Kodi Gakpo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kodi Gakpo
Austria U-18 vs. Netherlands U-18 2017-03-23 (078).jpg
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Cody Mathès Gakpo[1]
Tavallud sanasi 7-may 1999-yil (1999-05-07) (23 yosh)[2]
Tavallud joyi Eindhoven, Niderlandiya
Boʻyi 1.93 m[2]
Ampluasi Hujumkor yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
PSV
Raqami 11
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2007-2019 PSV
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2016-2019 Jong PSV 26 (17)
2018- PSV 106 (36)
Milliy terma jamoa
2016-2017 Niderlandiya U18 3 (0)
2018 Niderlandiya U19 3 (0)
2018 Niderlandiya U20 5 (4)
2019-2021 Niderlandiya U21 13 (7)
2021- Niderlandiya 12 (6)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(12 noyabr uchun)

Kodi Mathès Gakpo (Dutch pronunciation: [ˈɣɑkpoː]) (1999-yil 7-mayda tugʻilgan) — gollandiyalik professional futbolchi, Erediviziya klubi PSV va Gollandiya terma jamoasi hujumkor yarim himoyachisi.

PSV akademiyasining tarbiyalanuvchisi Gakpo 2018-yil fevral oyida klubdagi birinchi debyutini oʻtkazdi. 2021-22-yilgi mavsumda u barcha musobaqalarda 21 oʻyinda maydonga tushib, 47 gol urganidan soʻng Gollandiyaning eng yaxshi futbolchisi mukofotiga sazovor boʻldi.

Gakpo Gollandiyaning 18 yoshdan 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi tarkibida ham toʻp surdi. U oʻzining xalqaro debyutini 2021-yil iyun oyida Yevro 2020 turnirida oʻtkazgan.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

PSV[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlabki faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gakpo Eyndxovenda, Stratum tumanida tugʻilib o‘sgan[3]. Uning otasi Togoda tugʻilgan. Otasi ganalik, onasi esa gollandiyalik hisoblanadi[4][5][6]. 2007-yilda u PSV yoshlar akademiyasiga koʻchib oʻtdi[4]. 2016-17-yilgi mavsumda u birinchi marta Jong PSV zaxira jamoasi tarkibiga kirdi, lekin asosan U19 jamoasida oʻynadi. Gakpo 2016-yilning 4-noyabrida, Helmond Sport klubiga qarshi o‘yinda Jong PSV safidagi Eerste Divizionida oʻzining professional debyutini amalga oshirdi[7]. Mavsumning qolgan qismida, u Jong PSV safida atigi bir oʻyinda maydonga tushdi. Keyingi mavsumda U19 Erediviziyasida 13ta liga oʻyinida yetti gol va beshta golli uzatma qayd etdi, natijada u yil oxirida nihoyat zaxira oʻyinchisiga aylandi. 2017-yil 19-yanvarda, Gakpo Ikkinchi darajali Eerste Diviziyasidagi ikkinchi uchrashuvida, De Graafshapga qarshi safarda 3:2 hisobida gʻalaba qozonib, dubl qayd etdi va jamoasining uchinchi goliga assistentlik qildi[8]. Jong PSV tarkibida u 2017-18-yilgi mavsumda 12 ta liga oʻyinida yettita gol urishga muvaffaq boʻldi[9].

Birinchi jamoasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gakpo 2018-yilning 25-fevralida „Feyenoord“ ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozongan o‘yinda PSV safidagi ilk debyutini o‘tkazdi[10]. 2018-19-yilgi mavsumda Gakpo oʻz koʻrsatkichlarini yanada yaxshilashga muvaffaq boʻldi. Buni jamoa bosh murabbiyi Mark van Bommel ham taʼkidladi. Biroq, dastlab u zaxira oʻyinchisi boʻlib qoldi[11]. Uning jamoasi 2018-yil 3-dekabr kuni Go Ahead Eagles jamoasiga qarshi oʻyinda o‘z uyida 5:1 hisobida g‘alaba qozondi, u esa professional faoliyatidagi ilk xet-trikini qayd etdi[12]. 21-dekabr kuni „Almere Siti“ klubiga qarshi o‘yinda gol va golli uzatmani amalga oshirgach[13], atigi bir kundan keyin Erediviziyada debyut qildi. AZ klubiga qarshi oʻz uyida 3:1 hisobida gʻalaba qozongan uchrashuvda u soʻnggi daqiqalarda Stiven Bergveyn oʻrniga maydonga tushirildi[14]. U yil oxiriga qadar Jong PSV tarkibida oʻnta liga oʻyinida toʻqqizta gol urdi va keyinchalik asosiy jamoaning doimiy aʼzosiga aylandi. 2019-yil 3-fevralda, u birinchi ligadagi golini ikkinchi o‘yinida „Fortuna Sittard“ klubiga qarshi o‘yinda (5:0) kiritdi va yana bir golga assistentlik qildi[15]. Mavsum oxiriga qadar u 14 ta oʻyinda maydonga tushdi, ammo boshqa gol ura olmadi.

