Ipoteka banki

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ipoteka banki — koʻchmas mulk garovi hisobiga ipoteka kreditlarini berish bilan shugʻullanadigan ixtisoslashtirilgan tijorat banki. I. b. kre-ditlari uzok, muddatga beriladi. Bank vositalari, asosan, ipoteka krediti olishni xohlagan mijozlarning omonatlari hamda bankning oʻz kapitali hisobidan shakllanadi. Kreditlashning yoʻnalishiga qarab I. b.lari yer garovi hisobiga kredit beruvchi — yer banki; melioratsiya ishlarini bajarish uchun kredit beruvchi — melioratsiya banki va shahardagi koʻchmas mulk garovi hisobiga kredit beruvchi kommunal banklarga boʻlinadi.

Oʻzbekistonda ipoteka munosabatlariga xizmat koʻrsatadigan "Zamin banki" ixtisoslashtirilgan davlat-aksiyadorlik ipoteka banki tashkil etilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil