Aleksey Tixonov
| Alexei Tikhonov | |
|---|---|
|
Tikhonov in 2005. | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Toʻliq ismi | Alexei Vladimirovich Tikhonov |
| Davlat |
|
| Oldin vakil boʻlgan |
|
| Tavalludi |
1971-yil 1-noyabr Samara, Russian SFSR, Soviet Union |
| Boʻyi | 1.87 m (6 ft 1 1⁄2 in) |
| Sherigi | Maria Petrova |
| Oldingi sheriklari |
Yukiko Kawasaki (JPN) Irina Saifutdinova (URS) |
| Oldingi murabbiylari | Ludmila Velikova |
| Oldingi xoreograflari |
Sergei Petukhov Alexander Stepin |
| Jamoasi | Yubileyny Sport Club |
| Mashgʻulot oʻtkazgan joylari | Saint Petersburg |
| Uchishni boshlagan | 1975 |
| Yakunlagan | 2007 |
| Shaxsiy rekordlari | |
| Umumiy natija | 2005 Worlds |
| Qisqa dastur |
67.42 2004-05 Grand Prix Final |
| Erkin dastur |
123.18 2006 Worlds |
Aleksey Vladimirovich Tixonov (ruscha: Алексей Владимирович Тихонов; 1971-yil 1-noyabrda tugʻilgan) — rossiyalik figurali uchuvchi. Sherigi Mariya Petrova bilan birga 2000-yilgi Jahon chempionligini qoʻlga kiritgan va ikki karra (1999, 2000) Yevropa chempioni boʻlgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tixonov oʻzining tugʻilgan shahri Samarada konkida uchishni boshlagan. Dastlab yakka holda konkida uchgan va 15 yarim yoshida juftlikda konkida uchishga oʻtgan[1].
Tixonov dastlab sherigi Irina Sayfutdinova bilan Sovet Ittifoqi vakili sifatida va keyin Rossiya uchun raqobatlashgan. Ular Sovet Ittifoqi uchun 1989-yilda figurali uchish boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritganlar.
Aleksey Tixonov 1998-yilning yozida Petrova bilan sheriklik qila boshlagan. Ular birga 2000-yilda Jahon chempionligini qoʻlga kiritishgan. Juftlik2002-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida 6-oʻrinni, 2006-yilgi Olimpiadada esa 5-oʻrinni egallagan. Ular 2005-yilda jahon chempionatida kumush, 2006-yilda esa bronza medalini qo‘lga kiritgan.
Petrova va Tixonov juftligi 2006-yilgi Jahon chempionatidan soʻng sportdan nafaqaga chiqishlarini eʼlon qilishgan, ammo Rossiya konkida uchish federatsiyasining iltimosiga koʻra, ular keyinchalik yana bir yil musobaqalarda qatnashishga rozi boʻlishgan. Yakuniy mavsumda juftlik Gran-pri finali tur[2] nirida 6-oʻrindan joy olgan va Petrovaning jarohati tufayli Jahon chempionatini tark etishgan.
Petrova va Tixonov juftligi Sankt-Peterburgda murabbiy Lyudmila Velikova qoʻl ostida mashgʻulot oʻtkazdilar. Musobaqadan chiqqandan soʻng, juftlik muz shoularida, shu jumladan Rossiya televideniye loyihalarida chiqish qilishgan.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tixonov Petrova bilan turmush qurgan va 2010-yil 1-fevralda uning birinchi farzandi, Polina ismli qizini dunyoga kelgan. Oila Moskva viloyatida istiqomat qiladi.
Dasturlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Petrova bilan
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Mavsum | Qisqa dastur | Erkin dastur |
|---|---|---|
| 1999 — 2000 |
|
|
| 1998 — 1999 |
ㅤ Maurice Jarre |
Natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Petrova bilan
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Natijalari | |||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Xalqaro | |||||||||
| Musobaqa | 1998 — 99 | 1999 — 00 | 2000 — 01 | 2001 — 02 | 2002 — 03 | 2003 — 04 | 2004 — 05 | 2005 — 06 | 2006 — 07 |
| Olympiada | 6ㅤ | 5ㅤ | |||||||
| Jahon chempionati | 4ㅤ | 1ㅤ | 4ㅤ | 4ㅤ | 3ㅤ | 4ㅤ | 2ㅤ | 3ㅤ | WD |
| Yevropa chempionati | 1ㅤ | 1 | 4ㅤ | 3ㅤ | 3ㅤ | 2ㅤ | 3ㅤ | 3ㅤ | 2ㅤ |
| GP Bompard | 2ㅤ | 1ㅤ | |||||||
| GP Cup of China | 3ㅤ | 1ㅤ | |||||||
| GP Cup of Russia | 1ㅤ | 2ㅤ | 2ㅤ | 2ㅤ | |||||
| GP NHK Trophy | 5ㅤ | 1ㅤ | 3ㅤ | 4ㅤ | 1ㅤ | 1ㅤ | |||
| GP Skate America | 2ㅤ | ||||||||
| GP Skate Canada | 2ㅤ | 3ㅤ | 2ㅤ | ||||||
| GP Sparkassenㅤ | 1ㅤ | 1ㅤ | 2ㅤ | 3ㅤ | 4ㅤ | ||||
| Goodwill Games | 3ㅤ | ||||||||
| Milliy | |||||||||
| Rossiya chemp. | 2ㅤ | 2ㅤ | 2ㅤ | 3ㅤ | 2ㅤ | 2ㅤ | 2ㅤ | 1 | |
| WD: Musobaqani tark etgan | |||||||||
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Kempf, Susanne. „Always Home At St. Petersburg“. Absolute Skating.
- ↑ Kozhina, Natalia. „Алексей Тихонов: «Дочку тренировать не буду»“ (ru). Argumenty i Fakty (2012-yil 16-noyabr).