Tenge Bank (Oʻzbekiston)
| Tenge Bank | |
|---|---|
| Asosiy maʼlumotlar | |
| Turi | AJ |
| Asos solingan | 2019-yil 18-may |
| Boyligi | |
| Aktivlari | 400 mln AQSh dollar |
| Sof foydasi | 60.2 mlrd. so'm (2021) |
| Bosh kompaniyasi | Qozog'iston Xalq banki |
| Boshqaruvchi jamiyati | Beybit Faleev |
| Sayti | https://tengebank.uz/uz |
Tenge bank — Oʻzbekistondagi xorijiy kapital ishtirokidagi bank. Zamonaviy texnologiyaga ega bank hisoblanadi, korporativ va chakana mijozlarga xizmatlar koʻrsatadi[1].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2019-yil 18-may kunida ATB „Tenge Bank“ faoliyati uchun Oʻzbekiston Markaziy bankidan litsenziya oldi. 10-iyulda mijozlarga xizmat koʻrsatishni boshladi. Avgust oyida esa Halyk xalqora guruhi Gruziya, Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgiziston va Rossiyadagi shoʻba korxonalarning rahbariyati, boʻlinmalari, fililar rahbarlari uchrashuv oʻtkazib Toshkentda oʻz imkoniyatlarini koʻrsatdi. 2020-yilning 28-aprelida bank ustav kapitalini qoʻshimcha oshirdi. 2025-yil 23-iyul kuni "Qozog‘iston Xalq banki" AJ va O‘zbekiston "Click," AJ bilan Click’ning 49 foiz aksiyalarini sotib olish va "Tenge Bank" ATBning 49 foiz aksiyalarini Clickga sotishini e’lon qildi[2].
Reyting
[tahrir | manbasini tahrirlash]Moody’s Investors Service[3]
- Kreditni toʻlashga qodirlikning toʻgʻirlangan asosiy bahosi, ba3
- Kreditni toʻlashga qodirlikning asosiy bahosi, b3
- Kontragent riskining muddatidan oldingi bahosi, Ba2 (cr)/NP (cr)
- Kontragent riskining muddatidan oldingi reytingi (milliy valyutada), Ba2/NP
- Kontragent riskining muddatidan oldingi reytingi (chet el valyutasida), Ba3/NP
- Muddatidan oldin bank omonatlari (milliy valyutada), Ba3, bashorat „barqaror“
- Muddatidan oldin bank omonatlari (chet el valyutada), B1, bashorat „ijobiy“
- Kontragent riskining qisqa muddatli bahosi, NP (cr)
- Kontragent riskining qisqa muddatli reytingi, NP
- Qisqa muddatli bank omonatlari, Ba3/NP
Aksiyadorlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bank „Qozogʻiston Xalq banki“ OAJ (Halyk Bank) ning 100 foizli shoʻba korxonasi hisoblanadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Bank tog'risida ma'lumot“ (17-fevral). 2023-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-mart.
- ↑ „Halyk Bank va Click strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitimni imzoladi“ (oʻzbekcha). tengebank.uz (2025-yil 23-iyul). 2025-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 13-avgust.
- ↑ „Агентство Moody’s повысило рейтинги АКБ «Tenge Bank»“ (10.6.2021 | 16:00).