Mahayana

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mahayana (sanskritcha — katta ara-va, najot topishning keng yoʻli) — buddizmtt 2 asosiy oqim (xinayana bilan birga)dan biri. Milodning boshlarida keng tarqalgan. M. ruhiy kamolot ahsiga rioya etuvchi, xudoga ilti-jo qiluvchi, rohiblarga inʼomlar berib yordam qiluvchi har qanday dindor najot topishi mumkin, deb hisoblaydi. M. taʼlimotiga koʻra, dunyo — bir roʻyo, faqat nirvana realdir. M.da jannat haqidagi taʼlimot muayyan oʻrin egallaydi. M.ga koʻra, jannat bir nechta, ular M. adabiyotida va lamalar vaʼ-zlarida mukammal va jozioali qilib taʼriflanadi, ikona va katta hajmli koʻrgazma maketlarda tasvirlanadi. M.da Budda donishmand-ustozdan tipik xudoga aylangan. M. Hindistondan tashqaridagi keyingi buddizmning, jumladan, lamaizmning bir necha maktablari va yoʻnalishlari uchun asos boʻlib xizmat qildi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil