Koma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Koma (yun. kota — chuqur uyqu), komatoz holat — hayotga xavf tugʻdiruvchi holat; markaziy nerv sistemasi faoliyatining izdan chiqishi, butunlay hushdan ketish, tashki taʼsirotlarga javob bermaslik va organizmning hayot uchun muhim funksiyalari boshqarilishining buzilishi bilan ifodalanadi. Odatda, K.dan oldin koma oldi holati kuzatiladi, bunda nafas olish va tomirlar tonusi oʻzgaradi, puls sekinlashadi, issiqlikni idora etish (termoregulyasiya) boʻziladi. Markaziy nerv sistemasi kasalliklari (insult, miya oʻsmasi, bosh miyaga qon quyilishi, miya koʻpchishi va boshqa jarohatlar), baʼzi yuqumli kasalliklar (infeksi-on meningit, ensefalit), shuningdek, buyrak va jigar kasalliklarida turli zaharlarnishlar (doridan, alkogoldan) K.ga sabab boʻladi. K.ning qanday yuzaga kelishidan qatʼi nazar, uning asosida bosh miya poʻstlogʻi faoliyatining buzilishi (bosh miyada qon hamda orqa miya suyuqligi aylanishining buzilishi, miya ichki bosimining koʻtarilishi, minerallar va kislota-ishqor muvozanatining aynishi va boshqa pa-tologik jarayonlar yotadi. K. holati turli kasalliklarning oʻziga xos alomatlari bilan kechadi. K.ning miya K.si, uremik K., buyrak K.si kabi turlari bor. Lekin "K." termini aksari qandli diabet oqibatida kelib chiqadigan ogʻir holatni ifodalash uchun ishlatiladi (diabetik K.). Ogʻir K. terminal holat hisoblanadi. Davo K.ga sabab boʻlgan omilni bartaraf etishdan iborat. K. xrlatidagi bemor darhol kasalxonaga yotqiziladi va zudlik bilan tegishli davo choralari koʻriladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil