Kontent qismiga oʻtish

AVO bank

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Avo bankdan yoʻnaltirildi)
AVO bank
Asosiy maʼlumotlar
Turi ATB
Litsenziyasi №83[1][2] (02.07.2017)
Faoliyati Bank ishi
Asos solingan 2017-yil
Avvalgi nomi Oʻzagroeksportbank
Ustav kapitali 200 mlrd. soʻm
Rahbariyat Popov Artyom Anatolyevich (Boshqaruv Raisi)
Bosh kompaniyasi Support Level
Sayti uaeb.uz

AVO bank AJ – Oʻzbekistonda faoliyat yurituvchi zamonaviy raqamli bank.

(2023-yilgacha „Oʻzagroeksportbank“ nomi ostida faoliyat yuritgan)[3][4].

2017-yil „Oʻzbekoziqovqatxolding“ XK, Oʻzbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, „Oʻzagrosugʻurta“ AJ, „Oʻzbekinvest“ milliy eksport-import sugʻurta kompaniyasi, „Kafolat SK“ AJ, „Oʻzagroeksport“ AJ va Oʻzbekiston Fermerlar kengashining taklifiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining qarori asosida „Oʻzagroeksportbank“ aksiyadorlik tijorat banki tashkil qilinadi. Yuqoridagi tashkilotlar „Oʻzagroeksportbank“ ATB muassislari etib belgilanadi. 2-iyul kuni Markaziy bank tomonidan litsenziya oladi[2].

Bank muassislari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bank tashkil qilingan vaqtda Oʻzbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi bankning 75 foizga, "Oʻzbekinvest" MEISK 10 foiz, „Oʻzbekoziqovqatxolding“ XK 5 foiz, „Oʻzagrosugʻurta“ AJ 5 foiz, "Kafolat SK" AJ 5 foizga egalik qilar edi[5].

2022-yil dekabr oyida Olimjon Shodiyevga qarashli „Support Level“ kompaniyasi „Uzagroeksportbank“ning davlat ulushini 5 mln. dollarga sotib oladi[6][7].