Sukkot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sukkot (ivritcha: סוכות – chodirlar bayrami) — yahudiylar Misrdagi qullikdan ozod bo‘lganlaridan so‘ng, cho‘lda chodirlarda kun kechirganlarini xotirlab o‘tkaziladigan marosim. Qadimda yahudiylar mazkur marosim kunlarida Quddusga ziyoratga borganlar. Bugunga kelib bu anʼana tusidan chiqqan. Sukkot tishre (sentyabr-oktyabr) oyining 15-kunidan boshlanib 7 kun davom etadi. Yahudiylar bu muddat davomida anʼanaviy ravishda, o‘z uylarining oldiga chodir quradilar. Har yili bir marta „Tavrot“ o‘qib chiqilib, oxirida Sukkot boshlanishining 9-kuni xatm bayrami "Simxat Tora " (ibr. „Tavrot quvonchi“) nishonlanadi. Har bir yahudiy xonadonida „Tavrot“ bo‘lib, unga nisbatan hurmat hamma narsadan ustun turadi. Biror yig‘ilishda „Tavrot“ yerga tushirib yuborilgudek bo‘lsa, u yerda bo‘lganlarning barchasi kafforati evaziga 30 kun ro‘za tutishlari shart bo‘lib qoladi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 351.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480 bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.