Kontent qismiga oʻtish

Jahongir Poziljonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jahongir Poziljonov
Tavalludi 4-mart 1978-yil (1978-03-04) (46 yosh)
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi OʻzSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti
Kasbi Xonanda, aktyor, rejissyor, ssenariynavis
Turmush oʻrtogʻi Dildora Poziljonova
Bolalari Gʻayratjon, Moʻmin, Rayhon...
Otasi G‘ayratjon
Onasi Mapuraxon aya

Jahongir Poziljonov (1978-yil 4-mart, Toshkent, OʻzSSR) — oʻzbek xonandasi, aktyori, rejissyori va ssenariynavisi. „Bojalar“ guruhining solisti.

Jahongir Poziljonov 1978-yil 4-martda Toshkent shahrida oshpazlar oilasida tavallud topgan[1][2]. Otasi G‘ayratjon oshpaz boʻlib[3], davlat tadbirlarida katta qozonlarda ham osh qilgan. Yoshligida u otasi bilan toʻylarga borib, unga yordamlashib yurgan. U shoʻxligi sababli oʻrta maktabda oʻqib yurganida 5-6 marta militsiyaga olib borishgan, maktabdan haydash haqida ogohlantirishgan. Bundan tashqari u 14 yoshidan mustaqil pul topishgan intilgan. 1992-yildga kelib otasining maslahati bilan oshpazlik kollejiga oʻqishga kirgan. Bu orada u „Quvnoqlar va zukkolar“ga qatnashib yurib, shu orqali Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti talabasi Moʻmin Oripov bilan tanishib qolgan[4] va u ham shu institutga oʻqishga kirgan. Ijodiy imtihonlarga tayyorgarlik koʻrishda esa Moʻmin Oripov yordam bergan. Insititutda Shuhrat Abbosov qoʻlida rejissyorlik mutaxassisligi boʻyicha tahsil olgan. Tohir Sodiqov bilan tanishishi uni hayotida katta burilish yasagan. Ilk qoʻshigʻi uchun akasi sarmoya kiritgan[5].

Bundan tashqari u Jahongir Ortiqxo‘jayevning „Akfa-media“ prodyuserlik kompaniyasi bilan 8 yil hamkorlikda ijod qilgan va unga kompaniya rahbari Toyota Prado avtomobilini sovgʻa qilgan.

Jahongir Poziljonovning otasi G‘ayratjon[3], onasi Mapuraxon aya 2015-yilda vafot etgan[6]. U „Boyvachcha“ filmini tasvirga olish jarayonida boʻlajak rafiqasi bilan tanishib qoladi[5]. Toshkent tibbiyot akademiyasi talabasi Dildora dugonalari bilan filmda epizod rol oʻynash uchun kelgan boʻladi[7]. Bu juftlik 2008-yilda oila qurishadi[8] va ularning hozirda 5 farzandi, 2 oʻgʻil va 3 qizlari bor[9][10]. Katta oʻgʻliga Gʻayratjon deb otasining ismini, yana bir oʻgʻliga esa Moʻmin Oripovning ismini qoʻygan[3]. Toʻngʻich qiziga Rayhon deb ism qoʻygan[11].

2009-yilda „Bojalar“ guruhi Termizda konsert dasturini oʻtkazib, ortga qaytish paytida avtohalokatga uchragan. Shu joyning oʻzida Moʻmin Oripov vafot etgan, Jahongir Poziljonov esa oʻgʻir ahvolda shifoxonaga olib borilgan va bir necha kun koma holatida boʻlgan[5]. Oʻzi kelganida ham sogʻligʻini tiklash qiyin kechgan va oyogʻi singanligi uchun ancha paytgacha oqsoqlanib yurgan[12].

Xonandalik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yilda Botir Aliyev soʻzi va Eldor Qayumov musiqasi bilan kuylagan „To‘ylar muborak“ qoʻshigʻi „Yil qo‘shig‘i — 2014“ mukofotiga loyiq topilgan[13]. U faoliyati davomida koʻplab xonandalar bilan deut kuylagan. Jumladan, Nilufar[14], Orolmirzo Safarov[15], Rayhon[16], Ulugʻbek Rahmatullayev[17], Shahzoda[18], Qilichbek Madaliyev[19] va boshqalar.

