Xalqaro moliya korporatsiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xalqaro moliya korporatsiyasi, XMK (IFC, International Finance Corporation) — BMTning ixtisoslashtirilgan muassasasi; Jahon banki guruhiga kiradi. 1956-yilda Xalkaro tiklanish va tarakkiyot banki (XTTB) ning filiali tarzida tashkil etilgan, keyinchalik mustaqil yuridik shaxs. Aʼzo davlatlar soni 174 ta (1998). Shtabkvartirasi Vashingtonda. XMK ning oliy organi — Boshqaruvchilar kengashi va direktorat (24 ijrochi direktorlar)ga XTTBning boshqaruvchilari va ijrochi direktorlari kiradi va ular XMKda ham tegishli lavozimlarni egallaydilar. XTTB prezidenti XMKning ham prezidenti xisoblanadi. XMKning ijrochi vitseprezidenti umumiy boshqaruv va korporatsiyaning joriy operatsiyalariga javob beradi. Bundan tashqari XMKda 7 ta vitseprezident boʻlib, ular 5 mintaqaviy [Afrika (Saxara jan.rogʻidan), Osiyo; Urta Osiyo, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika; Yevropa; Lotin Amerikasi va Karib havzasi] va 4 tarmoq (agrobiznes; kimyo, neft kimyosi va oʻgʻitlar; infratuzilma; neft, gaz va togʻkon sanoati) departamentlari ishini nazorat qiladi. XMK huzurida bank ishlari maslahat komissiyasi faoliyat koʻrsatadi. Korporatsiyaning rasmiy maqsadlari: xususiy sektorga molshshiy yordam koʻrsatish bilan rivojlanayotgan mamlakatlarning iqgisodiy oʻsishiga koʻmaklashish, shuningdek, i.ch. sohasida tadbirkorlikni ragʻbatlantirish orqali aʼzo mamlakatlarning iqtisodiy oʻsishiga yordam koʻrsatish. XMK faqat yuqori rentabelli loyihalarga kreditlar ajratadi. Qarzlar 15 yilga qadar muddat bilan ssuda kapitali bozoridagi oʻrtacha yillik foiz stavkalaridan yuqoriroq foiz stavkalarida beriladi.

1961-yildan korporatsiya kreditlar ajratish bilan birga qurilayotgan korxonalar aksiyadorlik kapitaliga investitsiyalar kiritish va keyinchalik bu aksiyalarni xususiy investorlarga sotishni ham amalga oshiradi. Korporatsiya ishtiroki hissasi, odatda, aksiyadorlik kapitalining 1/5 qismidan ortiq boʻlmaydi. 1986-yilda XMKda xorijiy investitsiyalar boʻyicha Maslahat xizmati tashkil etilgan. Bu xizmat hukumatlarga uzoq muddatli rivojlanish ehtiyojlari uchun kapital jalb etish, maqbul investitsiya muhitini yaratish uchun qonunchilik, strategiyalar, qoida va tartiblar masalalarida maslahatlar beradi. XMK moliyalashtirishda hukumatlar kafolatlarini qabul qilmaydi va xususiy moliya tuzilmasi tarzida oʻzining moliyaviy va boshqa xizmatlarini bozor narxlarida taqdim etadi.

.XMK tashkil etilgan paytdan boshlab 2004-yilgacha jahonning 140 ta rivojlanayotgan davlatlarining 2825 ta kompaniyasini moliyalashtirish uchun 34 mlrd. AQSH dollaridan ortiq mablagʻlarini yoʻnaltirgan.

2002-yilda Toshkentda XMKning missiyasi ish boshladi. Korporatsiya Oʻzbekistonda xususiy sektorni rivojlantirishga, ayniqsa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga muhim hissa qoʻshib kelmoqda. 2002-yilda XMK Uzbekistan, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni kreditlash uchun 45,0 mln. AQSH dollari ajratdi.

21-asr boshidan Oʻzbekistonda XMK ning "Markaziy Osiyoda lizingni rivojlantirish boʻyicha loyiha"si amalga oshirilmoqda. 2002 yil oxirlarida XMK Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda "Uzbeklizing Interneshnl" kompaniyasiga 4,5 mln. AQSH dollari miqdorida kredit liniyasini ochdi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]