Fyodor Klimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fyodor Klimov
Shaxsiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Fyodor Klimov
Davlat Rossiya bayrogʻi Rossiya
Boʻyi 181
Oldingi sheriklari Kseniya Stolbova, Aleksandra Malaxova, Mariya Chashchina
Shaxsiy rekordlari
Umumiy natija 229,44
Qisqa dastur 76,15
Erkin dastur 154,60

Fyodor Aleksandrovich Klimov (ruscha: Фёдор Александрович Климов; 1990-yil 7-sentyabr, Leningrad) — juftlikda konkida uchish musobaqalarida qatnashgan rossiyalik figurali uchuvchi. Kseniya Stolbova bilan juftlikda Olimpiya chempioni (jamoaviy turnir, 2014-yil), Olimpiya kumush medali sovrindori (juftlikda konkida uchish, 2014-yil), uch karra Rossiya chempioni (2014, 2015, 2017), Jahon (2014) va Yevropa (2014, 2015, 2018) chempionatining kumush medali sovrindori boʻgan.

Klimov oʻz faoliyatini yakka konkida uchuvchi sifatida boshlagan, oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida toʻqqizinchi oʻrinni egallagan (2007). Juftlikda konkida uchishga oʻtgandan soʻng, u Mariya Chashchina va Aleksandra Malaxova bilan birga chiqish qilgan, ularning har biri bilan bir mavsum davomida konkida uchdi. 2009-yilda Kseniya Stolbova bilan juftlik hosil qilgan va u bilan birga katta muvaffaqiyatlarga erishgan. Fyodor faoliyatini tugatgandan soʻng, figurali uchish boʻyicha murabbiy va Xalqaro konkida uchish ittifoqining xodimi sifatida ishlay boshlagan.

Fyodor Rossiyada xizmat koʻrsatgan sport ustasi (2014). 2016-yil mart oyida Stolbova va Klimov Xalqaro konkida uchish ittifoqi reytingida ikkinchi oʻrinni egallagan[1].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fyodor birinchi mavsumida Kseniya Stolbova bilan birgalikda oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finaliga yoʻllanma oldi va 7-oʻrinni egalladi. Keyin ular oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida gʻolib chiqdilar va oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatining bronza medallarini qoʻlga kiritdilar.

2010/ — 2011-yilgi mavsumda juftlik oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-prining ikkala bosqichida ham gʻalaba qozonishdi hamda finalga chiqishdi va finalda ikkinchi oʻrinni egallashdi. Skate America 2010 Kattalar oʻrtasidagi oʻzlarining Gran-pri debyut bosqichida juftlik 5-oʻrinni egalladi. Oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida ikkinchi marta gʻalaba qozonib, oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati uchun milliy terma jamoaga kiritildi va chempionatda kumush medallarni qoʻlga kiritdilar.

2011—2012-yilgi mavsumda juftlik Parij (7-oʻrin) va Moskvada (4-oʻrin) boʻlib oʻtgan Gran-pri bosqichlarida chiqish qilishdi. 2012-yilgi Rossiya chempionatida ular kumush medallarni qoʻlga kiritishdi.

Kseniya va Fyodor 2014-yilda Qishki Olimpiya oʻyinlarida jamoaviy musobaqalarda chempion boʻlishdi; xususan, erkin dasturda 135,09 ochko yigʻdi va birinchi oʻrinni olib, terma jamoaga 10 ochko keltirdi. 2014-yil 12-fevralda juftlik Olimpiya musobaqasida kumush medalini qoʻlga kiritdi.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fyodor 2022-yil 17-iyunda figurali uchuvchi Yevgeniya Tarasova bilan turmush qurdi[2][3].

Natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

(yakkalik konkida uchishda)
Musobaqa 06/07
Oʻsmirlar oʻrtasida Rossiya chempionati 9
(Mariya Chashchina bilan)
Musobaqa 07/08
Oʻsmirlar oʻrtasida Rossiya kubogi finali 9
(Aleksandra Malaxova bilan)
Musobaqa 08/09
Oʻsmirlar oʻrtasida Rossiya chempionati 8

(Kseniya Stolbova bilan)

Musobaqa 09/10 10/11 11/12 12/13 13/14 14/15 15/16 16/17 17/18
Xalqaro
Olimpiada juftlik 2
Olimpiada juftlik 1
Jahon chempionati 2 4 5
Yevropa chempionati 3 6 2 2 4 2
Gran-pri finali 2 1 4
Yaponiya Gran-pri 2
Xitoy Gran-pri 3
Fransiya Gran-pri 7 5 1
Rossiya Gran-pri 4 4 1 1 2
AQSh Gran-pri 5 3 4
Finlandia Trophy 3
Memorial Nepala 1
Universiada 1
Bavarian Open 1
Xalqaro (Oʻsmirlar oʻrtasida)
Jahon chempionati 3 2
Gran-pri finali 7 2
Avstriya Gran-pri 1
AQSh Gran-pri 2
Milliy
Rossiya chempionati 6 2 3 1 1 1 2
Milliy (Oʻsmirlar oʻrtasida)
Rossiya chempionati 1 1

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „World Standings“ (inglizcha). isuresults.com. 1-iyul 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-iyun 2021-yil.
  2. Дарья Кирюхина. „Известная российская фигуристка неожиданно вышла замуж. Все думали, что Женя с другим“ (ruscha). Чемпионат (17-iyun 2022-yil). 19-iyun 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-iyun 2022-yil.
  3. „Фигуристы Евгения Тарасова и Федор Климов поженились“ (ruscha). Матч ТВ (17-iyun 2022-yil). 17-iyun 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-iyun 2022-yil.