2019-20-yilgi mavsumda u Erediviziyada oʻzining barqarorligini koʻrsatdi va liganing 25 oʻyinida yetti gol va shuncha golli uzatma qayd etdi[16].

2020-yil 13-sentabr kuni, Eredivizianing 2020-21-mavsumining birinchi o‘yinida Gakpo PSV safidagi ilk dublini kiritib, „Groningen“ ustidan 3:1 hisobidagi g‘alabaga hissa qo‘shdi[17]. U 24-sentabr kuni UEFA Yevropa ligasi saralashida NŠ Mura jamoasiga qarshi o‘yinda (5:1) yana bir dubl qayd etib, PSVga pley-off bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishda yordam berdi[18]. „Rusenborg“ga qarshi oʻyinda (2:0) ham hisobiga gol yozib qoʻydi[19]. U mavsumda 29 oʻyin oʻtkazib, 11 golga mualliflik qildi[20].

Gakpo KNVB kubogi-2022 finalida „Ayaks“ ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonib, PSV uchun gʻalaba golini kiritdi[21]. 2022-yil 31-avgustda u Volendam ustidan 7:1 hisobida g‘alaba qozongan o‘yinda o‘zining ilk xet-trikiga erishdi[22].

2022-yilgi yozgi transfer oynasida "Manchester Yunayted", „Lids Yunayted“ va „Sautgempton“ klublari qiziqish bildirayotganiga qaramay, Gakpo 2022/23-yilgi mavsumni PSV safida oʻtkazishga qaror qildi[23].

Xalqaro oʻyinlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gakpo 2017-yilda Gollandiyaning 18 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi safida toʻp surmoqda.

Gakpo Gollandiya, Gana, Togo terma jamoalari tarkibida xalqaro miqyosda toʻp surish huquqiga ega[24][25]. U Niderlandiya terma jamoasida 18[26], 19[27] va 21[28] yoshgacha boʻlgan tarkibda maydonda harakat qilgan[29].

Gakpo Gollandiyaning UEFA Yevro 2020 turniri uchun tarkibiga chaqirildi va guruh bosqichining uchinchi oʻyinida, Shimoliy Makedoniyaga qarshi oʻyinda, Frenki de Yongning oʻrniga zaxiradan maydonga tushdi[30]. Shu tariqa, u 1980-yilda Martien Vreysendan keyin Yevropa chempionatida debyut qilgan birinchi gollandiyalik futbolchiga aylandi[31].

Oʻyin uslubi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Odatda chap qanotda oʻynaydigan Gakpo koʻpincha markaziy hujum pozitsiyasiga tezlik bilan bosim uyushtiradi va oʻzining dribling mahoratidan foydalanib, himoyachilarni anchagina qiyin ahvolga solib qoʻyadi[32].

Faoliyatidagi statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yilning 12-noyabrigacha bo'lgan o'yinlar[2]
Klub safidagi oʻyinlar, gollar, mavsumlar va musobaqalar
Jamoalar Mavsumlar Liga KNVB Kubogi Yevropa Boshqa Umumiy
Divizyon Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Jong PSV 2016-17 Eerste Divisie 2 0 2 0
2017-18 Eerste Divisie 13 7 13 7
2018-19 Eerste Divisie 11 10 11 10
Umumiy 26 17 26 17
PSV 2017-18 Eredivisie 1 0 0 0 0 0 1 0
2018-19 Eredivisie 16 1 2 1 1[lower-alpha 1] 0 0 0 19 2
2019-20 Eredivisie 25 7 2 0 11[lower-alpha 2] 1 1[lower-alpha 3] 0 39 8
2020-21 Eredivisie 23 7 1 0 5[lower-alpha 4] 4 29 11
2021-22 Eredivisie 27 12 4 2 15[lower-alpha 5] 7 1[lower-alpha 3] 0 47 21
2022-23 Eredivisie 14 9 0 0 9[lower-alpha 6] 3 1[lower-alpha 3] 1 24 13
Umumiy 106 36 9 3 41 15 3 1 159 55
Umumiy statistika 132 53 9 3 41 15 3 1 185 72

