Kontent qismiga oʻtish

Vijdon (film)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vijdon
Rejissyor(lar) Sohib Abbosxon
Prodyuser(lar) Shukurjon Sobirjonov
Ssenariynavis(lar) Rustam Jabborov
Sohib Abbosxon
Qaysi asarga
asoslangan
Rustam Jabborovning „Musibat zanjiri“ asari
Rollarda Jahongir Poziljonov
Oydin Yusupova
Rustam Karimov
Muyassar Berdiqulova
Jamshid Rayimbekov
Shodiya Toʻxtayeva
Shukur Sobirjonov
Raʼno Yarasheva
Dilshod Kattabekov
Nilufar Raimova
Aziza Begmatova
Muqaddas Xoliqova
Bastakor(lar) Ubaydulla Karimov
Studiya(lar) Davr-S
Chiqarilgan sanasi 2007-yil
Davomiyligi 90 daqiqa
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til Oʻzbekcha

Vijdon — 2007-yilda rejissyor Sohib Abbosxon tomonidan suratga olingan drama janridagi oʻzbek filmi[1]. Film Rustam Jabborovning „Musibat zanjiri“ asariga asoslangan boʻlib, asar muallifi Rustam Jabborov va film rejissyori Sohib Abbosxon hamkorligidagi ssenariy asosida suratga olingan. Filmda Jahongir Poziljonov, Oydin Yusupova, Rustam Karimov, Muyassar Berdiqulova, Jamshid Rayimbekov, Shodiya Toʻxtayeva, Raʼno Yarasheva, Shukur Sobirjonov, Dilshodbek Kattabekov, Nilufar Raimova, Aziza Begmatova, Muqaddas Xoliqova, Nigora Farmonova, Sayfiddin Meliyev kabi aktyorlar bosh rollarni ijro qilgan[2].

Holmat va Dilfuza bir-biriga muhabbat qoʻyishgan boʻlib, ular uchrashib yurishadi. Dilfuza dugonasining toʻyiga borish uchun ammasining tilla zanjirini olgan boʻlib, uni uyga kelgani yoʻqotib qoʻyadi. Dilfuza bu voqeani ota-onasi, akasi va kelinopasiga aytadi. Ular uylariga kelgan loʻli ayoldan, akasi esa rafiqasidan gumonlanadi. Akasi rafiqasi bilan janjallashadi va uni haydab yuboradi. Ammasi esa tilla zanjiri yoʻqolganini bilib, uning oʻrnini qoplash uchun pul berishini talab qiladi. Bu orada otasi Nosir tilla zanjirni pulini berish uchun qoʻshnisi Poʻlatboydan qarz olib, Rossiyaga qurilishga ishga ketadi. Lekin u yerda kasal boʻlib, qaytib keladi va tez orada vafot etadi.

Holmat esa Dilfuzaning tushkunlikka tushib qolgani sababini axtarib, dugonasidan boʻlib oʻtgan voqealar haqida xabar topadi va Dilfuzaga pul berish uchun oʻzining videokamerasini sotib yuboradi.

Bu vaqtda Dilfuzaning akasi Qahramon uyga mast kelib, onasi va singlisi bilan janjallashib qoladi. Qahramon uydan chiqib ketib, uylariga kelgan loʻli ayolning oldiga boradi va uni uradi. Keyin esa tungi klubga boradi va u yerda doʻsti bilan rafiqasini koʻrib, ularni ajratib, uradi. Uyga qaytib oʻzini oʻldiradi. Buni onasi koʻrib, ruhiy kasal boʻlib qoladi.

Bu voqealardan soʻng qoʻshnisi Poʻlatboy uyidan tilla zanjirni topib oladi va rafiqasidan bu Dilfuzaning zanjiri boʻlib, uni qizi Nilufar bilmasdan olib chiqqanini bilib qoladi. Dilfuza onasidan xabar olish uchun shifoxonaga borganida Holmat unga pul beradi, lekin u buni qabul qilmaydi. Soʻng Poʻlatboy shifoxonaga boradi. U yerda Dilfuza va uning onasi hamda Holmatni yangi qurgan doʻkoniga olib borib, ularga boʻlib oʻtgan voqealarni aytib beradi va yangi qurgan doʻkoni ularga sovgʻa qiladi.

  • Jahongir Poziljonov — Holmat rolida;
  • Oydin Yusupova — Dilfuza rolida;
  • Rustam Karimov — Nosir, Dilfuzaning otasi;
  • Muyassar Berdiqulova — Dilfuzaning onasi;
  • Jamshid Rayimbekov — Qahramon, Dilfuzaning akasi;
  • Shodiya Toʻxtayeva — Qahramonning rafiqasi;
  • Shukur Sobirjonov — Poʻlatboy rolida;
  • Raʼno Yarasheva — Poʻlatboyning rafiqasi;
  • Dilshod Kattabekov — Botir, Poʻlatboyning oʻgʻli[3];
  • Nilufar Raimova — Nilufar, Poʻlatboyning qizi;
  • Aziza Begmatova — Safsan loʻli rolida;
  • Muqaddas Xoliqova — Dilfuzaning ammasi;
  • Nigora Farmonova — Nafisa, Dilfuzaning dugonasi;
  • Sayfiddin Meliyev — mijoz;
  • Shermuhammad Farmonov;
  • Otabek Haqberdiyev — loʻli;
  • Ashur Shokirov;
  • Rixsivoy Aliyev — doʻkon sotuvchisi;
  • Sardor Mansurov — kirakash rolida;
  • Komila Norova;
  • Nilufar Asomova;
  • Bahodir Mirmaqsudov;
  • Nigina Rahmonova;
  • Muhabbat Toʻlaganova;
  • Ahmadjon Shukurjonov;
  • Salim Alimov;
  • Mirsobir Mirhodiyev;
  • Jalolbek Umarbekov;
  • Sayyora Ismatullayeva;
  • Javlon Shodmonov — notarius, doʻkon sotuvchisi.

Film musiqasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmdagi musiqalarni kompozitor Ubaydulla Karimov yozgan.

  1. Ulug'bek Xudoyberganov. „Sohib Abbosxon AQSHga ketganidan afsusdami?“. Qalampir.uz (2022-yil 23-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 15-iyul.
  2. „СОВЕСТЬ (2007)“. Qaraldi: 2024-yil 15-iyul.
  3. Daryo.uz. „Bo‘yi pastligi sabab mazax qilingan, qo‘shiqchilikda omadi kulmagan va unvonni sotib olishni istamagan ijodkor Dilshodbek Kattabekov 34 yoshda (foto, video)“ (2024-yil 6-mart). Qaraldi: 2024-yil 15-iyul.