траньков стали родителями“. Чемпионат.com (16-fevral 2017-yil). 17-fevral 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-fevral 2017-yil.
  27. „Татьяна Волосожар во второй раз стала мамой. У нее родился сын“. sports.ru (27-may 2021-yil). 27-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-may 2021-yil.