Tel-Aviv
Shahar, Isroil poytaxti
Tel-aviv
תֵּל אָבִיב-יָפוֹ
|
Tel-Aviv — Isroilning bosh shahri va madaniy markazi. Kattaligi boʻyicha Quddus shahridan keyin 2-oʻrinda. Iqlimi subtropik iqlim, yanvarning oʻrtacha trasi −12 °C, iyulniki 25 °C. Yillik yogʻin 600 mm. Aholisi 405 200 kishi (2012, shahar atrofi bilan 1,14 mln. kishi). Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Oʻrta dengiz boʻyidagi port, chetga olmos, toʻqimachilik buyumlari, kiyimkechak, elektronika va diniy buyumlar chiqariladi. Tel-avivda 2 universitet, Isroil davlat filarmoniyasi, muzeylar, teatrlar, kutubxonalar va ilmiy jamiyatlar bor. Turizm rivojlangan.
Mundarija
Tarixi[tahrir]
Tel-avivga 1909-yilda Yevropadan kelgan yahudiy immigrantlar tomonidan Yaffa shahridan shimolroqda asos solingan. 1948—50 yillarda mamlakat poytaxti boʻlgan[1]. Poytaxt Quddusga koʻchirilgan boʻlsada, koʻpgina hukumat muassasalari, xususan, Mudofaa vazirligi ham Tel-avivda[2] .
Sanoati[tahrir]
Tel-aviv — mamlakatning moliya va sanoat markazi. Isroildagi yagona fond birjasi va uning banklari hamda sugurta kompaniyalari, mamlakat sanoat korxonalarning 50 % Tel-avivda joylashgan. Sanoatining yetakchi tarmoqlari: metallsozlik, toʻqimachilik, elektronika. Shuningdek, mashinasozlik, kimyo, farmatsevtika, oziq-ovqat, poligrafiya, koʻnpoyabzal sanoatlari ham rivojlangan. Qurilish materiallari, mebel ishlab chiqariladi. Olmosga sayqal berish korxonalari mavjud[3]. Hunarmandchilikda diniy buyumlar tayyorlanadi[4].
Galeriya[tahrir]
Manbalar[tahrir]
- ↑ Белый город в Тель-Авиве – архитектура «Современного движения» (2003). UNESCO. Asl nusxadan arxivlandi (2012-11-24). 2012-11-24.
- ↑ Startovalo stroitelstvo tel-avivskogo metro
- ↑ Tel Aviv. Jewish Virtual Library. Asl nusxadan arxivlandi (2012-02-04). 2011-08-25.(ingl.)
- ↑ „Ulitsi xranyat pamyat“, d-r. R. Neer Andoza:Недоступная ссылка
Havolalar[tahrir]
- Arxivnaya versiya ofitsialnogo sayta munitsipaliteta na russkom yazike
- Anat Zelser, Modi Bar-On, Gavriel Bibliovich, „Tel-Aviv — Yaffo“, televizionniy dokumentalniy film (54 min) na sayte kanala Nauki, Izrail, chast 1 (ivrit) (rus.)
- Anat Zelser, Modi Bar-On, Gavriel Bibliovich, „Tel-Aviv — Yaffo“, televizionniy dokumentalniy film (53 min) na sayte kanala Nauki, Izrail, chast 2 (ivrit) (rus.)
- Anat Zelser, Modi Bar-On, Gavriel Bibliovich, „Tel-Aviv — Yaffo“, televizionniy dokumentalniy film (1 chas 5 min) na sayte kanala Nauki, Izrail, chast 3 (ivrit) (rus.)
![]() |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
![]() |
Ushbu maqolani yozishda Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |