Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Madaniyat instituti, Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat instituti — madaniymaʼrifat ishi boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. 1974 yilda tashkil qilingan. 1989 yil Abdulla Qodiriy nomi berilgan. Dastlab 2 fakulteti (madaniy-maʼrifat ishi va kutubxonashunoslik) boʻlgan; hozirgi kunda 6 ta fakultet mavjud: kutubxona-axborot faoliyatini boshqaruv, ijtimoiy-madaniy faoliyat, xalq badiiy ijodiyoti, kasbiy-ped. taʼlim, sirtqi madaniyatshunoslik, madaniyat xodimlarining malakasini oshirish fakultetlari; 18 ta kafedra, 3 ta kompyuter sinfi, ovoz yozish studiyasi, lingafon sinfi, Xalqaro instituternet tarmogʻiga ulangan kutubxona bor. Institutda magistratura, aspirantura faoliyat koʻrsatadi. 2002—2003 oʻquv yilida 1273 ta talaba taʼlim oldi; 150 dan ortiq professor-oʻqituvchilar, shulardan 10 tasi fan doktori va professor, 45 dan ortiq fan nomzodi va dotsent ishladi.

Institut oʻzbek milliy madaniyati va sanʼatini rivojlantirishga katta hissa qoʻshdi. Turli davrlarda T. Badinov, S. Hayitboyev, R. Tursunov, Q. Mirzayev, D. Neʼmatov kabi pedagoglar dars bergan; hozirda professor S. Mirvaliyev, A. Mavrulov, M. Yoqubova va boshqa, dotsent M. Rahimova, N. Qosimov, Sh. Shamsiyev, U. Karimov va boshqa samarali mehnat qilmoqda.

Oʻzbekiston xalq artistlari F. Zokirov, O. Otajonov, N. Abdullayeva, M. Toʻxtasinov, R. Sultonova va boshqa, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar Gʻ. Boytoyev, F. Solihova va boshqa institutda taʼlim olgan.

Hamroxon Mamatraimova.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil