Olivier Schoenfelder

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Olivier Schoenfelder

Delobel va Schoenfelder
Shaxsiy maʼlumotlari
Davlat Fransiya
Tavalludi 30-noyabr 1977-yil (1977-11-30) (46 yosh)
Belfort, Fransiya
Boʻyi 1.84 m (6 ft 12 in)
Sherigi Isabelle Delobel
Oldingi sheriklari Emeline Girod
Jamoasi CSG Lyon
Uchishni boshlagan 1984
Shaxsiy rekordlari
Raqs (umumiy natija) 212.94
Standart raqs 41.25
Original raqs 67.25
Erkin raqs 110.39

Olivier Schoenfelder (talaffuzi: Oliviye Shoinfelder; 1977 yil 30-noyabrda tugʻilgan) — muz ustida raqs boʻyicha musobaqalarda ishtirok etgan fransuz sobiq muz raqqosi va murabbiy. sherigi Isabelle Delobel bilan birga 2008-yilgi Jahon chempionatining gʻolibi, 2007-yilgi yevropa chempioni va 2008-yilgi Gran-pri finali chempioni boʻlgan.

Delobel va Schoenfelder juftligi yigirma yil davomida birga konkida uchib, 2010-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlaridan soʻng figurali uchishdan isteʼfoga chiqqan.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Schoenfelder onasi balet boʻyicha oʻqituvchi boʻlgani sabab konkida uchishdan oldin baletni oʻrgangan.

Schoenfelder 2005-yil may oyida Isabelle Pecheur bilan oila qurgan. Ularning 2006-yil 26-oktabrda dunyoga kelgan Gabriel ismli o‘g‘li bor.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Isabelle Delobel va Olivier Schoenfelder 2008 — 2009-yilgi Gran-pri finalida

Schoenfelder va Delobel 1990-yilda Irina Moiseyeva va Andrey Minenkov taklifiga koʻra murabbiy Lidi Bontemps tomonidan birlashtirilgan[1]. Juftlik 1996 — 1997-yilgi mavsum oldidan kattalar darajasiga oʻtishdan oldin 1996-yilgi oʻsmirlar Jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan. Ular 1999 Skate Canada musobaqasida birinchi bor Gran-pri bosqichi medalini qoʻlga kiritdilar. Faoliyatining boshida juftlikka Fransiyaning Lion shahrida Muriel Boucher-Zazui murabbiylik qilgan. Tatyana Tarasova va Nikolay Morozov 1998 — 2002-yillarda ularning xoreograflari boʻlgan va juftlik 2000 — 2002-yillarda Konnektikut shtatining Newington shahrida mashgʻulotlar oʻtkazgan.

Juftlik 2002 — 2003-yilgi mavsumda oʻzlarining ilk milliy chempionligini qoʻlga kiritgan. Delobel va Schoenfelder 2005 — 2006-yilgi mavsumda xoreograf Pasquale Camerlengo bilan ishlagan[2].

Schoenfelder va Delobel juftligi 2006-yilgi Olimpiadada ishtirok etgan va 4-oʻrinni egallab, bronza medali sohiblaridan ikki ochko ortda qolgan[3].

Schoenfelder va Delobel jufligi 2007-yilgi Yevropa chempionatida ikkinchi oʻrinni egallagan. Keyinchalik ular 2008-yilgi Jahon chempionatida gʻolib chiqishgan. Juftlik musobaqaning original va majburiy raqs namoyishlarida birinchi oʻrinni egallab, erkin raqsda ikkinchidan joy olishgan[4].

Dasturlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

(Isabelle Delobel bilan)

Mavsum Original raqs Erkin raqs
2009 — 2010

  • La quête (Jacques Brel and Karl Hugo)
2008 — 2009
  • Boogie Woogie Bugle Boy (The Andrews Sisters)
2007 — 2008

  • Breton Gavotte:Replique (Djal)
2006 — 2007

  • Tango Volver (Maxime Rodriguez)
  • The Untouchables (film) (Ennio Morricone)
1994 — 1995
  • Quiero Saber
  • Amor Amor

Natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

(Isabelle Delobel bilan)

Natija
Xalqaro
Mavsum 1994 — 95 1995 — 96 1996 — 97 1997 — 98 1998 — 99 1999 — 00 2000 — 01 2001 — 02 2002 — 03 2003 — 04 2004 — 05 2005 — 06 2006 — 07 2007 — 08 2008 — 09 2009 — 10
Olimpiada 16 4 6
Jahon chempionatlari 18 14 11 13 12 9 6 4 5 4 1
Yevropa chempionati 15 12 9 10 7 4 3 4 1 2
Gran-pri finali 5 6 6 4 3 1
GP Cup of China 3
GP Cup of Russia 3
GP Lalique/Bompard 6 7 7 7 5 5 2 3 3 2 2 1 1
GP NHK Trophy 7 4 3 1
GP Skate America 3 2 1
GP Skate Canada 7 3 5 4
GP Sparkassen 5
Bofrost Cup 2
Nebelhorn 3
Ondrej Nepela 1
Lysianne Lauret 4
Xalqaro: Oʻsmirlar
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chemp. 4 2
Odessa Trophy 2
Autumn Trophy 1 4
Ukraine Trophy 2
EYOF 1
Milliy
Fansiya Chemp. 3 J. 1 J. 4 4 3 2 2 1 1 1 1 1 1
GP = Gran-Pri; J. = Oʻsmirlar darajasi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Isabelle DELOBEL / Olivier SCHOENFELDER: 2002/2003“. International Skating Union. 2003-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Isabelle DELOBEL / Olivier SCHOENFELDER: 2005/2006“. International Skating Union. 2006-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „Isabelle DELOBEL / Olivier SCHOENFELDER: 2003/2004“. International Skating Union. 2004-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „Isabelle DELOBEL / Olivier SCHOENFELDER: 2004/2005“. International Skating Union. 2005-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan.