Kontent qismiga oʻtish

Kapital bank (Oʻzbekiston)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kapital bank
„Kapital bank“ Aksiyadorlik Tijorat Banki
Asosiy maʼlumotlar
Turi ATB
Litsenziyasi №69 - 25.12.2021 yil
Asos solingan 2001-yil aprel.
Boyligi
Aktivlari 407 385 173.100 soʻm (ustav kapitali)
Rahbariyat Mayevskiy Kirill Leonidovich

Kapital bank — 2001-yilda faoliyatini boshlagan xususiy aksiyadorlik tijorat banki. Oʻzbekistondagi ilk xususiy tijorat banklaridan biri[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu xususiy tijorat bankiga 2001-yilda asos solingan. 2004-yilda esa „Aviabank“ nomli bank bilan birlashtirilgan, shundan soʻng yangi tahrirdagi ustavi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan[2]. 2008-yil dekabr oyida ushbu bank oʻzining toʻliq „Kapitalbank“ ochiq aksiyadorlik tijorat banki nomi bilan yangi tahrirdagi Nizomni ro'yxatdan o'tkazgan. Kapital bank Markaziy bankning bank operatsiyalarini oʻtkazish bo'yicha 2014-yil 29-dekabrdagi 69-sonli litsenziyasini qoʻlga kiritgan[1].

Kapital bankning aksiyalarining katta qismiga Alisher Usmonov va Vladimir Skochga tegishli USM holding kompaniyasiga tegishli kompaniyalar egalik qilgan. 2022-yilning 4-martida ushbu holdingga tegishli boʻlgan „Telecominvest“ MChJ va „FinanceTCI“ MChJ firmalarining 100% aksiyalari sotilgan. Ushbu 2 firma Kapital bankning 61.54% aksiyalariga egalik qilgan[3].

Alisher Usmonov

Xizmatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kapital bank internet-banking tizimining kirish qismi interfeysi.

Kapital bank chakana va yuridik mijozlarga xizmat koʻrsatadi. 2024-yilda Kapitalbankning yuridik shaxslar uchun internet-banking tizimida yangi oʻzgarishlar yoʻlga qoʻyilgan. Uzum Business bilan hamkorlikda yaratilgan ushbu tizimda bank xizmatlari oldingi internet-banking tizimiga qaraganda anchagina osonlashgan. Bu tizim bank tomonidan b2b (business to business) nomi ostida ommaga taqdim etilgan[4].

Internet-banking tizimi ham kompyuter uchun ham telefon (IOS va Android) uchun mavjud. Yakka tartibli tadbirkorlar va yuridik shaxslar ushbu xizmatdan mobil telefonda, biometrik maʼlumotlarni taqdim etgan holda cheklovlarsiz foydalanishlari mumkin boʻladi. Ammo bir kamchilik jihati mavjud, toʻlov buyurtmalarining shablonlarini telefondan emas kompyuterdan yaratish kerak, mobil telefondan esa faqat toʻlovga ruxsat berish mumkin[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Kapital bank“.
  2. „Bankxizmatlari.uz“. Qaraldi: 2024-yil 20-may.
  3. „sputnik news“ (2022-yil 4-mart). Qaraldi: 2024-yil 20-may.
  4. 4,0 4,1 „B2B kapitalbank“. Qaraldi: 2024-yil 20-may.