Uning qoʻshiq va kliplarini ommabop boʻlsada, 2018-yilda Dilafro‘z Hayitmetova bilan ijro qilgan „Mehmonim“ qoʻshigʻi O‘zbekkonsert tomonidan televideniyeda koʻrsatilishiga ruxsat berilmagan[20]. Bundan tashqari u Shavkat Mirziyoyevga atab qoʻshiq ijro qilgan[21]. Bir qancha vaqtdan soʻng bu qoʻshiq boʻyicha O‘zbekkonsert surishtiruv ishlarini boshlagan[22]. “O`zbekkonsert” davlat muassasasi rahbari Odil Abduqahhorov esa quyidagicha fikr bilgirgan:[23]

Ushbu qo`shiq ”Zo`r“ TV kanali bilan hamkorlikda olingan va keng jamoatchilik noroziligiga sabab bo`ldi. Prezidentimiz san`atkorlarning reklamasiga muhtoj emas. Davlatimiz rahbarining amaliy ishlari sabab, butun dunyo tan olmoqda. Biz bugun J.Poziljonovga indamasak, ertaga boshqasi ham shunaqa qo`shiq aytib chiqishi mumkin. Kimgadir yaxshi ko`rinishni istayotganlar xalq uchun xizmat qilib, o`z ishini mas`uliyat bilan qilsin.

Diskografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Qoʻshiqlari
Yil Nomi Shoir Bastakor/musiqiy sayqalchi Izoh
2023 Ey, sanam [24]
2021 Yigʻlama muhabbat Qilichbek Madaliyev bilan duet[19]
2020 Sevaman de Rayhon bilan duet[16]
2018 #SelfiMeningPrezidentim [21]
Mehmonim Dilafro‘z Hayitmetova bilan duet[20]
2017 Sharmanda [25]
Aldamagin Rayhon bilan duet[26]
Faqat farzandlarim yig‘latma hayot Orolmirzo Safarov bilan duet[15]
2016 Chempion Rio—2016 Olimpiadasida sovrindorlariga bagʻishlangan[27]
2015 Lol bo‘laman [28]
Maqtanchoq Shahzoda bilan duet[18]
2014 To‘ylar muborak Botir Aliyev Eldor Qayumov [13]
Jamshid [29]
Hech kim o‘xshamas senga Bobur Umarov Botir Aliyev [30]
To‘rtta qizim sog‘inib [31]
Yana tantana Eldor Qayumov Botir Aliyev Nilufar bilan duet[14]
Onajonim yozdim xat Jahongir Poziljonov Rustam To‘lashev [32]
Yoronimey Nodir Azimov Iqbol Muhammadjonov musiqasi, Jasur Badalboyev musiqiy sayqali Ulugʻbek Rahmatullayev bilan duet[17]
Baqaloq Bobur Umarov [33]

Filmlardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jahongir Poziljonovning ilk roli rejissyor Rustam Saʼdiyevning 2004-yilgi „Muhabbat sinovlari 2“ filmida boʻlgan, lekin koʻpchilik uni „Sevinch“ filmidagi roli bilan tanigan[34].

