Rayhon (qoʻshiqchi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Rayhon
Rayxona Gʻaniyeva
Foto
Rayhon 2012-yilda
Tavalludi sanasi: 16-sentabr 1978 (1978-09-16) (41 yosh)
Tavalludi joyi: Toshkent, Oʻzbek SSR, SSRI
Fuqaroligi: Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Faoliyat yillari: 1980; 1999 — hozirgi kun
Janr: Pop
rayhonganieva.com

Rayhon Gʻaniyeva (1978-yil 16-sentabr kuni tugʻilgan) — shunchaki Rayhon oʻlaroq maʼlum oʻzbek qoʻshiqchisi, bastakori, aktrisasi va rejissori. Rayhon 2002-yil „Baxtli boʻlaman“ qoʻshigʻi bilan Oʻzbekistonda shuhrat qozongan. U ham oʻzbek, ham rus tillarida qoʻshiq kuylaydi.

Rayhon oʻzbek kino sanʼatida 2007-yilgi „Kechir“ dramasidagi roli bilan shuhrat qozondi. Uning rolini tanqidchilar ham, kino ishqibozlari ham yaxshi kutib olishdi. Rayhon mazkur filming ssenariysini yozgan va unga rejissorlik qilgan. Ammo undan keyingi yillarda Rayhon birorta ham filmda yirik rol oʻynamadi.

Hayoti

Rayhon Gʻaniyeva 1978-yilning 16-sentabrida Toshkent shahrida tugʻilgan. Onasi Tamara Shokirova taniqli akstria boʻlgan va Oʻzbek SSRda xizmat koʻrsatgan artist unvonini olgan.[1][2] Otasi Otabek Gʻaniyev ham Oʻzbekistonda va boshqa sobiq sovet mamlakatlarida shuhrat qozongan aktyor boʻlgan.[3]

2012-yil 16-noyabrda Rayhon Toshkent davlat teatr va rassomlik sanʼati institutining 22 yoshli talabasi Yigitali Mamajonovga turmushga chiqdi.[4] Mamajonov bundan keyin Rayhonning bir necha musiqiy klipida rol oʻynadi. 2014-yilning 5-mayida Rayhon egizak oʻgʻil tugʻdi.[5] 2015-yilning 9-yanvarida oʻzbek matbuotida atigi ikki yil birga yashagan Rayhon va Mamajonov ajrashayotgani haqida xabar qilindi.[6]

Ijodi

Rayhon Toshkentda joylashgan bolalar musiqa maktabida pianino chalishni oʻrgangan. Keyinchalik u Oʻzbekiston jahon tillari universitetida ingliz tili filologiyasini oʻrgangan.

Uchinchi kursda tahsil olayotgan paytida „Xayol“ deb ataluvchi duetga asos solgan. 2000-yil yakkaxon karyerasini boshlagan. Rayhon 2002-yil chiqarilgan „Baxtli boʻlaman“ qoʻshigʻi bilan Oʻzbekistonda shuhrat qozondi. Qoʻshiq Rayhonning shu nomli albomiga kiritilgan. 2002-til qoʻshiqchi Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatrida koʻpchilik oldidagi ilk kontsertini bergan.

Rayhon oʻzbek kino sanʼatida 2007-yilgi „Kechir“ dramasidagi roli bilan shuhrat qozondi. Rayhon film ssenariysini yozgan va unga rejissorlik qilgan. Filmda u muvaffaqiyatli qoʻshiqchining murakkab hayotini koʻrsatib bergan. Qoʻshiqchi yana shu nom bilan ataluvchi qoʻshiqni bastalagan va kuylagan. Qoʻshiq filmning saundtrekiga kiritildi. Rayhonning rol ijro etish qobiliyatini tanqidchilar ham, kino ishqibozlari ham yaxshi baholashdi. Ammo undan keyingi yillarda Rayhon birorta ham filmda yirik rol oʻynamadi.

Diskografiyasi

Studiyaviy albomlari

Rayhon shu kungacha 13 albom chiqargan.

