Peng Cheng

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Peng Cheng
Shaxsiy maʼlumotlari
Davlat Xitoy bayrogʻi Xitoy
Tavalludi 23-aprel 1997-yil (1997-04-23) (26 yosh)
Harbin
Boʻyi 1.6 m (5 ft 3 in)
Sherigi Jin Yang
Oldingi sheriklari Zhang Hao, Zhang Tianci
Murabbiyi Yao Bin, Hongbo Zhao, Bing Han
Oldingi xoreograflari Even Wong
Shaxsiy rekordlari
Qisqa dastur 76.71
Erkin dastur 141.21

Peng Cheng (xitoycha: 彭程; 1997-yil 23-aprel) — Xitoy vakili sifatida juftlikda konkida uchish musobaqalarida qatnashuvchi figurali uchuvchi. Sherigi Jin Yang bilan birga ikki karra Toʻrt qitʼa chempionatining medali sohibi (2020-yilda kumush, 2019-yilda bronza), ikki karra Gran-pri finalining kumush medali sovrindori (2018-19, 2019-20) va 2017-yilgi qishki Osiyo oʻyinlari kumush medali sohibi boʻlgan. Peng / Jin juftligi Xitoyni 2018-yilgi qishki Olimpiada va 2022-yilgi qishki Olimpiya o‘yinlarida himoya qilgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jin Yang bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016 — 2017-yilgi mavsum[tahrir | manbasini tahrirlash]

Peng 2016-yil 14-aprelda Jing Yang bilan juftlik hosil qilgan[1][2].

Peng / Jin juftligi 2016 Cup of China va 2016 NHK Trophy musobaqalarida ikkita kumush medal bilan Gran-prida debyut qilgan va Gran-pri finalida oltinchi oʻrinni egallagan. 2017-yilgi Xitoy chempionatida juftlik oʻzlarining birinchi milliy chempionligini qoʻlga kiritdilar.

Juftlik 2017-yilgi Toʻrt qitʼa chempionatida qatnashib, Xalqaro konkida uchish ittifoqi chempionatining birinchi musobaqasi ishtirok etib, beshinchi oʻrinni egallagan. 2017-yilgi qishki Osiyo oʻyinlarida Peng / Jin juftligi Yu / Chjan juftligidan keyin kumush medalni qoʻlga kiritgan. Shu bilan ularning mavsumi yakunlangan.

Juftlik 2017 CS Finlandia Trophy sovrinini qoʻlga kiritgan, bu sovrin ularning birgalikdagi birinchi xalqaro oltin medali edi. Gran-pri musobaqasida ular yaxshi ishtirok etmagan — Peng / Jin juftligi 2017 Skate America va 2017 Internationaux de France musobaqalarida beshinchi oʻrindan joy olgan. 2018-yilgi Xitoy chempionatida juftlik Yu / Chjan juftligidan keyin ikkinchi o‘rinni egallagan va 2018-yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga Xitoy terma jamoasiga kiritilgan.

Peng / Jin juftlgi Pxyonchxanda boʻlib oʻtgan juftlikda konkida uchuvchilar musobaqasida qatnashib, oʻn yettinchi oʻrinni egallagan. Juftlikning mavsumi 2018-yilgi Jahon chempionatida yakunlangan va ular chempionatda toʻqqizinchi oʻrinni egallagan.

Dasturlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jin bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Qisqa dastur Erkin dastur
2022-2023
  • Ophelia
  • Exile to Snowy West
  • Only For Love
  • Sword Dance
2021-2022

  • Exile to Snowy West
  • Only For Love
  • Sword Dance
2020-2021

  • Somewhere in Time

  • Cloud Atlas

2019-2020

  • Alegría

  • Cloud Atlas

2018-2019

Natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jin bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro
Musobaqa 16-17 17-18 18-19 19-20 20-21 21-22 22-23
Olimpiada 17 5
Jahon chempionati 9 4 C 5
Toʻrt qitʼa 5 WD 3 2
GP finali 6 2 2
Chinese Cup 2 2 1 C
GP Finlandiya WD
GP Fransiya 5 WD WD
GP Italiya 2
GP NHK Trophy 2 2
GP Skate America 1
GP Skate Canada 5 2
CS Asian Open 1
CS Finlandiya 1
CS US Classic 3
Osiyo oʻyinlari 2
Shanxay kubogi 2 1
Milliy
Xitoy chempionati 1 2 1 1
WD = Musobaqani tark etgan; C = Musobaqa bekor qilindi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „International Figure Skating | Facebook“. Facebook. International Figure Skating magazine (2016-yil 14-aprel). Qaraldi: 2016-yil 28-aprel.
  2. „Nelle notizie di aprile tiene banco la rivoluzione tra le coppie di artistico cinesi“ (it). Neveitalia (2016-yil 27-aprel). Qaraldi: 2016-yil 28-aprel.