Terma jamoa[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yilning 29-noyabrigacha bo'lgan o'yinlar[33]
Terma jamoa safidagi oʻyinlar va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Niderlandiya 2021 4 1
2022 8 5
Jami 12 6
'
Gakponing Niderlandiya terma jamoasi safidagi oʻyin va gollari
Kodi Gakpo tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
No Sana Joy Qopqoq Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2021 yil 4 sentyabr Philips Stadion, Eyndxoven, Niderlandiya 3  Chernogoriya</img> Chernogoriya 4-0 4-0 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi
2 2022 yil 14 iyun De Kuip, Rotterdam, Niderlandiya 7  Uels</img> Uels 2-0 3-2 2022-23 UEFA Millatlar ligasi A
3 2022 yil 22 sentyabr Stadion Narodowy, Varshava, Polsha 8  Polsha</img> Polsha 1-0 2-0 2022-23 UEFA Millatlar ligasi A
4 2022 yil 21 noyabr Al Thumama Stadium, Doha, Qatar 10  Senegal</img> Senegal 1-0 2-0 2022 FIFA Jahon chempionati
5 2022 yil 25 noyabr Xalifa xalqaro stadioni, Doha, Qatar 11  Ekvador</img> Ekvador 1-0 1-1 2022 FIFA Jahon chempionati
6 2022 yil 29 noyabr Al Bayt stadioni, Al-Xor, Qatar 12  Qatar</img> Qatar 1-0 2-0 2022 FIFA Jahon chempionati

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

PSV

  • Eredivizion : 2017-18[34]
  • KNVB kubogi : 2021-22 
  • Yoxan Kroyff qalqoni : 2021[35], 2022[36]

Shaxsiy

  • Gollandiyada yilning eng yaxshi futbolchisi: 2021-22[37]
  • Erediviziyada oyning eng yaxshi futbolchisi: 2022-yil sentabr[38], 2022-yil oktabr[39]

Izohlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Appearance(s) in UEFA Champions League
  2. Two appearances in UEFA Champions League, nine appearances and one goal in UEFA Europa League
  3. 3,0 3,1 3,2 Appearance in Johan Cruyff Shield
  4. Appearances in UEFA Europa League
  5. Six appearances and two goals in UEFA Champions League, four appearances and two goals in UEFA Europa League, five appearances and three goals in UEFA Europa Conference League
  6. Four appearances in UEFA Champions League, five appearances and three goals in UEFA Europa League

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Squad List: FIFA World Cup Qatar 2022: Netherlands (NED)“. FIFA (22-noyabr 2022-yil). Qaraldi: 22-noyabr 2022-yil.
  2. 2,0 2,1 2,2 „C. Gakpo: Summary“. Soccerway. Perform Group. Qaraldi: 22-noyabr 2022-yil.
  3. Boeringa, Reon. „Cody Gakpo: van Stratum naar de spotlights“ (nl). Voetbal International (9-oktabr 2019-yil).
  4. 4,0 4,1 Elfrink, Rik. „Cody Gakpo leeft de droom van bijna elke Eindhovense jongen“ (nl). Eindhovens Dagblad (1-iyun 2019-yil).
  5. „Ghana coach reveals talks with Dutch players“. Football Oranje (17-oktabr 2019-yil).
  6. „EXCLUSIVE: Ghanaian sensation Cody Gakpo extends contract with Dutch giants PSV Eindhoven - Kickgh.com“. kickgh.com (12-sentabr 2019-yil).
  7. „Game Report“. WorldFootball.net (4-noyabr 2016-yil).
  8. „Gakpo bezorgt Jong PSV driepunter“ (nl). psv.nl (19-yanvar 2018-yil).
  9. „Cody Gakpo » Club matches“. worldfootball.net. Qaraldi: 17-avgust 2021-yil.
  10. „Geboren Eindhovenaar Cody Gakpo maakt officiële debuut in eerste elftal“. psv.supporters.nl (25-fevral 2018-yil). Qaraldi: 9-avgust 2022-yil.
  11. „Cody Gakpo » Club matches“. worldfootball.net. Qaraldi: 17-avgust 2021-yil.
  12. Elfrink, Rik. „Jong PSV maakt met grootse Gakpo schroot van de aspiraties van Go Ahead Eagles“ (nl). Eindhovens Dagblad (3-dekabr 2018-yil).
  13. Velthoven, Florian van. „Gakpo en Piroe zijn nieuwe groeibriljantjes van PSV: 'Hoofdmacht halen is realistischer geworden'“ (nl). Omroep Brabant (21-dekabr 2018-yil).
  14. „Dutch Eredivisie“. Sky Sports. Qaraldi: 17-avgust 2021-yil.
  15. Beek, Yvonne van. „Aanvoerder De Jong trots op honderdste doelpunt: 'Fantastisch in vijf seizoenen PSV'“ (nl). Eindhovens Dagblad (3-fevral 2019-yil).
  16. „Cody Gakpo » Club matches“. worldfootball.net. Qaraldi: 17-avgust 2021-yil.
  17. Elfrink, Rik. „PSV pakt belangrijke uitzege in Groningen, met dank aan Cody Gakpo“ (nl). Brabants Dagblad (13-sentabr 2020-yil).
  18. „PSV cruise to a 5-1 win over NS Mura“. PSV (24-sentabr 2020-yil).
  19. „Rosenborg BK - PSV“ (nl). PSV (26-avgust 2014-yil).
  20. „Cody Gakpo » Club matches“. worldfootball.net. Qaraldi: 17-avgust 2021-yil.
  21. „PSV VS. AJAX 2 - 1“. soccerway.com. Qaraldi: 29-may 2022-yil.
  22. „Gakpo stars as PSV hit seven past Volendam“. Football Oranje (31-avgust 2022-yil).
  23. Brown, Dan. „PSV star Cody Gakpo admits he expected to join Manchester United this summer“. Manchester Evening News (2-sentabr 2022-yil). Qaraldi: 22-sentabr 2022-yil.
  24. „Netherlands coach eyes Ghanaian youngster Gakpo“. dailymailgh.com (14-avgust 2019-yil). Qaraldi: 9-avgust 2022-yil.
  25. „Ghanaian striker Cody Gakpo delighted to sign new long-term deal with PSV Eindhoven“. ghanaweb.com (29-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 9-avgust 2022-yil.
  26. „Cody Gakpo Jeugd mannen onder 18“. onsoranje.nl. Qaraldi: 9-avgust 2022-yil.
  27. „Cody Gakpo Jeugd mannen onder 19“. onsoranje.nl. Qaraldi: 9-avgust 2022-yil.
  28. „Cody Gakpo Jeugd mannen beloftenelftal“. onsoranje.nl. Qaraldi: 9-avgust 2022-yil.
  29. „Cody Gakpo Jong Oranje“. onsoranje.nl. Qaraldi: 9-avgust 2022-yil.
  30. „Frank de Boer maakt EK-selectie bekend“ (nl). OnsOranje.nl. Royal Dutch Football Association (26-may 2021-yil). Qaraldi: 26-may 2021-yil.
  31. „Gakpo schrijft historie met Oranje-debuut“ (nl). Voetbal International (21-iyun 2021-yil).
  32. Boeringa, Reon. „Cody Gakpo: van Stratum naar de spotlights“ (nl). Voetbal International (9-oktabr 2019-yil).
  33. Cody Gakpo National-Football-Teams.comda
  34. „PSV KAMPIOEN“ (nl). YouTube. Fox Sports.
  35. „Super Cup“. Soccerway. Qaraldi: 10-avgust 2021-yil.
  36. „Ajax - PSV“. PSV.nl (30-iyul 2022-yil). Qaraldi: 30-iyul 2022-yil.
  37. „Cody Gakpo voetballer van het jaar: ’Heel trots’“ (nl). De Telegraaf (17-may 2022-yil).
  38. „Cody Gakpo named as Eredivisie Player Of The Month for September“. Eredivisie (30-sentabr 2022-yil). Qaraldi: 9-noyabr 2022-yil.
  39. „Cody Gakpo is the Eredivisie Player of the Month for the second month running“. Eredivisie (4-noyabr 2022-yil). Qaraldi: 9-noyabr 2022-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • PSV veb-saytidagi profil
  • Gollandiya qirollik futbol assotsiatsiyasi veb-saytidagi profil (golland tilida)