Mayorat
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Mayorat (lot. major — katta) — koʻchmas mulk (yer, uy-joy va boshqalar)ni meros qoldirish tizimi. Bunga koʻra, yer-mulkka egalik qilish huquqi eng katta oʻgʻilga yoki yoshi ulugʻ qarindoshga oʻtgan. M. tartibida meros qoldirishning dastlabki koʻrinishlari qad. hind, yahudiy qonunlarida, Afina huquq tizimida oʻz ifodasini topgan. Xususan, qad. yahudiy qonuniga koʻra, marhumning asosiy merosxoʻri katta oʻgʻli hisoblangan, yoki u qolgan oʻgʻillardan ikki hissa oshiqulush olgan. M. tartibi 11 — 13-asrlarda Angliya, Fransiya, Germaniya va boshqa Yevropa mamlakatlarining dastlabki huquqiy tizimlarida ham aks etgan. M. yirik yer egaligining yer mulkini boʻlinib ketishdan saqlash va mustahkamlashga qaratilgan boʻlib, qonun bilan rasmiylashtirilgan. M. hozirda monarxiya tizimini saqlab qolgan mamlakatlarda uchrab turadi. Ushbu tartibda meros boʻlib qolgan yer ham "mayorat" deb ataladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |