Xalq banki
Xalq banki | |
---|---|
Asosiy maʼlumotlar | |
Turi | Aksiyadorlik jamiyati |
Shiori | Doimo yoningizdagi bank |
Litsenziyasi | №25 25-yanvar 2003-yil[1] |
Faoliyati | Barcha turdagi bank xizmatlari |
Avvalgi nomi | Oʻzjamgʻarmabank |
Boyligi | |
Aktivlari |
![]() 2,1 trln. soʻm (2012) |
Sof foydasi |
![]() 40,434 mlrd. Soʻm (2013) |
Shoʻba tashkilotlari |
„Xalq sugʻurta“, „Xalq invest“ MChJ[5] |
Auditor | "Grant Tronton"[6] |
Sayti | www.xb.uz |
![]() |
Oʻzbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki – Oʻzbekistonning birinchi banki.
Bank haqida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aksiyadorlik tijorat Xalq banki – Oʻzbekiston hududida tashkil etilgan birinchi bank boʻlib, 1,5 asrlik tarixga ega. Uning Toshkentdagi birlamchi jamgʻarma kassalari 1875-yil 10-mayda oʻz faoliyatini boshlagan.
Bank yil davomida jami Oʻzbekiston aholisining 30%ga, kichik va oʻrta biznes vakillarining 20% ga yaqiniga xizmat koʻrsatadi.
Bank tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1869-yilda Turkistonning birinchi general-gubernatori Konstantin Petrovich Kaufman Rossiya imperiyasi Davlat banki (Gosbank)ning Toshkentdagi filialini ochish boʻyicha Moliya vazirligining maxsus komissiyasiga taklif kiritadi.
1871-yil 23-avgustda Rossiya imperiyasi Moliya vazirligining maxsus komissiyasi rahbari Konstantin Karlovich Grot Gʻaznachilik palatasiga Turkiston general-gubernatorining taklifi yuzasidan oʻz xulosasini taqdim etadi.
1874-yil 12-noyabrda Rossiya imperiyasi Moliya vaziri Mixail Xristoforovich Reytern Sirdaryo okrugi gubernatorligining markazida Rossiya imperiyasi Davlat bankining Toshkent filialini ochish toʻgʻrisida ruxsatnoma taqdim etadi.
1874-yil 12-dekabrda Turkistonning birinchi general-gubernatori Konstantin Petrovich Kaufman Rossiya imperiyasi Davlat bankining Toshkentdagi filialini ochish toʻgʻrisidagi qarorni imzolaydi.
1875-yil 13-mart sanasida Rossiya imperiyasi Davlat bankining boshqaruvchisi Sirdaryo okrugi general-gubernatoriga bankning Toshkentdagi filialini tashkil etish uchun bino ajratishni soʻrab, murojaat yoʻllaydi.
1875-yil 8-mayda Davlat bankining Toshkentdagi filiali rahbari 10-mayni filialning rasman ochilish kuni ekanligini maʼlum qilib Sirdaryo okrugi general-gubernatoriga maktub joʻnatadi.
1875-yil 10-may sanasida Davlat bankining Toshkent filiali (birlamchi jamgʻarma kassalari) rasman ochildi hamda aholiga 8 turdagi bank xizmatlarini koʻrsata boshladi. Filial uzoq vaqt davomida (XIX asrning 90 yillarigacha) Turkiston oʻlkasida mustamlaka maʼmuriyatining budjet mablagʻlarini nazorat qilib turuvchi va savdoni rivojlantirish uchun kreditlar beruvchi yagona bank hisoblangan[7].
Davlat bankining Toshkent filiali faoliyatini 2 davrga boʻlish mumkin:
1) XIX asrning 1875-90-yillari 2) XX asr boshlari 1917-yillar.
Davlat bankining Toshkent filiali faoliyatining birinchi davrida asosan yirik savdolarni mablagʻ bilan taʼminlagan va mahalliy moliyani boshqarib, Turkiston mustamlaka maʼmuriyati uchun gʻazna vazifasini bajargan.
Faoliyatining ikkinchi davrida filial asosan yirik savdo operatsiyalarini kreditlashdan qisman voz kechib, kichik kredit operatsiyalarini rivojlantirishga harakat qildi. Lekin nafaqat viloyat hokimligi, balki Markaziy Osiyoda faoliyat yurituvchi tijorat banklari uchun ham gʻaznachi rolini saqlab qolgan[8].
1896-yilda Samarqand, Buxoro, Xiva, Qoʻqon, Margʻilon va boshqa yirik shaharlarda bank filiallari ochildi.
1925-yilda Butuntarmoq jamgʻarma kassalari ittifoq Davlat mehnat jamgʻarma bankiga aylantirildi.
1993-yil 27-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 430-sonli qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi mehnat jamgʻarmalari va aholiga kredit berish davlat-tijorat banki („Oʻzjamgʻarmabank“)ning Ustavi tasdiqlandi hamda uning asosiy vazifa va funksiyalari belgilandi.
1995-yil 4-oktabrda Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining „Oʻzjamgʻarmabank“ni Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankiga aylantirish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilindi.
1995-yil 10-oktabrda Vazirlar Mahkamasining 386-son qaroriga asosan „Oʻzjamgʻarmabank“ Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankiga aylantirildi.
2004-yil 2-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasining OʻRQ-702-II sonli Qaroriga asosan fuqarolarni jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida hisobga olish Xalq banki tomonidan amalga oshirilishi belgilandi.
2015-yil 24-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish
chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi PF-4720-sonli Farmoniga asosan bank nomi „Aksiyadorlik tijorat Xalq banki“ nomiga oʻzgartirildi.
2017-yil 13-martda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2826-sonli Qarori bilan pensiyalar va nafaqalarni toʻlash Xalq banki tomonidan amalga oshirilishi belgilandi
Bankning bosh maqsadi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekiston xalqi va tadbirkorlarini moliyaviy maqsadlariga erishishida qoʻllab-quvvatlovchi yetakchi bank boʻlish.
Bank missiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mijozlarimiz: Qulay anʼanaviy va raqamli kanallar orqali keng koʻlamli, yuqori sifatli bank mahsulotlari va xizmatlarini taklif etish.
Jamiyat: Bank xizmatlari ommabopligini oshirish orqali mamlakatimizning har tomonlama rivojlanishiga hissa qoʻshish va ayollar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash.
Xodimlar: Xodimlar salohiyatini namoyon etish va rivojlantirishga qaratilgan unumdorlik, innovatsiya va koʻp qirralikni ragʻbatlantiruvchi ishchanlik muhitini yaratish.
Aksiyadorlar: Aksiyadorlar ishonchini oqlaydigan, ularning mablagʻlari daromadliligini taʼminlaydigan, shaffof va mustaqil, xalqaro talablarga mos korporativ boshqaruv tizimini yaratish.
Bank qadriyatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]1. Birinchi navbatda mijoz – hajmi va daromadliligidan qatʼiy nazar, mamlakatning barcha aholisi va tadbirkorlarini umri va faoliyati davomida qoʻllab-quvvatlash.
2. Maqsadga yoʻnaltirilgan – belgilangan ijtimoiy maqsadlar bilan Oʻzbekistonda jamiyat rivojlanishiga koʻmaklashish.
3. Oqillik – risklarni barqaror va donolik bilan boshqarish.
4. Jamoa boʻlib ishlash – hamkorlikda yechimlar topish uchun jamoaviy faoliyat yuritish.
Bank mijozlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aholi va xoʻjalik yurituvchi subyektlar
Bank aksiyadorlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]– Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi – 25.58%
– Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi – 74.42%
Xalq bankida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bank tarmoqlari – 270 ta
Bank kassalari – 477 ta
Valyuta ayirboshlash shoxobchalari – 226 ta
24/7 – rejimida ishlaydigan „Elektron ofislar“ – 551 ta
Sayyor kassalar – 799 ta
Yagona kassa markazlari – 10 ta
Bankomatlar – 3 111 ta faoliyat yuritmoqda
Bankning bosh ofisi – Toshkent shahrida joylashgan
Reyting agentliklarining baholashi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2019-yil
Xalq banki tarixida ilk marotaba „Moliyaviy hisobot xalqaro standartlari“ning 9-standarti amaliyotga tatbiq etildi hamda "ISO 9001:2015" xalqaro muvofiqlik sertifikati olindi.
2020-yil
"Fitch Ratings" xalqaro reyting agentligining "BB-/B" – „Barqaror“, "S&P Global Ratings" xalqaro reyting agentligining "BB-/B" reytingiga ega boʻldi. Xalq banki 6-maydan 7-maygacha "CERT International" (Slovakiya) xalqaro sertifikatlashtirish tashkiloti vakillari tomonidan ISO 9001:2015 Xalqaro standarti talablariga muvofiq 2-nazorat auditidan muvaffaqiyatli oʻtdi. Xalq bankining 2-nazorat auditi natijalari: yuqori rahbariyatning OAVni saqlash va takomillashtirishga qiziqishi va majburiyati; xodimlarning yuqori malakasi va xalqaro mutaxassislarni jalb qilish; koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini doimiy ravishda takomillashtirishga intilish. Ikkinchi nazorat auditining asosiy natijasi atrof-muhitdagi oʻzgarishlarga tezkorlik bilan javob berishga, kelajakdagi oʻzgarishlarni kutishga va menejment tizimini unifikatsiya qilish orqali oʻz biznesingizni muntazam ravishda rivojlantirishga imkon beradigan samarali sifat menejmenti tizimini qoʻllab-quvvatlash, filiallar tarmogʻining oʻzaro aloqasi va yuqori sifatli xizmat koʻrsatish, shuningdek, Xalq bankida mijozlar ehtiyojini qondirish hisoblanadi.
Shuningdek, milliy shkala boʻyicha "Ahbor-Reyting" reyting agentligi tomonidan "UzA" – „Barqaror“, "Standart And Sensetive Ratings" reyting agentligi tomonidan "UzA+" – „Barqaror“ reytingi tasdiqlandi. Ushbu reyting Xalq banki tomonidan kapitallashuv darajasini oshirish, resurslar bazasini mustahkamlash, aktivlar sifatini yaxshilash, koʻrsatilayotgan bank xizmatlari koʻlamini kengaytirish borasida amalga oshirilgan ijobiy ishlarni aks ettiradi.
2021-yil
"SNS Ratings" (Standart and sensitive ratings) agentligi tomonidan milliy shkala boʻyicha "uzA+" – „Barqaror“;
"Fitch Ratings" xalqaro reyting agentligining „BB-/B“ – „Barqaror“;
"S&P Global Ratings" xalqaro reyting agentligining „B+/B“ – Barqaror reytingiga ega boʻldi.
2022-yil
Xalq banki reytingi "Fitch Ratings" xalqaro reyting agentligining "BB-/B" -"Barqaror" reytingiga hamda "Standard and Poors" xalqaro reyting agentligining "B+/B" reytingiga ega boʻldi.
Bank Boshqaruvi aʼzolari tarkibi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Boshqaruv Raisi – Atabayev Shuhrat Xaldarovich
Boshqaruv Raisining birinchi oʻrinbosari – Azimov Zafar Abdumajidovich
Boshqaruv Raisi oʻrinbosari – Ruziyev Farrux Aralovich
Boshqaruv Raisi oʻrinbosari – Kutliyev Dilshod Orifovich
Boshqaruv Raisi oʻrinbosari – Rashidova Gulzoda Ataxanovna
Yuridik department direktori – Tashmatov Nuriddin Zubaydullayevich
Bank tasarrufidagi tashkilotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xalq banki 2011-yilda roʻyxatdan oʻtgan „Xalq Sugʻurta“ aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasining yagona aksiyadori hisoblanadi. Sugʻurta kompaniyasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining mulkiy hamda shaxsiy manfaatlarini sugʻurta qilishni taʼminlash, mikrosugʻurtalash mahsulotlarini ishlab chiqish va aholining keng qatlamlarini faol rivojlantirish uchun tuzilgan.
Bank mahsulotlari va xizmatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xalq banki respublikadagi eng koʻp filiallar tarmogʻiga ega bank hisoblanadi. Bank tomonidan anʼanaviy bank mahsulotlari va xizmatlarining barcha yoʻnalishlari, jumladan, jismoniy va yuridik shaxslar uchun depozit mahsulotlarining keng roʻyxati, kreditning hilma-xil turlari, akkreditiv operatsiyalari, bank kartalarni ishlab chiqarish hamda ularga xizmat koʻrsatish, hisob raqamlarini tezkorlik bilan ochish va yuritish, jamgʻarib boriladigan pensiya hisoblarini yuritish, interaktiv bank xizmatlari, xalqaro pul oʻtkazmalari hamda boshqa xizmatlar koʻrsatib kelinmoqda.
Bank yuridik maqomga ega mijozlarni kichik biznes, oʻrta biznes va korporativ mijoz segmentlariga ajratgan holda ular uchun mos moliyaviy xizmatlar va bank mahsulotlarini taklif qiladi. Yuridik shaxslar uchun 20 xildan ortiq milliy va xorijiy valyutada kreditlar ajratiladi.
Jismoniy shaxslar uchun universal bank xizmatlari va kredit turlaridan tashqari yangi innovatsion yechimlar taklif qilinmoqda. Mijozlarning istaklarini oʻrgangan holda, ularning talablaridan kelib chiqib bank mahsulotlari ishlab chiqilmoqda.
Xalq banki jismoniy va yuridik shaxslar uchun milliy valyutada „Humo“ va „Uzcard“ tizimlarida hamda xorijiy valyutalardagi toʻlov tizimlaridan „UnionPay“, „VISA“, „Mastercard“ bank kartalarini emissiya qiladi.
Pul oʻtkazmalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xalq banki mijozlari „AsiaExpress“, „UPT“, „SWIFT“ va boshqa tizimlar orqali xalqaro pul oʻtkazma amaliyotlarini bajarishi mumkin. Shuningdek, respublikamiz boʻylab Oʻzbekistonda birinchi boʻlgan milliy va xorijiy valyutalarda pul oʻtkazish tizimi „UzPay“ ishga tushirilgan.
Jalb qilingan xorijiy kredit liniyalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bank nafaqat chet ellik mutaxassislarni jalb qilish bilan shugʻullanadi, balki xorijiy banklar bilan uzoq muddatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyadi.
Jumladan:
1. AQShning „Cargill Financial Services International, Inc“ moliya muassasasi
2. „Osiyo taraqqiyot banki“ (ABR)
3. Turkiyaning Aktif banki
4. Rossiyaning „Roseksimbanki“
5. „Transkapitalbank“
6. Yaponiyaning „Yaponiya xalqaro hamkorlik agenligi“ (JICA)
7. Qozogʻistonning „First Heartland Jýsan Bank“ banki
8. „ICBC Standard Bank Plc“
9. „Deutsche Bank“
Rasmiy ilovasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bankning rasmiy ilovasi – „xazna“ Android va IOS operatsion tizimlari uchun ishlab chiqarilgan.
Pensiya va ijtimoiy xizmatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]2004-yil 2-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasining OʻRQ-702-II sonli Qaroriga asosan fuqarolarni jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida hisobga olish Xalq banki tomonidan amalga oshirilishi belgilandi.
2017-yil 13-martda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2826-sonli Qarori bilan pensiyalar va nafaqalarni toʻlash Xalq banki tomonidan amalga oshirilishi belgilandi.
Bugungi kunda Xalq banki tomonidan 12 turdagi ijtimoiy toʻlov turlari amalga oshirilmoqda.
Aholiga qulaylik yaratish maqsadida pensiya, nafaqa va boshqa ijtimoiy toʻlovlarni toʻlash mexanizmlari qayta koʻrib chiqildi hamda soddalashtirildi. Jumladan, 2021-yilda pensiya mablagʻlarini bank kartasiga oʻtkazish boʻyicha arizalarni Pensiya jamgʻarmasiga bormasdan bank filialiga topshirish yoʻlga qoʻyildi.
Fuqarolarga farzandi tugʻilganligi haqidagi guvohnomani rasmiylashtirish bilan avtomat tarzda bank kartasi orqali suyunchi pulini olish tizimi joriy etildi.
Mijozlarga masofaviy xizmat koʻrsatish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masofaviy xizmat koʻrsatishni tashkil etish maqsadida 2020-yilning may oyida Jizzax shahrida „Call center“ aloqa markazi ishga tushirildi. Ushbu markaz 24/7 rejimida aholi va mijozlarning qoʻngʻiroqlarini qabul qilib, bank mahsulotlari hamda xizmat turlari boʻyicha masofaviy xizmatlarni koʻrsatib kelmoqda.
„Call center“ bank xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha 2 ta yoʻnalishda ish olib bormoqda:
1) mijozlarga masofaviy xizmatlarni koʻrsatish;
2) mijozlarga maʼlumot berish va konsalting xizmatlari.
„Call center“ aloqa markazi tomonidan mijozlarga:
– „sms xabarnoma“ xizmatini ulash;
– mavjud bank hisobvaraqlarni „mobile banking“ va „internet banking“ interaktiv xizmatlariga biriktirish;
– mijoz talabiga asosan (mobil qurilmasi yoʻqolganda) „mobile banking“ va „internet banking“ interaktiv xizmatlarini oʻchirish va qayta faollashtirish;
– bank kartasi faoliyatini toʻxtatish (blokka qoʻyish) va faollashtirish (4 ta raqamdan iborat tasdiqlash kodi 3 marotaba notogʻri terilganida) kabi masofaviy xizmatlar koʻrsatilmoqda.
– Shuningdek, mijozlarga bank mahsulotlari va xizmatlari boʻyicha konsalting xizmatlari koʻrsatilmoqda.
Hozirda „Call center“ bir kunda oʻrtacha 2000 ta murojaatlarni qabul qilib, mijozlarga masofadan xizmat koʻrsatmoqda.
„Call center“ aloqa markazi orqali mijozlarga „onlayn“ xizmat koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish uchun tegishli dasturiy taʼminot bilan taʼminlash maqsadida „Assecco“ kompaniyasi bilan ish olib borildi.
Shu maqsadda kompaniya tomonidan zamonaviy platforma joriy qilish maqsadida 3 ta bosqichda ish olib borildi.
– birinchi bosqichda mijozlarni elektron navbatga olish boʻyicha „IVR“ tizimi yoʻlga qoʻyildi;
– ikkinchi bosqichda mijozlarga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat qilish imkoniyati yaratildi;
– uchinchi bosqichda barcha bank operatsiyalarini „Call center“ aloqa markazi orqali masofadan turib, „online“ amalga oshirish yoʻlga qoʻyilmoqda.
„Call center“ aloqa markazi aholi va mijozlarning qoʻngʻiroqlarini qabul qilib, bank mahsulotlari hamda xizmat turlari boʻyicha masofaviy xizmatlarni koʻrsatib kelmoqda.
Ijtomoiy tarmoqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sayt: www.xb.uz
- Telegram: http://t.me/xalqbankinfo
- Facebook: http://fb.com/xalqbankinfo
- VKontakte: https://vk.com/xalqbankinfo (Wayback Machine saytida 2022-05-17 sanasida arxivlangan)
- Odnoklassniki: https://ok.ru/group/58770712035482
- Instagram: http://instagram.com/xalqbankinfo
- TikTok: http://tiktok.com/@xalqbankinfo
- Youtube: http://www.youtube.com/c/XalqBankinfo
- Mover: https://mover.uz/profile/xalqbankinfo
- Twitter: https://twitter.com/xalqbankinfo
- Call-center: +99871 210-20-02, 11-06
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Народный банк. Реквизиты.“ (deadlink). 2016-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 5-iyul.
- ↑ „Квартальный отчёт (I квартал 2016)“ (deadlink). 2016-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 5-iyul.
- ↑ „Квартальный отчёт (IV квартал 2015)“ (deadlink). 2016-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 5-iyul.
- ↑ „Основные показатели деятельности Народного банка РУз“ (deadlink). 2016-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 5-iyul.
- ↑ „Народный банк. Дочерние компании“ (deadlink). 2016-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 5-iyul.
- ↑ http://www.xb.uz/sites/default/files/page_files/auditorskaya_otchetnost_za_2014_god.pdf (Wayback Machine saytida 2022-05-01 sanasida arxivlangan) Otchet nezavisimogo auditora za 2014 god
- ↑ Алимджанов Б., Чориев Ш. (№4, 2017). „История Ташкентского филиала Государственного банка Российской империи (1875-1917 гг.)“. Biznes-Эксперт. 89–91-bet.
{{cite magazine}}
: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim:|date=
(yordam) - ↑ Алимджанов Б., Чориев Ш. (№4, 2017.). „История Ташкентского филиала Государственного банка Российской империи (1875-1917 гг.)“. Biznes-Эксперт. 89–91-bet.
{{cite magazine}}
: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim:|date=
(yordam)
![]() | Bankga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |