Asakabank

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Asakabank
Asakabank

"Asakabank" – Oʻzbekistondagi ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik jamiyati. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra 1995-yil 7-noyabrda tashkil etilgan. Boshqaruvi Toshkent shahrida joylashgan. Respublikaning barcha viloyatlari markazlarida va Qoraqalpogʻiston (Nukus shahri)da, Asaka, Qoʻqon, shuningdek Toshkentda ("Avtotransport") filiallari bor. Respublikada avtomobil sanoati va unga xizmat koʻrsatadigan infratuzilmalarni rivojlantirishni moliyalash (asosan, "OʻzDEUavto" qoʻshma korxonasi va unga butlovchi qismlar ishlab chiqarish loyihalari), Oʻzbekiston fuqarolariga avtomobillar sotib olishda qulayliklar yaratish, yalpi kredit hisob-kitob xizmatlari koʻrsatish, qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar va boshqa xizmatlarni amalga oshiradi. Aksiyadorlik kapitali summasi 5475, zaxira kapitali 2139, jami kapitali 8075; berilgan kreditlar 5001; koʻrilgan yillik foyda 667; jami aktivlari 18323 mln. soʻm (1997-yil 1yanvar).[1]

Rasmiy ilovasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bankning rasmiy ilovasi - Asakabank, Android va IOS operatsion tizimlari uchun ishlab chiqarilgan.[2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. https://depozit.uz/partners/banks/asaka-bank