Kliplari

Yil Qoʻshiq Rejissor
2000 „Azoblaysan“
2002 „Baxtli boʻlaman“
„Bila turib“
2004 „Faqat muhabbat“
2005 „Hech ayrilma“ Jasur Shametov
„Men nechun yaraldim?“
„Qaytolmayman“ Jasur Shametov
2006 „Aytolmayman“
„Intilib yashayman“ Yodgor Nosirov
„Xoʻp mayli“ Jasur Shametov
„Yodingdami?“ Jasur Shametov
„Yolgʻizim“
2007 „Baka-bang“
„Izlaysan“
„Oʻrtamizda“
„Sen ketding“
„Seni deb“
„Sogʻindim“
2008 „Afsus“
„Doimo“
„Netay“
„Yor-yor“ Yodgor Nosirov
2009 „Nega?“
„Orzuinga ishon“ Yodgor Nosirov
„Yalola“ (Bojalar bilan)
„Yonimda boʻlsang“
2010 „Bombey“ Yodgor Nosirov
„Javob bergin“
„Men bu — men“ (Manzura bilan)
„Sen bilan“
„Sevaveraman“
„Tabassun qil“
„U meniki“
2011 „Baxtli kunlar“
„Bilmagandim“
„Ishonmay“
„Seni deya“
„Sumbula“
„Yurak uradi“
2012 „Nega endi?“
„Unutaman“ Rustam Murodov
„Прости“
2013 „Aldangan yurak“
„Oyijon“
„Qani?“ Nozim Jumayev
„Qayerdasan?“
„Samodan“
„Soʻnggi nafas“
„Yuragimdasan“ Jasur Shametov
„Yuragimdasan“ (remiks) Jasur Shametov
„Мама“
2014 „Asalim mani“
„Izlama“ Jasur Shametov
„Ne boʻlar?“ Davlat Arabshoyev, Husan Solihov
„Soʻnaman“
2015 „Dilimo“ Yodgor Nosirov
„Kelinchak“
„Parvoz etay“ Jasur Shametov
„Koʻnikmadim“ (Lola bilan) Jasur Shametov
2016 „Javob ber“
„Yolgʻizlikda“
„Tabib“ Yodgor Nosirov
„Habibi“
„Xalos et“ Yodgor Nosirov
„Namaste“ Nozim Jumayev
2017 "Olib ket"
"Bor yoki yoʻq" (featuring Munisa Rizayeva)
"Aldamagin" (featuring Bojalar)
"Vatan"
"Unutolaman"
"Hamma jam"
2018 "Tomchi"
"Yurak" ("Tomchi: 2-qism")
"Ajabo"
"Mayli manda"
2019 "Armondan soʻra"
"Ayt, nega?"
"Yolgʻonmi?"

Filmografiyasi

Aktrisa

Film
Yil Film Rol Izoh
1980 Ленинградцы, дети мои... Xadichaning qizi
2000 Tohir va Zuhra (Yangi talqin) Zuhra Musiqiy film
2006 Yangi yil parisi Oʻzi Musiqiy film
Voy dod, sumalak! Oʻzi Musiqiy film
2007 Kechir Samira
2010 Tohir va Zuhra 2 (Yangi talqin) Oʻzi Musiqiy film
2011 Gʻaroyib orzular Oʻzi Musiqiy film
2015 Sharofatxonning kelinlari yoxud Navroʻz muborak Oʻzi
Televideniye
Yil Serial nomi Rol Izoh
1999 Zanjir Nargiza 3-, 4-, 5-, 6- hamda 7-qismlar
Kliplar
Yil Qoʻshiq nomi Artist
2012 „Yengilaman“ Manzura

Rejissor

Yil Film Izoh
2007 Kechir Samira

Ssenariy muallifi

Yil Film Izoh
2007 Kechir Samira

Mukofotlari

Rayhon bir necha mukofotga sovrindor boʻlgan. U oʻzining ilk „Nihol“ mukofitni 2002-yil olgan.[7] Bu mukofot muvaffiqiyatli oʻzbekistonlik ijodkorlarga beriladi. Oʻsha yili qoʻshiqchi „Eng yaxshi ayol qoʻshiqchi“ nominatsiyasida „Tarona“ mukofoti bilan taqdirlangan.[8] Bu mukofot Oʻzbekiston musiqa sanʼatida yutuqlarga erishgan shaxslarga beriladi. 2004-yil Rayhon ikkinchi marta shu mukofot bilan taqdirlandi.[8]

Rayhonning „Baxtli boʻlaman“ albomi yuqori baholandi va qoʻshiqchi 2003-yil „Yilning eng yaxshi albomi“ nominatsiyasida „Tarona“ mukofoti bilan taqdirlandi.[8] 2005-yil qoʻshiqchi „Faqat muhabbat“ albomi uchun ham aynan shu mukofotni oldi.[8]

Manbalar

  1. "Famous actress Tamara Shokirova dies" (Uzbek). BBC's Uzbek Service. 23 February 2012. http://www.bbc.co.uk/uzbek/lotin/2012/02/120223_latin_tamara_shokirova. Qaraldi: 19 October 2014. 
  2. Shakirova Tamara Khalimovna. Kino-Teatr (Russian). 12 October 2012.
  3. Ganiyev Otabek Khatamovich. Kino-Teatr (Russian). 12 October 2012.
  4. "Singer Rayhon gets married" (Russian). News@mail.ru. 18 November 2012. http://news.mail.ru/inworld/uzbekistan/society/10984803/. Qaraldi: 24 November 2012. 
  5. "Singer Rayhon gives birth to twins" (Uzbek). Kun. 5 May 2014. http://kun.uz/2014/05/05/rayhon-3/. Qaraldi: 23 October 2014. 
  6. "Singer Rayhon confirms she's divorcing her husband" (Uzbek). Kun. 9 January 2015. http://daryo.uz/k/2015/01/09/xonanda-rayhon-turmush-ortogi-bilan-ajrashayotganini-tasdiqladi/. Qaraldi: 11 January 2015. 
  7. Ganiyeva Rayhon Atabekovna. Kino-Teatr (Russian). 12 October 2012.
  8. 8,0 8,1 8,2 8,3 Recipients of Tarona Awards. Show Business Uz (Uzbek). Asl nusxadan arxivlandi (2 May 2012). 12 October 2011.

Havolalar

Rayhon
Diskografiya
Studiyaviy albomlar: Sensiz | Baxtli boʻlaman | Sevgilim | Faqat muhabbat | Yodingdami? | Sogʻindim | Doimo | Orzuinga ishon | Tabassum qil | Sevaveraman | Sevgi bu nima? | Oyijon | Izlama