Filmografiyasi
Yil Nomi Obraz Izoh
2015 Qizalogʻim Rejissyor, bosh rol
2014 Salom Natasha Umid Ssenariynavis, bosh rol
2013 Ajab boʻlibdi Jasur Rejissyor, prodyuser, bosh rol
Qudamni koʻrmadingizmi?
Xazina operatsiyasi Bosh rol
Achchiq hayot Rejissyor, ssenariynavis, bosh rol
2012 Sevaman dedimmi sevaman Rejissyor
Iltimos, menga qarang! Abbos Bosh rol[35]
Aldangan koʻngil Jafar
Shu yetmay turuvdi Jamshid Bosh rol, prodyuser
Janob qorovul
Xizmat doirasidan tashqarida Botir Bosh rol
2011 Vasvasa
Enagalar Bosh rol
Yuzma-yuz
Ali, Vali, Gʻani yohud Nasiba qani? Vali Rejissyor, prodyuser, bosh rol
2010 Shomurod va Durdona Shomurod Rejissyor, bosh rol
Bekorchilar makoni Rejissyor
2009 Qalbim oʻgʻrisi Epizod
Qalbaki dunyo
2008 Xavfli burilish Bosh rol, ssenariynavis
Nortoy Nortoy Rejissyor, ssenariynavis, bosh rol
Boyvachcha 2 Rejissyor, ssenariynavis, bosh rol
2007 Vijdon Holmat Bosh rol
Panoh
Notanish Jamol Bosh rol
Boyvachcha Rejissyor, ssenariynavis, bosh rol
2004 Sevinch Jahongir
Muhabbat sinovlari 2 Epizod
  1. „ДЖАХАНГИР ПАЗИЛЖАНОВ“. Qaraldi: 2024-yil 18-iyul.
  2. Daryo.uz. „Instagram: Yangi mashinali bo‘lgan Yulduz Turdiyeva, Shohruxxon va Jahongir Xo‘jayevning telefonlari almashib qolsa nima bo‘ladi? Sog’lig‘ida muammolar kuzatilayotgan Munisa Rizayeva“ (2022-yil 4-mart). — „4-mart kuni taniqli xonanda va aktyor Jahongir Poziljonov tug‘ilgan kunini nishonlamoqda.“. Qaraldi: 2024-yil 18-iyul.
  3. 3,0 3,1 3,2 Daryo.uz. „Beshtadan o‘n beshtagacha: o‘zbek san’atining eng serfarzand otalari (foto)“ (2024-yil 5-aprel). Qaraldi: 2024-yil 18-iyul.
  4. Daryo.uz. „25 yillik hayoti davomida katta muvaffaqiyatlarga erishgan san’atkor. “Bojalar” guruhining marhum xonandasi Mo‘min Oripovni xotirlaymiz (video)“ (2023-yil 15-mart). Qaraldi: 2024-yil 18-iyul.
  5. 5,0 5,1 5,2 Daryo.uz. „14 yoshdan ishlay boshlagan, professional oshpaz, besh farzandning otasi: Xonanda Jahongir Poziljonov 45 yoshda (foto)“ (2023-yil 6-mart). Qaraldi: 2024-yil 18-iyul.
  6. Daryo.uz. „Jahongir Poziljonovning onasi vafot etgani munosabati bilan ta’ziya bildirildi“ (2015-yil 24-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 18-iyul.
  7. Daryo.uz. „Suratga olish maydonchasida tanishib, bir-biriga ko‘ngil qo‘ygan o‘zbek shou-biznesi vakillari (video)“ (2022-yil 10-may). Qaraldi: 2024-yil 18-iyul.
  8. Daryo.uz. „Eng hayajonli kun: o‘zbek shou-biznesi vakillarining nikoh oqshomidagi suratlari (foto)“ (2021-yil 6-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 18-iyul.
  9. Daryo.uz. „To‘rtdan yettigacha: o‘zbek shou-biznesining eng serfarzand vakillari (foto)“ (2022-yil 21-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 18-iyul.
  10. Daryo.uz. „Jahongir Poziljonov beshinchi marta otalik baxtiga muyassar bo‘ldi“ (2017-yil 10-aprel). Qaraldi: 2024-yil 18-iyul.
  11. Qamariddin ShAYXOV. „Jahongir Poziljonov: “Otamning tarsakisi hayotimni o`zgartirdi”“. Darakchi.uz (2014-yil 8-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 18-iyul.
  12. Daryo.uz. „Mudhish yo‘l-transport hodisalariga uchrab, omon qolgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto)“ (2021-yil 15-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 18-iyul.
  13. 13,0 13,1 Daryo.uz. „“Yil qo‘shig‘i — 2014” mukofoti o‘z egalariga topshirildi (foto)“ (2015-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 18-iyul.
  14. 14,0 14,1 Daryo.uz. „Jahongir Poziljonov xonanda Nilufar bilan duet kuyladi“ (2014-yil 28-may). Qaraldi: 2024-yil 18-iyul.
  15. 15,0 15,1 Daryo.uz. „Orolmirzo Safarov “Bojalar” bilan duet kuyladi“ (2017-yil 4-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 18-iyul.
  16. 16,0 16,1 Daryo.uz. „Muxlislariga cho‘ntak puli berayotgan Nilufar Usmonova, Munisaning dushmanlariga murojaati, Turkiyada e’tirof etilgan o‘zbek xonandasi. Mashhurlar karantinda“ (2020-yil 28-may). Qaraldi: 2024-yil 18-iyul.
  17. 17,0 17,1 Darakchi.uz. „Ulug`bek Rahmatullaev va Jahongir Poziljonovlardan duet: “Yoronimey”“ (2014-yil 26-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 18-iyul.
  18. 18,0 18,1 Darakchi.uz. „Shahzoda va Jahongir Poziljonov: kim maqtanchoq?“ (2015-yil 16-iyun). Qaraldi: 2024-yil 18-iyul.
  19. 19,0 19,1 Daryo.uz. „Instagram: Serialdagi salbiy obrazi uchun ko‘chada tarsaki tushirilgan aktrisa, Dildora Rustamovaning mashhurlik tufayli yo‘qotganlari, Zarina O‘zbekistonda aktyorlarga qiyinligi haqida gapirdi“ (2021-yil 5-may). Qaraldi: 2024-yil 18-iyul.
  20. 20,0 20,1 Daryo.uz. „“O‘zbekkonsert” Jahongir Otajonov, Doston Ubaydullayev va Jahongir Poziljonovlarning klipini TV da ko‘rsatilishiga ruxsat bermadi“ (2018-yil 6-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 18-iyul.
  21. 21,0 21,1 Daryo.uz. „Jahongir Poziljonov Prezidentga atab qo‘shiq kuyladi (video)“ (2018-yil 19-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 18-iyul.
  22. Daryo.uz. „“O‘zbekkonsert” Jahongir Poziljonovning #SelfiMeningPrezidentim qo‘shig‘i bo‘yicha surishtiruv o‘tkazmoqda“ (2018-yil 28-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 18-iyul.
  23. Darakchi.uz. „"O`zbekkonsert" direktori Jahongir Poziljonovning "Selfi" qo`shig`iga munosabat bildirdi“ (2019-yil 8-fevral). Qaraldi: 2024-yil 18-iyul.
  24. Daryo.uz. „Instagram: Shou-biznes vakillarining bayram tabrigi, Jahongir Poziljonovdan premyera, Javohir Zokirovning noodatiy raqsi“ (2023-yil 8-mart). Qaraldi: 2024-yil 18-iyul.
  25. Darakchi.uz. „Jahongir Poziljonov “Sharmanda” qo`shig`iga klip suratga oldirdi(Foto)“ (2017-yil 30-iyun). Qaraldi: 2024-yil 18-iyul.
  26. Darakchi.uz. „​Rayhon va Jahongir Poziljonov “Aldamagin” qo`shig`iga klip suratga oldirdi(Foto va video)“ (2017-yil 4-may). Qaraldi: 2024-yil 18-iyul.
  27. Daryo.uz. „Jahongir Poziljonov Rio Olimpiadasida sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik sportchilarga atab qo‘shiq kuyladi“ (2016-yil 26-avgust). Qaraldi: 2024-yil 18-iyul.
  28. Daryo.uz. „Jahongir Poziljonov o‘zbek shou-biznesining ikki avlodini birlashtirdi“ (2015-yil 2-mart). Qaraldi: 2024-yil 18-iyul.
  29. „Jahongir Poziljonov Shohruhxon va Shukrullo Isroilovni “keksaytirdi”“ (2014-yil 31-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 18-iyul.
  30. Daryo.uz. „Jahongir Poziljonov jiddiy mavzuga qo‘l urdi (foto)“ (2014-yil 12-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 18-iyul.
  31. Daryo.uz. „“Bojalar” guruhi o‘zining yangi qo‘shig‘iga klip suratga oldi (videoklip)“ (2014-yil 1-avgust). Qaraldi: 2024-yil 18-iyul.
  32. Daryo.uz. „Jahongir Poziljonov sentabr oyida konsert beradi“ (2014-yil 1-may). Qaraldi: 2024-yil 18-iyul.
  33. Darakchi.uz. „Jahongir Poziljonovdan shov-shuvli klip - "Baqaloq"“ (2014-yil 8-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 18-iyul.
  34. Daryo.uz. „Mansur Agaliyev, Halima Ibragimova, Muqaddas Sa’dullayeva va boshqa o‘zbek san’atkorlarining tomoshabin payqamagan rollari (foto, video)“ (2022-yil 9-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 18-iyul.
  35. Daryo.uz. „Zarina Nizomiddinova filmda o‘ziga munosib turmush o‘rtoq sifatida Umid Iskandarovni tanladi“ (2015-yil 23-aprel). Qaraldi: 2024-yil 18-iyul.