Qazviniy Hamidulloh Ibn Abu Bakr Mustavfiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qazviniy Hamidulloh Ibn Abu Bakr Mustavfiy (1281, Qazvin shahri — taxminan 1350) — eronlik tarixchi, geograf. Hulokuiylar saroyida moliya ishlari bilan shugʻullangan yirik amaldor boʻlgan. Vazir Rashiduddin qoʻl ostida xizmat qilgan. "Tarixi guzida" ("Tanlangan tarix", 1340 yil) asarini yozgan; unda moʻgʻul elxonlari va Erondagi mahalliy sulolalarning tarixi hamda mashhur kishilarning tarjimai holi, Qazvin shahri va viloyatining batafsil bayoni berilgan. Firdavsiyning "Shohnoma" dostoni davomi sifatida moʻljallangan "Zafarnoma" sheʼriy xronikasi (133132 yil), shuningdek, "Nuzhat ulqulub" ("Qalblar rohati") geografik asarini (1340-yil) yozgan. Asar muqaddima, 3 bob va xotimadan iborat. 1bobda metall va minerallar, mevali daraxtlar, tabobatda ishlatiladigan oʻsimliklar, yovvoyi va uy hayvonlari hamda parrandalar toʻgʻrisida fikr yuritilgan. 2bobda inson va uning xususiyatlari, tashqi qoʻrinishidagi ayrim farqlar bayon qilingan. Asarning 3bobida Eron va unga qoʻshni mamlakatlarning geografik tuzilishi, tabiiy boyliklari, aloqa yoʻllari, yirik shaharlar oʻrtasidagi masofa va boshqalar xususida bir qancha muhim maʼlumotlar keltirilgan. Asarning qoʻlyozma nusxalari Angliya, Fransiya, shuningdek, Toshkent va Sankt-Peterburg sharqshunoslik intlari qoʻlyozmalar fondlarida saqlanadi.